Togʻ jinsining qattiqlik koeffitsienti




Download 146,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.12.2023
Hajmi146,6 Kb.
#113334
1   2   3
Bog'liq
yrtju

Togʻ jinsining qattiqlik koeffitsienti.
Foydali qazilmalarni qazib olishning zamonaviy texnologiyalarida koʻplab
jarayonlar togʻ jinsining Yuza qatlamini yemirishga (burgʻilashning turli koʻrinishlari,
lahim oʻtuvchi kombaynlarni ishlatishda kesish hamda frezerlash va boshqalar)
yoʻnaltiriladi. Qattiqlik togʻ jinsining kon-texnik parametrlariga tegishli muxum
koʻrsatkichlardan biri boʻlib kon mashina jixozlarining sayqallanib (charxlanib) eskirishga
olb keladigan omillarning asosiysi hisoblanadi. Togʻ jinsi namunasiga uchli jsimning
(qirrali togʻ jinsi, uchli uskuna va jihozlar) kritilishiga koʻrsatadigan qarshilgi uning
qattiligi deyiladi. Minerallar uchun qattiqlik tushunchasini va shkalasini birinchi boʻlib
Moos fanga tatbiq etgan boʻlib etalon sifatida talkdan boshlab olmosgacha oʻnta mineralni
oʻz ichiga oladi.
Koʻp togʻ jinslari qattiqligi turlicha boʻlgan bir nechta minerallardan tashkil
topgan shunga muvofiq bunday togʻ jinslari polikristal jinslar hisoblandi. Bunday togʻ
jinsidagi minerallarning qattiqligi bir-biridan keskin farq qilishi minerallar orasidagi
oʻzaro molikulyar tasirlashuvi va mexanik xossalarning bir qancha koʻrsatkichlarda
nomoyon boʻlishiga olib keladi.
Togʻ jinsining qattiqligi uning tekstura va strukturasiga shuningdek namlik
darajasiga, massivdagi togʻ jinsining haroratiga va kuchlanish holatiga bogʻliq.
Bugungi kunda materiallar qattiqligin sinashning (baholshning) quyidagi
koʻrinishlari mavjud: tirnash bilan baholash (Moos boʻyicha qattiqlik),
statik ta’sir etish
bilan baholash (L. A. Shreyner uslubi),
dinamik ta’sir etish bilan baholash (Shora uslubi).
Koʻp holatlarda togʻ jinsining qattiqligini aniqalshda statik uslubdan foydalaniladi.
Bu uslubning mohiyati shundan iboratki – malum Yuklamali diametri 2-3 mm boʻlgan
silindrik shtamp orqali togʻ jinsining silliqlangan Yuzasiga ta’sir etiladi. Shtampdagi
Yuklama bosqichma-bosqich ortirilib boriladi. Togʻ jinsidagi oʻyiq chuqurcha moʻrtlashib
yemirilayotgan paytdagi Yuklama miqdori P boʻyicha qattiqlik koʻrsatkichi aniqlanadi.
σ
sj
= P/S
Bunda: S - silindrik shtamp Yuzasi, m
2
.


Togʻ jinsining plastiklik xsusiyati ortishi bilan uning qattiqligi kamayadi. Qattiq
jsimlarda har doim bir oʻq boʻylab siqilishdagi chegaraviy pshiqlik barcha tomonlama
siqilishdagi pshiqlikdan katta boʻladi. Shuning uchun togʻ jinsining hajmiy siqilish holatini
ifodalashda uning elastiklik va plastiklik hossalariga sezilarli darajada bogʻliqligini
hisobga olish lozim.
H=k· σ
sj
Yuqori da takidlab oʻtganimizdek togʻ jinsining plastiklik xsusiyati ortishi bilan
unga teskari boʻlgan propartsionallik koeffitsienti 20 dan 5 gacha boʻlgan miqdorda
kamayadi.
Dinamik uslubda qattiqlikni oʻlchash. Bu uslubning mohiyati shundaki – malum
balandlikdan uchida sferik olmos joylashtirilgan shtamp erkin hoatda togʻ jinsining
silliqlangan Yuzasiga tashlanadi. Tashlangan balandlik va togʻ jinsining emirilish
koʻrsatkichi orqli qattiqlik aniqlanadi.



Download 146,6 Kb.
1   2   3




Download 146,6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Togʻ jinsining qattiqlik koeffitsienti

Download 146,6 Kb.
Pdf ko'rish