|
Mavzu: Tishli yuzalarga ishlov berish usullari
|
bet | 1/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 465,49 Kb. | | #124875 |
Bog'liq Qurbonov.M.MST.ISH2 MEXANIKA-MASHINASOZLIK FAKULTETI MST VA A 21-20 GURUH TALABASINING "MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI" FANIDAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: Qurbonov M. Qabul qildi: Mamurov E. Reja: - Tishli yuzalarga frezalab ishlov berish.
- Tishli yuzalarga grebyonkalar va dolbyaklar yordamida ishlov berish.
- Xulosa.
1. Tishli yuzalarga frezalab ishlov berish. Sanoatning barcha tarmoqlarida tishli uzatmalarning keng ko‘lamda tarqalganligi, shuningdek, bunday uzatmalarning ishlatilishi ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori talablar qo‘yilishi tish qirqish uchun xizmat qiladigan maxsus dastgohlarning barpo etilishiga olib keladi. Tish qirqish dastgohlari va tishli g‘ildiraklar tayyorlash uchun ishlatiladigan kesuvchi asboblar o‘z konstruksiyasi jihatidan murakkab bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar tayyorlashning eng ko‘p tarqalgan usullari kopirlash (nusxalash) va obkatka qilish usullaridir. - 1. Tishli yuzalarga frezalab ishlov berish. Sanoatning barcha tarmoqlarida tishli uzatmalarning keng ko‘lamda tarqalganligi, shuningdek, bunday uzatmalarning ishlatilishi ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori talablar qo‘yilishi tish qirqish uchun xizmat qiladigan maxsus dastgohlarning barpo etilishiga olib keladi. Tish qirqish dastgohlari va tishli g‘ildiraklar tayyorlash uchun ishlatiladigan kesuvchi asboblar o‘z konstruksiyasi jihatidan murakkab bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar tayyorlashning eng ko‘p tarqalgan usullari kopirlash (nusxalash) va obkatka qilish usullaridir.
- Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish freza lash stanoklari silindrik tishli g’ildiraklar, shlitsli vallar, "val-shesternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
|
| |