• Net BIOS/SMB
  • Mavzu: tcp/ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy protokollar




    Download 355,19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi355,19 Kb.
    #228013
    1   2   3   4   5   6
    IPX/SPS 
    IPX/SPS 
    (Internetwork 
    Packet 
    Exchange/Seguenced Packet 
    Exchange) 
    protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware 
    operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha 
    server operatsion 
    tizimlari 
    o‘rtasida 
    etakchi 
    o‘rinlardan 
    birida 
    edi. 
    IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida 
    ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski 
    IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat 
    ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam 
    samara beradi.
    Net BIOS/SMB 
    Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari 
    loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. 
    TCP/IP kabi Net-BIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida 
    Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har 
    qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori 
    bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server 
    Message Blick) protokollari ishlaydi. NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida 
    yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS 
    Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha kompyuteri 
    bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini 
    yaratildi. Kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan 
    har biri mantiqiy nomga bog‘lanishi zarur. Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda 
    dinamik ravishda har bir kompyuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali 


    tarmoqdagi har bir kompyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham 
    ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish 
    imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi 
    va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat 
    tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu 
    protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun 
    o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda 
    datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzili 
    bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi 
    ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning 
    uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB 
    (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori 
    bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy 
    faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer va 
    tarmoqning 
    boshqa 
    resurslariga. 
    Bu 
    protokol bir 
    necha 
    marotaba 
    rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy 
    operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. 
    HTTP 
    Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab 
    foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text 
    Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz – 
    server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va bu 
    so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi. 
    HTTP 
    ilovalar 
    bosqichida 
    ishlaydi. 
    Bu 
    shuni 
    bildiradiki,
    ko‘rilayotgan protokol transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, 
    ya’ni TCP protokolidan. O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource 
    Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar 
    bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. 
    Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada 
    olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli 


    hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini 
    beradi. HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi 
    bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb 
    – sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin.
    Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa 
    Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. 
    Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash 
    zarur. 
    FTP
    FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan 
    ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP 
    – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda 
    undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, axborotlarni 
    uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli 
    portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar 
    ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi buyruqlarni uzatadi. Undan 
    tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi, 
    axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning 
    yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish 
    parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda 
    SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi. 

    Download 355,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 355,19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: tcp/ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy protokollar

    Download 355,19 Kb.
    Pdf ko'rish