Mavzu:Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
foydalanish
Reja :
1.Dars jarayonida AT larining o’rni
2.Texnologiya darslarida AT dan foydalanish
3.Innovatsion texnologiyalar haqida malumot.
4.Iimovatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va metodlari.
5.Innovatsion texnologiyalardan ta ‘lim jarayonida foydalanish usullari.
Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan
foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning
oshishiga xizmat qiladi.
Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini
zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir o’qituvchi mehnat
faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini
shakllantirishga zamin yaratishi lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o’zaro aloqasini,
axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va
vositalarini, shuningdek
axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda o’qituvchi
ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi
tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi,
ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
- o’qitish va o’qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatining mavjudligini
belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan
hisoblanadi.
Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda
ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash lozim:
- ta’lim muassasasi hujjatlarini
kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan
foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini
yaratish;
- o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya,
virtual maslahatlar,
muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash
orqali tez tashkil etish;
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan
foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
- o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya, virtual maslahatlar,
muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash
orqali tez tashkil etish;
Ta’lim muassasasining o’quv faoliyatida esa:
- axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
- barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
- kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxonalardagi kitoblarga Internet orqali
buyurtma berish;
- o’qituvchilarning metodik
ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv qo’llanmalarini nashrga
tayyorlash;
- Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni
mustaqil tayyorlashga
erishish;
- o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
- maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni
bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy
didaktik funktsiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o’quv
materialini