- psixologlar va psixolog - psixometristlar uchun ro‘yxatini keltirib
o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Psixologga talablar:
1. Psixolog psixodiagnostika bo‘yicha metodik adabiyotlardagi
psixometrik hujjatlarni mahorat bilan saralab ola bilishi, test
yaratuvchilar uning qanday psixometrik xususiyatlarini ko‘rsatishi
lozimligini, bu psixometrik xususiyatlar bir tomondan test turiga,
boshqa tomondan esa uning aktual vazifasiga qay darajada mos
kelishini bilishi lozim. Misol uchun, oldini olish ahamiyatini
prognozlash uchun testdan foydalanish
zarurati yuzaga kelsa - yu,
prognostik validlik tekshiruvi haqida dalillar bo'lmasa, testni ushbu
vazifa uchun yaroqli deb bo‘Imaydi.
2. Psixolog talab qilinayotgan metodika bo‘yicha ma’lum test
normalari bu vaziyatda ishtirokchilar kontingenti va diagnostik
vaziyat tipini hisobga olgan holda qay darajada qoilashga
yaroqliligini, “ichki madaniy ko'chish” vaziyat mavjud yoki
yo‘qligi va test normalarini qayta standartlashtirish ehtiyojini to‘g‘ri
aniqlay olishi lozim. Zarur holatlarda psixolog test ballarini
taqsimlanishini tuzgan va qayta tahlil qilgan holda, qayta
standartlashtirishni
m ustaqil, amaliy jihatdan o‘tkaza bilishi lozim.
3. Psixolog mustaqil tarzda ma’lumotlar to‘p3ashi, korrel-
yatsion qayta ishlov o‘tkazishi va empirik validlik - qo‘yilgan
mezon bo‘yicha metodika samaradorligini tekshira olishi lozim.
Zarur holatlarda psixolog mezoni ma’lumotning operatsional
indikatorlarini mustaqil tarzda aniqlashtira olishi kerak.
4. Psixolog natijalardagi haddan ortiq xatolami, metodikaning
zaruriy ishonchlilik darajasidagi xatoliklami mustaqil tarzda
aniqlashi va buning natijasida o‘z gipotezasini statistik jihatdan
tekshirib ko'ra olishi lozim.
5. Psixolog albatta o‘z hujjatlarni ikki nusxada yuritishi lozim:
u protokollaming barcha nusxalarini bosh metodik tashkilotga
(ilmiy - tadqiqot yoki sohaviy) ma’lumotlaming umumiy zaxirasini
to‘ldirish va metodikalar psixometrik
xususiyatlarini mukammal-
lashtirish uchun jo'natishga tayyor turishi lozim. Metodikaga
kiritayotgan barcha modifikatsiyalarida (instruksiyalar shakllan-
tirish, alohida savollar, ko‘rsatmalar davomiyligi) psixolog asosiy
metodik tashkilotdan rozilik olishi kerak, negaki joylardagi xilma -
78
xil xususiy modifikatsiyalar olinayotgan natijalaming psixometrik
aniqligida xatoliklar keltirib chiqarishi, maxsus sharoitlarga mosla-
sha oladigan va zaruriy psixometrik xususiyatlarga ega modifi
katsiyalar
yaratishni tezlashtirmasdan, balki aksincha sekinlash-
tirishi mumkin. Qo‘yilgan metodik standartlarga astoydil rioya
qilish - psixolog psixometrik madaniyatining zaruriy atributlaridan
biridir.
6. Psixolog mustaqil tarzda sinaluvchi tomonidan test ma’lu-
motlarining falsifikatsiya qilinishi bilan bog'Iiq bo'lgan motivatsion
buzilishlar darajasini aniqlay va o‘lchay olishi, ishonchsiz protokol-
lami sipolik bilan saralay bilishi, guruhiy psixodiagnostikadagi om-
maviy natijalar uchun ishonchlilikning maqbul darajasi muvaffa-
qiyatlarini statistik qayd eta olishi lozim.
7.
Psixolog
testlaming
qo‘shimcha
ko‘rsatkichlarini,
shuningdek turli - tuman sonli axborotlaming agregirovatsiyasini
talab etuvchi integral ko‘rsatkichlarini
murakkab miqdoriy hisoblash
usullarini egallagan bo‘lishi lozim. U kompyuterda hisoblash
ishlarini olib bora olishi uchun dasturchi (yoki psixolog -
psixometrist) ishlarini ham bajara olishi zarur.
Psixolog - psixometrist qila olishi lozim:
1. Psixodiagnostik metodikalar loyihasini tuzish va ulami
moslashtirishning barcha bosqichlarini mustaqil tarzda rejalashtirish
va amalga oshirishni: testning alohida punktlari bo'yicha validlik
va ishonchlilik darajasini tekshirish, ishonchsiz va novalid
punktlami chiqarib tashlash, test ballari taqsimotini yaratish va tahlil
qila olish, prognozlash uchun matematik tenglamalar va aniqlash
uchun “hal qiluvchi qoidalar”
yaratishni uddalay olishi;
2. Psixodiagnostik ma’lumotlami kompyuterda yaratishi va
saqlashi, kompyuteming standart operatsion tizimlari bilan ishlash
ko‘nikmalariga ega boiishi, psixodiagnostikada qo‘llaniladigan
m a’lumotlar bazasini tushunishi va ma’lumotlar bazasini boshqara
olishi lozim.
3. Qoilanilayotgan metodikalarni hujjatlarga qayd etish
bo‘yicha psixolog - psixodiagnost ishlarini metodik standartlarga
rioya qilgan holda bajara olishi hamda natijalaming psixodiagnostik
informatsiyalar bazasiga integratsiyasini ta’minlab borishi zarur;
79
4.
Ma’lum hudud doirasida (psixologik xizmat sohasi
bo‘yicha) metodikalarni psixometrik ta’minlanganlik
darajasi
bo‘yicha ierarxiyalagan holda metodikalar kartotekasini tutishi,
standartlashgan metodikalardan foydalanish bo‘yicha metodik
tavsiyalar va metodik qoilanmalar kutubxonasini yuritishi kerak.