• 1.2 Konsentrator asosida tarmoq Konsentrator
  • Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish




    Download 0.69 Mb.
    bet6/8
    Sana17.10.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #88333
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi 1
    Hasharotlar ekologiyasi 2- mavzu, Umurtqasizlar, korrupsiya, 33, xulosa, Mustaqil ish mavzulari ro'yxat , transkript-370211100418, Mikroiqtisodiyot fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, 2023 yil ta\'til
    ping 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring.

  • tracert 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring (1.16-rasm).

  • Command Prompt oynasini yoping.

  • Serverda joylashgan axborotlarga kirish mavjudligini tekshiring.

    1. Desktop bo’limida Web Browser tugmasini bosing, natijada Internet brauzer ishini tasvirlovchi oyna ochiladi.

    2. URL maydoniga http://192.168.1.2 server IP-manzilini kiriting va Go tugmasini bosing. Javob tariqasida server uning modelida belgilangan tarzda xabar yuborishi shart (1.17-rasm).

    3. Web Browser oynasini yoping.


    1.15-rasm. Ping va tracert buyruqlarining bajarilish natijalari.

    1. PC0 oynasini yoping.

    2. Fayl menyusidan Save bo’limini tanlang va tarmoq modelini faylga net_1_1_1 nomi bilan saqlang.

    3. CPT ishini dastur asosiy oynasini yopish orqali tugating.


    1.16-rasm. Server0 Internet sahifasining PC brauzerida aks etilishi.
    1.2 Konsentrator asosida tarmoq
    Konsentrator (xab) – bu bir nechta Ethernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Ma’lumot uzatish tezligi10 va 100 Mbit/s bo’lgan konsentratorlar ishlab chiqilgan.
    Konsentrator OSI modelining fizik sathida ishlaydi va u bir portiga kelgan signalni qolgan barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Konsentratorlar har doim yarim dupleks rejimida ishlaydi.
    Bir vaqtda ikki va undan ortiq portiga signal qabul qilinganida kolliziya yuzaga keladi va uzatilayotgan ma’lumotlar kadrlari yo’qotiladi. Ortiqcha sondagi kollizayalardan himoyalash uchun konsentrator nosoz qurilma ulangan portini umumiy ma’lumot uzatish muhitidan ajratib qo’yadi.
    Konsentratordan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa bir muammo – xabarlarni tutib olish xavfi: barcha paketlar hamma kompyuterlargacha yetib boradi, shuning uchun axborotlarga ruxsat etilmagan kirish imkoniyati mavjud.
    Va nihoyat, yana bir muammo paketlarni barcha portlarga nusxalanishi tarmoqdagi yuklanishni yetarli darajda oshiradi, bunda tarmoq segmentidagi barcha trafik har bir kompyuterga daxl qiladi.

    Download 0.69 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish

    Download 0.69 Mb.