|
Mavzu. Temir yo’l transporti reja. Bajardi. Abzoirov Muzaffar
|
Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,76 Mb. | | #145396 |
Bog'liq muzaffar temir yo\'l MAVZU.Temir yo’l transporti REJA. Bajardi.Abzoirov Muzaffar.
1. Temir yo’l transporti rivojlanish tarixi.
2.O’zbekistonda dastlabki temir yo’l haqida ma’lumot.
Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqqiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi. 1825-yil jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington temir yoʻl (21 km, Angliya) J.Stefenson tomonidan qurilgan. 30-yillarda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam temir yoʻl kurildi. 1850—70 yillarda Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-asr boshlarida jahonda temir yoʻl tarmogʻi 1 mln. km dan oshdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida temir yoʻl tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi boʻlib, Transport yoʻlit. xoʻjalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa koʻshadi. Temir yoʻl transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir. Temir yoʻl transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir. Oʻzbekistonda dastlabki temir yoʻl 1886—88 yillarda Zakaspiy temir yoʻlining Forob styasidan Samarqandgacha yotqizilgan (podsho Rossiyasi tomonidan imperiyaning jan. chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan va harbiystrategik maqsadlardagi Zakaspiy harbiy temir yoʻl nomi bilan 1880-yil noyabrdan 1886-yil dekabrgacha kurib bitkazilgan Krasnovodsk — Chorjoʻy temir yoʻlning davomi). 1888-yil may oyida Amudaryo orkali 2,7 km uzunlikdagi yogʻoch koʻprik kurib bitkazilishi bilan temir yoʻlda Samarqandgacha poyezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarqand — Andijon temir puli). 1890-yil kuzida 1874-yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906-yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi. - Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarqand — Andijon temir puli). 1890-yil kuzida 1874-yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906-yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi.
Yuk tashishda teplovozlar (respublika temir yoʻlda parovoz 1974-yilgacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻlini elektrlashtirish dastlab 1970-yil Toshkent—Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985-yildan temir yoʻlni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993-yilda Transport yoʻlining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003-yildan Toshkent—Samarqand yoʻnalishida "Registon" elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
|
| |