|
Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali
|
bet | 1/7 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 103,5 Kb. | | #109318 |
Bog'liq Sonli usullar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
COLLEGIUM HUMANUM VARSHAVA MENEJMENT UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI
“TASDIQLAYMAN”
Filial direktori M.Prowotorow
______________
“____” _______2023 y
|
|
Ro‘yxatga olindi:
№ ________________
“___” ______2023 y
|
|
|
|
SONLI USULLAR
FANINING
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
Biznes, boshqaruv va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
Biznes, boshqaruv
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
ANDIJON – 2023
Fan/modul kodi
SM3-5
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
3
|
ECTS – Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek ⁄ rus ⁄ ingliz
|
Haftadagi dars soatlari 4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Sonli usullar
|
42
|
70
|
112
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda turli masalalarni taqribiy yechishda algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish, berilgan masalaning turini aniqlay olish, yechish usullarini to‘g‘ri qulay bilish va ushbu usullarning turg‘unligini aniqlay bilish, masalalarni taqribiy yechishda oldindan berilgan aniqliqda dasturlash tillarini qo‘llagan holda shaxsiy kompyuterlarda masalalarni yecha olish, sonli hisoblash natijalarini malakali ravishda tahlil qila bilish ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar funksiyalarni yaqinlashtirish, taqribiy differensiyalash va integrallash, algrebaning sonli usullari, oddiy va xususiy hosilali differensial tenglamalarni hamda integral tenglamalarni taqribiy yechish usullari o‘rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Xatoliklar nazariyasi
Taqribiy sonning absolyut va nisbiy, limit absolyut va limit nisbiy xatolik. Qiymatli va ishonchli raqamlar. Ishonchli raqamlar soni bilan limit nisbiy xatolik o‘rtasidagi bog‘lanish. Amal xatoliklari. Funksiya xatoligi. Xatolikning teskari masalasi.
2-mavzu. Algebraik va transendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari
Algebraik va transendent tenglamalarni iteratsiya, Nyuton, oraliqni teng ikkiga bo‘lish usullari.
3-mavzu. CHATS taqribiy yechish.
CHATS yechimini topishning iteratsion usullari. Yakobi va Zeydel usuli.
4-mavzu.Chiziqsiz tenglamalarni taqribiy yechish.
Chiziqsiz tenglamalarni taqribiy yechish. Oddiy iteratsiya, Nyuton, vatarlar usullari.
5-mavzu. Chiziqsiz tenglamalar sistemasini taqribiy yechish.
Chiziqsiz tenglamalar sistemasini yechishni Nyuton usuli.
6-mavzu. Matritsaning xos son va xos vektorlarni topish.
Matritsaning xos son va xos vektorlarni topishning sonli usullari. Xos son va xos vektorni topishning to‘liq va qismiy muammosi.
7-mavzu. Funksiyalarni yaqinlashtirish masalasi.
Funksiyalarni yaqinlashtirish usullari. Algebraik ko‘phadlar bilan yaqinlashtirish. Interpolyatsion masala yechimining yagonaligi. Lagranj interpolyatsion formulasi va xatoligi.
8-mavzu. Nyuton interpolyatsion formulalari.
Chekli ayirmalar va ularning xosslari. Teng oraliqlar uchun interpolyatsion formulalar.
9-mavzu. Funksiyani interpolyatsiyalashni ayrim metodlari.
Eng kichik kvadratlar usuli. Splayn-yaqinlashtirish.
10-mavzu. Integrallarni taqribiy hisoblash.
Eng sodda kvadratur formulalar. Eng sodda trapetsiya, Simpson kvadratur formulalari va ularning xatoliklari.
11-mavzu. Interpolyatsion kvadratur formulalar.
Interpolyatsion kvadratur formulalar, ularning xatoliklari. Karrali integrallarni taqribiy hisoblash.
|
|
| |