|
Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 465,49 Kb. | | #124875 |
Bog'liq Qurbonov.M.MST.ISH2Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi
Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zagotovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanokJar beshinchi guruhga kiritilgan. Bu guruh stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi
Zagotovkalarda tishlar hosil qilish usullari Bunday usullarning asosiylari quyidagilardir: 1. Plastik deformatsiyalash—nakatka qilish orqali; m<2 mm bo'lganda sovuqlayin va m>2 mm bo'lganda zagotovka qizdirilgan holda nakatka qilinadi; 2. Kukun metallurgiyasi usuli bo'yicha presslash; 3. Kesuvchi asboblar bilan tishlarni kesish tish ochishning asosiy usuli bo'lib, u o'z navbatida 2 turga bo'linadi: kopirlash va obkatka usullari. Kopirlash usuli bo'yicha zagotovkalarda tishlar yasashda kesuvchi asboblar sifatida modulli disk va barmoq frezalari, maxsus tish kesish kallaklari va protyajkalardan foydalaniladi. Bu usul asosan yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida, ta'mirlash maqsadida va tish kesish universal frezalash stanoklarida bo'lish kallaklari (УД, УДГdап foy-dalanib amalga oshiriladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda modulli disk frezalari zagotovkalarda tishlarni maxsus yarim avtomat stanoklarida xomaki kesishda qo'llaniladi. Faqat keng ko'lamli ishlab chiqarishda maxsus tish kesish kallaklari yordamida maxsus tish o'yish yarim avtomatlarida amalga oshiriladi. Kopirlash usulida tish kesish asbobining shakli zagotovkadagi tishlar orasidagi bo'sh joyning profiliga mos bo'ladi. Bu usulning ish unumdorligi past, aniqligi ham yetarli emas bo'lib, bular kopirlash usulining asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Obkatka usuli yuqori ish unumdorligi va kesilgan tish o'lchamlarining katta aniqligini ta'minlaydi, shuningdek bir kesuvchi asbob bilan bir xil modulli istalgan tishlar soniga ega bo'lgan g’ildiraklarda tishlarni kesish mumkinligi bu usulning afzalliklaridir. Obkatka usuli bilan tishlarni hosil qilishda kesuvchi asbob kesuvchi qirralari zagotovka tishlari profili bo'yicha ketma-ket harakatlanadi
Gʻildiraklarga dolbyak yordamida tishlar qirqish. Gʻildiraklarga tishlar
qirqishning yuqori unumli usullaridan biri tish o‘yish usulidir. Bu usulda kesuvchi asbob sifatida dolbyak ishlatiladi. Dolbyak moduli qirqiladigan g‘ildirak tishi moduli bilan bir xil bo‘lgan tishli g‘ildirakdir. Dolbyak qirqiladigan g‘ildirakdan shu bilan farq qiladiki, u g‘ildirak toretsiga kesuvchi qirralar charxlanib, kesuvchi asbobga aylantirilgan. Dolbyaklar o‘z
konstruksiyasi jihatidan to‘g‘ri tishli dolbyaklar bilan qiyshiq tishli dolbyaklarga
bo‘linadi.
2>
|
| |