Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi




Download 75,5 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2024
Hajmi75,5 Kb.
#146415
1   2
Bog'liq
Yo\'l harakati Transportda xavfsizlik muammolari
hayot faoliyati R, umumiy ekologiya. mustafoyev s, o\'roqov s, suvonov p, rinat-ORG1, 4-Mavzu Akademik yozuv 2-semestr (2) (3), Funktsiya tushunchasi, HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI MI, ATXK Avtoservis korxonalari islab chiqarish MI, Falsafiy dunyoqarashning oʻz-oʻzink anglashdagi roli, 31-dars. Python. LIST. TUPLE (Kortej) (2), 1-Maruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar, Dars-2, Markazdan qochma nasoslar tuzilishi va ularning ishlashi-azkurs.org, ang esseys, 10.Test Bank for Fundamentals of English Grammar
Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
XXI asrga zamonaviy axborot-telekommunikasiya va rivojlangan texnologiyalar asri sifatida tavsif berilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir oilada kompyuter, uyali telefon va transport vositalari mavjud. Ayniqsa, mustaqillik yillarida yurtimizda axborot telekommunikasiya texnologiyalari va avtomobilsozlik tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, Perzidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlaganidek, "yurtimizda har 100 oilaning 42tasi engil avtomobillarga ega bo'lib, bu besh yil avvalgi ko'rsatgichdan 1,5 barobarga ko'p, 47ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta'minlangan va bu davrda o'sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100ta oilaga 234ta mobil telefon to'g'ri kelmoqda yoki bu sohadagi o'sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda." Mazkur raqamlarning o'ziyoq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanayotganligiga yaqqol dalil bo'la oladi.
Quvonarlisi, yurtimiz transport vositalari ishlab chiqarayotgan sanoqli davlatlar qatoriga qo'shilib, dunyoga tanildi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ham ichki, ham tashqi bozorda xaridorlarga birdek manzur bo'lmoqda. Faqat ichki bozorning o'zida har yili 15 mingdan ortiq avtomobil qo'shilmoqda. Transport vositalarining soni ortib borgani sayin yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shu bois mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta'minlash muammolariga alohida e'tibor qaritilmoqda. Xususan, istiqlol yillarida sohaga taalluqli qator qonun, hukumat qarorlari qabul qilinib amaliyotga keng joriy etilayotir. Harakat vositalari yildan-yilga ko'paygani sayin yo'l-transport hodisalariga oid masalalarni bartaraf etish borasida ushbu qonunchilik hujjatlariga vaqti-vaqti bilan o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o'zgartishlar mavjud muammolar echimiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Jumladan, 1999 yilda qabul qilingan "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun va unga mahalliy shart-sharoitlar hamda harakat ishtirokchilarining taklif-istaklarini inobatga olgan holda 2013 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksning yo'l harakati sohasidagi bandlariga 12 marotaba qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilganligi ham fikrimizga dalil bo'lishi shubhasiz. Sohaning jadal rivojlanishi barobarida bu boradagi ishlar ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori mahalliy shart-sharoitlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklardan unumli foydalanish, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur qaror joriy yilning 1 martidan kuchga kiradi. Hozirgi kunda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik tomonidan "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni, ularning mazmun-mohiyatini haydovchi, yo'lovchi hamda piyodalar orasida targ'ibot-tashviqot ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 19 yanvar kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilgan o'zgartish va yangiliklar mazmun-mohiyati, ahamiyatini shahar yo'lovchi tashish transport korxonalari ishchi-xizmatchilar o'rtasida targ'ib qilishga qaratilgan yig'ilish tashkil etildi. Unda "Toshshahartransxizmat"AK rahbarlari, Toshkent shahar IIBB YHXB bo'limi boshliqlari, kompaniya bo'lim va xizmatlar boshliqlari, tarmoq korxonalari direktorlarining tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari, harakat xavfsizligi bo'limi boshliqlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisining o'rinbosari- bosh muhandis Hosil Xolmatov olib bordi.
