POP3 va SMTP Ma’lumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan foydalanish anchadan
beri oddiy pochta xizmatiga alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Elektron pochta ancha
samarali va tezdir. Bu xizmatni amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Ver-
sion3) va SMTP(Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga
oshiriladi. POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi pochta
qutisidan elektron ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 protokoli faqat
elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni jo‘natish uchun esa boshqa
protokoldan foydalanishga
to‘g‘ri keladi, ko‘pincha bu vazifa uchun
SMTP qo‘llaniladi.
Aniqrog‘i
u
protokolning
takomillashtirilgan
ver-
siyasi – ESMTP(Extended SMTP)/POP3 kabi SMTP protokoli ham amaliy
bosqichda ishlaydi, shuning uchun transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani
esa TCP protokoli bajaradi.
IMAP IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bitta pochta protokoli bo‘lib, u
POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 protokolidagi hamma kamchiliklar
hisobga olinib va yangi ko‘p sonli kerakli vazifalar qo‘shilgan.
SLIP SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli doimiy
Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan foydalanib tashkil qilish
uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli bu turdagi ulanishdan kam
abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi
va u ancha past pog‘onada turadi.
PPP PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP
protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu vazifalarni yaxshi
bajaradi, chunki qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli
o‘laroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bog‘lana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS,DHCP
mahalliy tarmoqlarda ko‘p ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay
oladi. PPPning ko‘p tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub
operatsion tizim o‘rnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir.
X.25 X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u
jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bog‘lanishda
ishlaydi.
Bu
protokol mavjud
telefon tarmog‘ida foydalanish uchun
loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon
tarmog‘i noyob edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda
xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli
darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s).
Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit
bermaydi. Masalan, bank tizimida va boshqalarida.