|
Mavzu: Texnologik talim sohasida elektron jadval yordamida har XIL ma’lumotlar tayyorlash Reja: Excel dasturini ishga tushirish Excel elektron jadvali haqida tushuncha Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish
|
bet | 3/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #124373 |
Bog'liq Abdullayev MuxriddinExcel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak. Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak. Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “+”(qo’shish), “-”(ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.”(nuqta)(sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) Символlaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo. Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi. Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki Символi hamma vaqt “=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida = A5+ 4*V6 formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5 yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi. Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar: + (qo’shish),- (ayirish),* (ko’paytirish),/ (bo’lish),^ (darajaga ko’tarish). Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi. Masalan: =V1+V5 – bu formula, V1+V5 – bu matnli ma’lumot. Ustunning enini va satrning balandligini o’zgartirish Ustunning eni Символlar bilan o’lchanadi. Masalan 9 kenglik bitta yacheykaga 9 tagacha Символ kiritish mumkinligini bildiradi. Ustunning eni 0 dan 255 tagacha Символdan iborat bo’lishi mumkin. Satrning balandligi punktlarda(0 dan 409 gacha) o’lchanadi. Amalda ustun eni va satrning balandligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Odatda, asosan ustunning enini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Ustunning enini o’zgartirish uchun FormatStolbetsSHirina buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan quyidagi (6-rasm) so’rovga ustun eni(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval ustunining eni standart holatda 8,43 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 8,43 sonining o’rniga 15,25 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan ustunining eni o’zgaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Texnologik talim sohasida elektron jadval yordamida har XIL ma’lumotlar tayyorlash Reja: Excel dasturini ishga tushirish Excel elektron jadvali haqida tushuncha Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish
|