Ma’vzu: Togʻ jinsining umumlashgan kon-texnologik
parametrlari.
Reja
1. Togʻ jinsining mustahkamlik koeffitsienti.
2. Togʻ jinsining qattiqlik koeffitsienti.
3. Togʻ jinsining qayishqoqlik koʻrsatkichlari.
Togʻ jinsining mustahkamlik koeffitsienti.
Togʻ jinsining
mustahkamligi bu uning yemirilishga (burgʻulashga, portlatishga,
kesishga va hokaza) boʻlgan qarshiligi bu tushunchani prof M M Protodyakonov fanga
kiritgan va miqdor jihatdan mustahkamlik koeffitsienti bilan baholashni taklif qildi. U
barcha togʻ jinslarini 10 ta turkumga ajratdi va mustahkamlik shkalasini ishlab chiqdi.
Birinchi turkum mustahkamlik darajasi juda yuqori (f=20) boʻlgan togʻ jinslariga
nisbatan olingan boʻlsa oʻninchi turkumga esa mustahkamligi juda past (f=0,3) boʻlgan
togʻ jinslari kritilgan. Demak, bundan ma’lumki mustahkamlik koeffitsientining oʻzgarish
chegarasi 0,3< f <20 gacha boʻladi.
Togʻ jinsining mustahkamligi uning siqilishdagi chegaraviy pshiqligiga toʻgʻri
propatsional boʻlib quyidagicha aniqlanadi.
f=σ
sj
·10
-7
Siqilishdagi kuchlanish σ
sj
va mustahkamlik koeffitsienti orasidagi bogʻlanishning
aniqroq koʻrinishi quyidagicha.
sj
sj
f
s
s
3
7
10
58
,
0
10
33
,
0
-
-
+
=
Mustahkamlik koeffitsienti miqdorini quyidagi bir necha usullar boʻyicha aniqlash
mumkin: togʻ jinslarining elementar defarmatsiyalarga qarshiligi boʻyicha (bir oʻqli
siqilishda), ish miqdori boʻyicha (maydalash ishlarida miqdorlar sarflanuvchanligi),
burgʻulashdagi qarshiligi boʻyicha (yoki burgʻulash tezligi boʻyicha), togʻ jinsini
massivdan qoʻporib olishda portlovchi moddaning sarfi boʻyicha va hokoza.
20>
|