|
Mavzu: Texnologik jarayonlar uchun xavfsizlik talablari
|
Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 19,76 Kb. | | #153821 |
Bog'liq sobirov m.ish
Mavzu: Texnologik jarayonlar uchun xavfsizlik talablari.
1. Baxtsiz hodisalar, kasbiy zaharlanish va elektr tokidan zararlanishlar vaqtida jabrlanganlarga hakimgacha koʻrsatiladigan yordam boʻyicha barcha ishchi va MTXlar oʻqitilgan boʻlishlari lozim.
Zararli yoki toksik moddalari boʻlgan tsex va boʻlinmalarda ishlovchi ishchilar zaharli moddalar bilan muomala qoidalari boʻyicha oʻqish kursidan oʻtishlari va fabrika komissiyasida imtihon topshirishlari shart.
2. Har bir ishchi ish boshlanishi oldidan ish uchun zarur boʻlgan saqlash moslamalari, asboblar, mexanizm va moslamalarning borligi va sozligini tekshirishi lozim. Oʻzi tomonidan bartaraf etib boʻlmaydigan kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi ishga kirishmasdan ular haqida oʻzining bevosita rahbariga aytishi shart.
3. Elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish va ularni ta'mirlash ishlari faqatgina oʻqitilgan va elektr xavfsizligi boʻyicha 2-toifadan past boʻlmagan malakaviy guruhi uchun imtihon topshirgan kishilargagina ruxsat etiladi.
4. Ishchilar tomonidan kasblarni birga olib borish faqatgina ularda tegishli malaka bor boʻlganda va birga olib boriladigan barcha kasblar boʻyicha yoʻriq oʻtkazilgandagina ruxsat etiladi..
5. Fabrika rahbari ishlovchilarni belgilangan me'yorlar boʻyicha maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim va yakka himoya vositalari bilan oʻz vaqtida ta'minlashi shart.
Fabrikada gazniqoblar, respiratorlar, shuningdek yakka himoya vositalarini foydalanilgan vaqtining hisobi tashkil qilinishi va ular davriy ravishda tekshirishdan oʻtkazilishi, kelgusida foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan vositalarni ishlatishdan olib tashlab tashlagan holda belgilangan resursini ishlab boʻlgan qismlarni almashtirilishi lozim.
6. Fabrikadagi ishlarga texnikaviy rahbarlik qilish tegishli profildagi oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini tamomlagan kishilarga ruxsat etiladi.
Chiqindilar xoʻjaligi ob'ektlariga texnikaviy rahbarlik qilish, qoida tariqasida, gidrotexnikaviy profildagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
7. Muhandis-texnik xodimlarning ushbu Qoidalar va mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasiga doir boshqa me'yoriy hujjatlarni bilishi kamida har uch yilda bir marta fabrika rahbari tomonidan tayinlanadigan komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya a'zolari yuqori tashkilot imtihon komissiyasida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha imtihon topshirishlari shart.
8. Har bir ish joyida mehnatning xavfsiz sharoitlari ta'minlangan boʻlishi lozim. Texnikaviy nazorat kishilari tomonidan ish joylari holati nazoratining davriyligi fabrika rahbari tomonidan belgilanadi(har smenada kamida bir marta).
Xavfsizlik qoidalariga mos kelmaydigan ish joylarida ishlash ta'qiqlanadi. Kamchiliklarni bartaraf etishga doir ishlarga qoʻshimcha xavfsizlik choralarini ta'minlash bilan ruxsat etiladi.
9. Barcha ish joylari va ularga oʻtish joylari tozalikda saqlanishi lozim. Materiallar, ehtiyot qismlar, asboblar, ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash uchun maxsus joylar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim. Ish joylari va oʻtish joylarini ifloslantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish joylarining yoritilganligi amaldagi me'yorlarga mos kelishi lozim.
Naryad xonalarida, ish joylarida, agregatlar yonida va kishilarning yurish yoʻllarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga doir plakatlar, yoʻriqnomalar va belgilar osigʻlik boʻlishi lozim.
10. Bevosita ish joylarida chekish va ovqatlanish, shuningdek texnik va ishlab chiqarish suv quvuridan suv ichish man etiladi.
Chekish va ovqatlanish uchun maxsus xona (joy)lar jihozlangan boʻlishi lozim. Ichimlik suv ta'minoti fabrika rahbariyati tomonidan bachoklar, favvora joʻmraklari yoki maxsus flyagalardan ta'minlangan boʻlishi lozim. Issiq tsexlarda ishlovchilar gazlangan suv bilan ta'minlangan boʻlishlari lozim.
