|
jadval
Tashkilotlarni xodimlar soni bo'yicha guruhlarga bo'lish
|
bet | 4/25 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 179,95 Kb. | | #119124 |
Bog'liq Ax xavflarini boshqarishga kirish Sharipov Javohirjadval
Tashkilotlarni xodimlar soni bo'yicha guruhlarga bo'lish
Korxo naning sinfi
|
Band bulganlarni soni, odam
|
Kichik
|
50 dan kamroq
|
O'rta
|
50-250
|
Yirik
|
250 dan ortiq
|
Bizning mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi" qonunda o'z aksini topgan yondashuvdan foydalanilgan.
Unga ko'ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagi shartlarga mos keluvchi kooperativlar, tijorat tashkilotlari, yakka tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi dehqon (fermer) xo'jaliklari kiradilar:
yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xo dimlar yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq tufayli o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
kichik korxonalar - mustaqil xo'jalik faoliyatini olib boruvchio'z balansiga ega bo'lgan, soliqlar va boshqa to'lovlarni to'lagandan so'ng foydasini o'zi taqsimlaydigan korxo na;
mikrofirma - kichik biznes korxonasining bir turi. Mamalakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxo nalar mikrofirma hisoblanadi.
5.4. jadvalda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko'mitasining O'zbekiston Respublikasi kichik korxonalarining soni va ularni iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi haqidagi ma' lumotlar berilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soxa va tarmoqlari ishlab chiqarish xajmidagi salmogining oshishi orqali xam namoyon buldi. Xususan, mazkur soxaning sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2005 yildagi 10,0 foizdan 2010 yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 95,7 foizdan 97,5 foizga, savdoda 43,7 foizdan 50,5 foizga, yuk tashishda 24,6 foizdan 40 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar xajmida 24 foizdan 30 foizga, eksport xajmida esa 6 foizdan 13,6 foizga qadar oshdi.
|
| |