jadval
O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki maxsulotining mulkchilik shakllari bo'yicha tarkibiy o'zgarishi* (foizda)
|
1995 y
|
2000 y
|
2005 y
|
2010 y
|
Davlat sektori
|
41,6
|
27,4
|
23,6
|
18,3
|
Nodavlat sektor
|
58,4
|
72,6
|
76,4
|
81,7
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
* Almanax O'zbekiston 2011, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Toshkent 27-bet.
Foydaga munosabat bo'yicha korxonalar tijorat va notijoratlarga bo'linadilar. Birinchilar o'z faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni mo'ljallaydilar, ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar o'rtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik faoliyatini, agar ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa, va ushbu maqsadga mos kelsa, amalga oshirishlari mumkin.
jadval
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha yalpi ichki maxsulot ishlab chiqarish (joriy baxolarda mlrd. so'm)
|
1991*
|
1995
|
2000
|
2005
|
2010
|
Yalpi ichki maxsulot
|
61,5
|
302,8
|
3255,6
|
15923,4
|
61831,2
|
Shu jumladan
|
Sanoat
|
16,2
|
51,8
|
462,3
|
3359,8
|
14777,7
|
Qishloq xo'jaligi
|
22,9
|
85,1
|
979,9
|
4187,9
|
10820,5
|
Transport va aloqa
|
6,4
|
21,5
|
195,3
|
764,3
|
3957,2
|
Qurilish
|
2,6
|
22,1
|
250,7
|
1687,9
|
7667,1
|
Savdo va umumiy
|
2,8
|
23,0
|
351,6
|
1401,3
|
5564,8
|
ovqatlanish
|
|
|
|
|
|
Boshqa soxalar
|
10,7
|
59,7
|
608,8
|
2834,4
|
14221,2
|
Mahsulotlarga soliqlar
|
-0,2
|
39,7
|
407,0
|
1687.9
|
4822,8
|
* 1991 yil- mlrd. rublda.
|
|
|
|
|
|
* Almanax O'zbekiston 2011, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Toshkent 25-bet.
|
Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish bo'yicha tashkilotlar to'rtta turga bo'linadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi o'zining o'rni bo'yicha bir turdagi bo'lgan bir necha sohalar kiradi:
xom ashyoni olish bilan shug'ullanuvchi birlamchi davra sohalari o'z ichiga qishloq va o'rmon xo'jaligi, ko'mir sanoati va h.k.oladi;
ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan, mashinasozlik, matallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.korxonalari va tashkilotlari kiradi;
uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zurur xizmatlarni ko'rsatuvchilar kiradilar. Bular banklar, sug'urta kompaniyalari, ta'lim muassasalari, turistik vakilliklar, chakana savdo va boshqalardir.
inson faoliyatining ilg'or va tez rivojlanayotgan sohasi axborot texnologiyasi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu turtinchi davra sohasidir. Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va solohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda axborotlarning roli o'sgani kabi, tez o'smokda.
Tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy huquqiy shakllar kuyidagilar: unitar korxonalar, xo'jalik jamiyatlari va o'rtoqliklar, matlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar.
Faoliyat turlari bo'yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan to'kimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin.
Xo'jalik yuritish sub'yektlarini fao liyat turlariga ajratishda kuyidagi farqlar ko'zga tashlanadi:
- asosiy faoliyat - bu qo'shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush qo'shuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari bo'yicha bunday ma'lumotlarni olishning iloji yo'q. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini faoliyatning ushbu turi bilan bog'liq tovarlar va xizmatlarga to'g'ri keluvchi yalpi ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan band bo'lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qo'shimcha qiymat yoki band bo'lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi to'g'ri kelishi shart emas, ammo bu faoliyat ustivor bo'lishi kerak;
- ko'makchi faoliyat - unga fao liyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Ko'makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Fao liyatning asosiy va ko'makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning boshqa turlari uchun mo'ljallanganlar.
- yordamchi faoliyat - bu ob'yekt faoliyatining asosiy turlarini qo'llab quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan ajratilmaydi - u asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi faoliyat (tashish, saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta'minot, marketing, ta'mirlash va sozlash ishlari va h.k.). Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tarkibiy bo'linmalarning yordamchi faoliyati uning asosiy faoliyati bo'yicha hisobga olinadi.
Tashkilotlar o'lchamlari bo'yicha yirik, o'rtacha va kichik guruhlarga ajratilishi mumkin. Bunday bo'linishning tasniflovchi alomatlari sifatida ko'proq tahlil qilish uchun olinishi osonrok bo'lgan band bo'lganlar soni. sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish uchun yetarlicha dalilli asoslar bo'lmagani sababli, amalda ko'pincha mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Ta'kidlash kerakki, Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab korxonalarni kichiklarga kiritish uchun quyidagi uchta mezonlar qo'llaniladi: valyuta balansi (3.125 mln. yevrodan kamroq), oborot (6.25 mln yevrodan kamroq) va xodimlar soni (jadval).
|