|
Mavzu: Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektronlarning energiyaviy sathlar bòyicha statistikasi
|
bet | 1/2 | Sana | 06.07.2024 | Hajmi | 6,54 Kb. | | #266779 |
Bog'liq Mavzu Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektron-kompy.info
Mavzu: Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektronlarning energiyaviy sathlar bòyicha statistikasi
Mavzu: Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektronlarning energiyaviy sathlar bòyicha statistikasi
REJA:
1.O`tkazgichlar.
2.Yarim o’tkazgichlar.
3.Dielektriklar haqida umumiy ma’lumot.
4.Elektronlarning energiyaviy sathlar bo’yicha statistikasi.
O'tkazgichlar, yarim o'tkazgichlar, izolyatorlar
Valent zonasining elektronlar bilan to‘ldirilish darajasi va bu zona bilan o‘tkazuvchanlik zonasining orasidagi taqiqlangan zonaning kengligiga qarab, qattiq jismlar o‘tkazgichlarga, yarimo‘tkazgichlarga va dielektriklargan Bunga keltirilgan sxemalardan osongina ishonch hosil qilish mumkin
O`tkazgichlar.
Valent zona bilan o‘tkazuvchanlik zonasi qo‘shilib, gibrid zona hosil qiladi . Bu gibrid zonaning quyi sathlarida elektronlar bo‘lib, yuqorigi sathlar bo‘sh bo‘ladi. Bu gibrid zonaning quyi sathlarida elektronlar bo‘lib, yuqorigi sathlar bo‘sh bo‘ladi. O‘tkazuvchanlikning ushbu turi ishqoriy metallarda kuzatiladi. Yoki valent va o‘tkazuvchanlik zonalari orasida taqiqlangan zona ΔE saqlanib qolgan bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlikning bu tipiga ega bo‘lgan materiallarga Mendeleyev davriy sistemasining I guruh metallari misol bo‘ladi. Bunday zona tuzilishiga ega bo‘lgan qattiq jismlar elektr tokini yaxshi o‘tkazadi va o‘tkazgichlar hisoblanadi. Elektronning quyi sathdan yuqori sathga o‘tishi ikkita shart bo‘lishini taqazo etadi: zonaning yuqori qismida bo‘sh energiyaviy sath bo‘lishi va elektronlarga taqiqlangan sath kengligiga teng yoki katta bo‘lgan qo‘shimcha energiya berilishi kerak.
Yarim o’tkazgichlar
Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari yarimo'tkazgichlar jumlasiga kiradi. valent zona sathlari elektronlar bilan to‘lgan bo‘lib, yuqorigi bo‘sh zonagacha bo‘lgan taqiqlangan zona kengligi 2 eV artofida yoki kichik 0ʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo) natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga e ga Tashqi elektr maydoni ta’sirida quyi (valent) zonadagi elektronlar navbatdagi bo‘sh zonaga o‘ta olmaydi va tok hosil bo‘lmaydi. Ammo kristall temperaturasi T>0 bo‘lgan hollarda issiqlik energiyasi tufayli valent zonadan bir muncha kam miqdordagi elektronlar yuqorigi bo‘sh zonaga o‘tib zaif o‘tkazuvchanlikni hosil qiladi. Bu holda bo‘sh zona o‘tkazuvchanlik zonasiga aylanadi. Bunday materiallar yarimo‘tkazgichlar hisoblanib, odatda xususiy yarimo‘tkazgichlar deb ataladi. Yarimo‘tkazgichlarning tipik vakili bo‘lgan kremniy (Si) va germaniy (Ge) kristallarida taqiqlangan zonaning kengligi mos holda 0.7 va 1.15 eV. Yarimo‘tkazgichning valent zonasidan elektronni bo‘sh zonaga o‘tishi uchun kerak bo‘lgan energiya kamida taqiqlangan zona kengligiga teng bo‘lishi kerak. Bu energiya yarimo‘tkazgichning xususiy o‘tkazuvchanligining aktivatsiya energiyasi deb ataladi.
|
| |