• 2. Kam rivojlangan davlatlar.
  • 7.2. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanayotgan mamlakatlar




    Download 1.13 Mb.
    bet2/3
    Sana31.05.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #67868
    1   2   3
    Bog'liq
    7 mavzu (2)
    3-sinf.-Unit-3.-Classes-demo- (1), Чирчиқ Хат, [@abituriyent plus] Algebra 7-sinf òzb
    02
    7.2. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanayotgan mamlakatlar
    1993 yilda o‘rtacha 36959 dollar daromadga ega o‘rtacha amerika oilasi dunyo aholisining 2/3 qismi yashash munimumi darajasida hayot kechirayotganligini tasaw ur eta olmaydi. Ocharchilik, qashshoqlik va kasallar-dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligi uchun odatiy holdir. Jahon bankining ma’lumotiga ko‘ra dunyo aholisining 20 foizdan ko‘prog‘i-1 milliarddan ortiq kishi bir kunga 1 dollardan kam pulga kun kechirmoqda! Mamlakat aholisi daromadlarida o‘rtasida tengsizlik bolganligi kabi dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tengsizlik bundan katta ko‘rsatkichlarga ega. 1-jadval mamlakatlar o‘rtasida daromadlar tengsizligini aks ettiradi. Dunyo aholisining eng badavlat beshdan bir qismi yalpi daromadning salkam 83 foizini, eng kambag‘al beshdan bir qism aholi 1,5 foizdan kam daromadga ega. Eng kambag‘al 60 foiz aholi yalpi daromadning 6 foiziga egadir.
    1.Sanoati rivojlangan davlatlar. Sanoati rivojlangan davlatlarga AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va G‘arbiy yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarini kiritishimiz mumkin. Yuqoridagi har bir mamlakatda asosiy kapitalning o‘lkan resurslari, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari va yuqori sifatli mehnat resurslariga asoslangan bozor iqtisodiyoti shakllangan. 7.3. jadvalning1-ustunida ko‘rsatilganidek, ushbu 23 mamlakatning o‘ziga xos jihati bo‘lib YAIMning aholi jon boshiga yuqoriligi tashkil etadi.
    2. Kam rivojlangan davlatlar.
    Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida joylashgan aksariyat dunyo mamlakatlari kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ushbu 109 mamlakat industrializatsiya darajasini o‘tmagan bo‘lib, aholisining aksariyat qismi qishloq xo‘jaligida banddir. Yuqoridagi mamlakatlarda savodxonlik darajasi past bo‘lib, ishsizlik darajasi yuqori, aholi yuqori sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda, eksport tarkibi esa asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (какао, banan,shakar, paxta) va xomashyo (mis, temir rudasi, kauchuk)ni tashkil etadi. Asosiy kapital resurslari kamchil bo‘lib, oddiy ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslanadi,mehnat samaradorligi pastdir.
    03
    7.3. Iqtisodiy o‘sish, daromadlami kamayishi va tafovuti Mo‘jiza va baxtsizlik. Bir necha kam rivojlangan davlatlar vaqt o‘tishi bilan o‘z iqtisodiy holatini yaxshilash qobiliyati bilan ajralib turadi. Bir tomondan, yangi industrial mamlakatlar-Singapur, Gonkong, Tayvan Janubiy Koreya guruhi bo‘lib, ular 1960-1989 yillar mobaynida real YaIMning hajmning yillik o‘sishida yuqori ko‘rsatkichlar erishgan (6-7 foiz). Buning natijasida ushbu mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaMM hajmi 5 barobar o‘sgan. Boshqa tomondan,ko‘pchilik qarzi katta boigan kam rivojlangan davlatlar, shuningdek, 80chi yillar mobaynida aholi jon boshiga real YaMM kamayishi kuzatilgan Markaziy Afrikaning qashshoq mamlakatlaridir.
    1.Tafovut absolyut hajmining ortishi. Badavlat va qashshoq davlatlar o‘rtasidagi daromadlar tengsizligi darajasi doimiy ravishda ortib bormoqda. Yuqoridagi fikrni tasdiqlash maqsadida faraz qilaylik,rivojlangan va kam rivojlangan davlatlarda aholi jon boshiga YaMM yillik bir xil ko‘rsatkich-2 foiz bilan o‘sib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi dastlabki daromad katta bo‘lganligi sabablidaromadlar tengsizligi yanada ortib boradi. Agar aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 400 dollami tashkil etsa, uning 2 foizga o'sishi daromadning 8 dollarga ortishiga olib keladi. Agar aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 4000 dollarni tashkil etsa, xuddi shu 2 foizli o‘sish daromadning 80 dollarga ortishiga olib keladi. SHunday qilib daromadlar tengsizligi darajasi 3600(4000-400) dollardan 3672 (4080- 408) dollarga ortdi. Rivojlangan davlatlarga yetib olish uchun kam rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o‘sishdarajasi bir muncha yuqori bo‘lishi kerak.Haqiqatdan, boy va kambag‘al mamlakatlar orasida daromadalar darajasidagi tengsizlik sezilarli darajada ortdi. 20 foiz eng boy davlatlar va 20 foiz eng qashshoq davlatlarda aholi jon yillik daromadlar orasidagi farqning absolyut miqdori 1960-yilgi 1854 dollardan 1989-yilda 15149 dollargacha o‘sgan.

    Download 1.13 Mb.
    1   2   3




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7.2. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanayotgan mamlakatlar

    Download 1.13 Mb.