|
Mavzu: Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektronlarning energiyaviy sathlar bòyicha statistikasi
|
bet | 2/2 | Sana | 06.07.2024 | Hajmi | 6,54 Kb. | | #266779 |
Bog'liq Mavzu Òtkazgichlar,yarimòtkazgichlar va dielektriklar. Elektron-kompy.infoYarim o’tkazgichlar
Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.
p-n o‘tish hodisasi asosida ishlaydigan eng sodda yarim o‘tkazgichli asbob yarim o‘tkazgichli diod deb ataladi. Shunga ko‘ra р-n o‘tishning volt-amper xarakteristikasi yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasidir. Uning shakli ko‘p faktorlarga bog‘liqdir.
Yarimo`tkazgichlarda kirishmali o`tkazuvchanlik ham bo`lib donor va akseptor o`tkazuvchanlik turlari bor. Ularda tok tashuvchilar electron va kavaklar hisoblanadi
P-tip
N-tip
Dielektriklar haqida umumiy ma’lumot.
Kristalldagi valent zona sathlari elektronlar bilan to‘lgan bo‘lib, yuqorigi bo‘sh zonagacha bo‘lgan taqiqlangan zona kengligi 2 – 3 eV dan katta bo‘lsa faqat tashqi elektr maydoni ta’sirida balki yuqori temperaturalarda ham quyi (valent) zonadagi elektronlar navbatdagi bo‘sh zonaga o‘ta olmaydi va tok hosil bo‘lmaydi.
Bunday materiallar dielektriklar deyiladi. NaCl, olmos, forfor, shisha, kvars, rezina, polimerlar, turli gazlar dielektrik materiallardir. Dielektrik materiallarning yaqqol vakili hisoblangan olmosning T = 0 K temperaturadagi taqiqlangan zonasining kengligi 5.4 eV ni tashkil qiladi Shuni ham aytib o‘tish kerakki, temperatura ortishi bilan dielektriklarning valentlik zonasidan bo‘sh zonasiga o‘tgan erkin elektronlar soni ortib boradi.
Elektronlarning energiyaviy sathlar bo’yicha statistikasi.
Shunday qilib, dielektrik va yarimo‘tkazgich materiallarning zonaviy tuzilishidagi farq valent va o‘tkazuvchanlik zonalari orasidagi taqiqlangan zonaning (energiyaviy tirqish) kengligi tufayli paydo bo‘lar ekan. Umuman, energiyaviy zonalarning elektronlar bilan to‘ldirilish xarakteri moddaning elektr xossasini belgilaydi Elektronlar yarim spinli (1/2) kvant zarralari bo‘lganligi uchun issiqlik muvozanat holatida
Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysunadi. kristalldagi elektronning T temperaturada E energiyali sathni band qilish ehtimoli F- Fermi sathi
metallarda Fermi sathi mutlaq nol temperaturada elektronlar ega bo‘lgan maksimal energiyadir.
Yarimo‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlarda elektronlar bo‘lmaganligi (kovaklar bo‘lganligi) uchun sathlarda elektronlarning bo‘lmaslik (sathlarning kovaklar bilan band bo‘lish) ehtimoli quyidagicha aniqlanadi: Fermi sathi, metallardagidan farqli holda, taqiqlangan sonaning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi.
http://kompy.info
|
| |