11. Xizmat koʻrsatuvchi barcha maydonchalar, oʻtish koʻpriklari va zinalar mustahkam, qimirlamaydigan boʻlishlari va balandligi 1m dan kam boʻlmagan xarili suyanchiqlar bilan jihozlangan va xarilarning pastki qismi 0,14m balandlikda sidirgʻa qoplama bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
12. Ish maydonchalariga va mexanizmlarga etadigan zinalarlarning qiyalik burchagi quyidagicha boʻlishi lozim:
a) doimo foydalaniladiganlari uchun - koʻpi bilan 45º;
b) smena davomida 1-2 marta chiqiladiganlari uchun - koʻpi bilan 60º ;
v) zumpflar, quduqlarda - 90º gacha.
Zinalarning eni 0,6 м dan kam boʻlmasligi, pogʻonalarining balandligi 0,3m dan oshmasligi, pogʻonalarning eni 0,25m dan kam boʻlmasligi lozim. Zumpf va quduqlarda skobalar qoʻllanilishiga ruxsat etiladi.
13. Xonalarda va fabrika hududida joylashgan barcha montaj oʻyiqlari, priyamkalar, zumpflar, quduqlar va ariqchalar va hokazolar toʻsiqlarning pastki qismida balandligi 0,14m boʻlgan sidirgʻa qoplamali balandligi 1m lik toʻsiqlar bilan toʻsilgan yoki hamma yuzasi boʻylab toʻshama (panjara) lar toʻshalgan, zarur joylarda esa eni 1m dan kam boʻlmagan oʻtish koʻpriklari bilan ta'minlangan boʻlishi lozim.
14. Quvur, nov va boshqa kommunikasiyalar ish maydonchalarini ifloslantirmasliklari lozim, agar ular oʻtish joylari va ish maydonlarini kesib oʻtadigan boʻlsalar pol sathidan kamida 2m balandlikda joylashtirilgan boʻlishlari lozim.
Reagent oʻtkazuvchi quvurlar oʻtish joylari va ish maydonlarini kesib oʻtsalar ular poddonlar bilan jihozlanishi, oʻtish joyi(ish maydoni) sathidan poddonning eng koʻp chiqib turadigan qismigacha boʻlgan eng kam masofa 1,8m dan kam boʻlmasligi lozim.
15. Poldan 1,5m balandlikda joylashgan uzoqdan turib boshqarilmaydigan bosim armaturasi va nazorat – oʻlchov asboblariga xizmat koʻrsatish uchun balandligi kamida 1m boʻlgan toʻsiqqa ega eni kamida 0,8m boʻlgan stasionar maydonchalar qilingan boʻlishi lozim.
16. Mashina va apparatlar oraligʻidagi hamda devorlardan jihozlarning gabaritlarigacha boʻlgan eng kam masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
a) asosiy oʻtish joylarida –kamida 1,5m;
b) mashinalar oraligʻidagi ishchi oʻtish joylarida – kamida 1m;
v) devor va mashina oraligʻidagi ishchi oʻtish joylarida – kamida 0,7m;
g) mashinalar oraligʻida va devor (qurilish konstruksiyasi) va mashina oraligʻida me'yoridagi oʻtish joyini ta'minlagan holdagi mahalliy torayish joylari – kamida 0,7m;
d) bak, chan, idishlarga xizmat koʻrsatish va ta'mirlash uchun oʻtish joylarida kamida 0,6m.
Eng kam masofa deganda mashinalarning, fundamentlarning chiqib turgan qismlari, toʻsiqlar va devorlar oraligʻidagi, ularga mahkamlangan quvurlar, apparatura va hokazolarni hisobga olgan holda, ochiqlik boʻyicha oʻlchamlar tushuniladi.
17. Jihozlarni ta'mirlash vaqtida yirik almashtiriluvchi uzellar va detallarni tashib oʻtish uchun moʻljallangan oʻtish joylarining eng kam eni uzel va detallarning eng katta koʻndalang oʻlchamlariga har tomondan 0,6m dan qoʻshgan holda aniqlanadi.
18. Har bir baxtsiz hodisa haqida baxtsiz hodisaning jabrlanuvchisi yoki uni koʻrgan kishi zudlik bilan tsex, uchastka, fabrika rahbariyatiga xabar berishi lozim. Ishlab chiqarishdagi hamma baxtsiz hodisalar Oʻz R Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar sogʻligiga etkazilgan boshqa zararlarni tekshirish va hisobga olish haqidagi Nizom”ga muvofiq tekshirilishi, qayd etilishi va hisobga olinishi, avariyalarni tekshirish esa qonunchilikda belgilangan tartibda olib borilishi lozim.
19. Amalda ishlab turgan korxonada chet tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish ushbu Qoidalarga qat'iy amal qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Tsex, korxonaning naryad - ruxsatnoma boʻyicha berilgan uchastkasida ushbu Qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik shu uchastkada ish bajaruvchi chet tashkilotning rahbariga yuklatiladi.
20. Tutun moʻrilaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.
|
| |