Hosil Husanovich muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirib, jumladan, shunday dedi:
- Haydovchilarning yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etishi nafaqat o'zlari, balki barcha yo'l harakati ishtirokchisi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda shahar yo'lovchi tashish transporti tizimida 140dan ortiq yo'nalishda 1300dan ortiq harakat tarkibi poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga xizmat ko'rsatayapti. Mazkur raqam tizim tarkibida 3000 nafarga yaqin haydovchi mehnat qilayotganligini ko'rsatadi. Sohada mehnat qilayotgan har bir haydovchi yuzlab yo'lovchilar hayoti va taqdiriga bevosita mas'ul ekanligini chuqur his etmog'i va bu faoliyatining bosh mezoniga aylanmog'i lozim. Shu bilan birga, yo'l harakati ishtirokchilarining har biri u xoh katta, xoh kichik bo'lsin belgilangan tartib-qoidaga birdek amal qilsa, yo'l-transport hodisalari keskin kamayishiga ulkan hissa qo'shgan bo'ladi. Masalan, farzandlarini qo'lidan etkalab ketayotgan bobo-buvijonlar, ota-onalar — barcha katta kishilar bolalariga yo'lda ketayotganida shoshilmasdan, belgilangan yo'l harakati qoidalariga amal qilishi lozimligini tushuntirib borsa, avvalo, o'zlari namuna ko'rsatishsa, bolalar unga, albatta, amal qiladi. Yoxud haydovchi yo'l harakati qoidalarini bila turib, uning og'ir oqibatlarini chuqur mulohaza qilib ko'rmay tezlikni oshirsa, qoida buzsa, ayanchli yakun topishi muqarrar. Afsuski, kompaniya tarkibidagi korxonalarda faoliyat ko'rsatayotgan ayrim haydovchilar tomonidan bunday holatlar talay sodir etilmoqda. "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilayotgan o'zgarish va qo'shimchalar yo'llarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsizliklarning oldini olish, sodir etilishi ehtimol tutilgan xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan so'zga chiqqan Toshkent shahar IIBB YHXB bo'lim boshliqlari Mirsobit Odilov va Zoir Saydaliev o'tgan yil 24 dekabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarori mazmun-mohiyati, yo'l harakati qoidalariga kiritilgan yangilik hamda o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berdilar.
Soha mutaxassislari joriy yilning 1 martidan yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga kiritilishini ma'lum qilib, jumladan, shunday dedi:
- Yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari"ga 15 ta qo'shimcha kiritildi. Bundan tashqari qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Sohaga doir ayrim atama va tushunchalarga aniqliklar kiritildi.
So'ngi vaqtlarda ko'pchilikni tashvishlantirayotgan, yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan, umuman, harakatlanish xavfsizligiga jiddiy rahna solayotgan yo'llarda piyodalar qatnovi tartibi mustahkamlandi. Yangi qoidalarga binoan, endilikda yo'llarda harakatlanayotgan piyoda mobil telefon, planshetdan foydalanish, tele-video mahsulotlari ko'rish, radio va audio, ya'ni musiqa eshitish, kitob, gazeta-jurnal o'qish yoki elektron vositalaridan foydalanishi ta'qiqlandi.
Yangi qoidalarda haydovchi zimmasiga ham qator qo'shimcha majburiyat, mas'uliyat va talablar yuklandi. Jumladan, endilikda haydovchi harakatni boshlashdan oldin, yo'lovchilarni harakat vaqtida avtomobil salonidan tanasini tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi, harakat vaqtida havfsizlik kamarini taqib yurishi lozimligini uqtirishi joiz. Bundan tashqari, haydovchi transport vositasini boshqarish davrida, yo'l patrul xizmati xodimi talab etadigan hujjatlar to'plami qatoriga fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish polisini ham qo'shgan holda taqdim etishi zarur.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yana bir yangilik joriy etildi. Ma'lumki, kunning qorong'u vaqtlarida, ayniqsa, yoritilmagan hududlarda transport vositasi biror-bir sabab bilan nosozlik tufayli to'xtab qolishi mumkin. Shunday vaqtda haydovchi mashinasini ta'mirlash uchun tashqariga chiqadi. Mana shu vaqtda xavfli holat yuzaga keladi. Yo'ldan o'tayotgan transport vositasi ta'mirlash ishlari bilan band bo'lgan haydovchini ko'rmay qolishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida yangi qoidalarda tunggi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi. Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganni bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimcha ham bo'lishi shart. Bu harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari"da alohida e'tibor qaratilayotgan yana bir narsa bu tezlikdir. Bilasiz, transport vositalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Avtomobillar sonining ortishi tirbandliklarning hosil bo'lishiga sabab bo'layapti. Ma'lumki, belgilangan tezlik talablari buzilsa, u og'ir oqibatli yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Agar ma'lum hududlarda holda tezlik oshirilsa, mashinalarning yonilg'i sarfi, yo'lda yurishga ketadigan vaqti tejaladi, atrof-muhitning ifloslanishining oldi olinadi. Masalaning mana shu tomonlari hamda tegishli mutaxassislarning mulohazalarini inobatga olgan holda turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko'p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta'minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilandi. Bundan tashqari, xuddi shu band bilan Qoraqolpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga DYHXX bilan kelishgan holda, agar yo'lning holati tezlikni oshirish imkoniyatini bersa, ayrim joylarda yoki ayrim yo'l bo'laklarida, ayrim transport vositalariga belgilangan tezlikni oshirish uchun ruxsat berish vakolati yuklatildi.
Ma'lumki, sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaritilmoqda. Keyingi 5 yillikda DYHXX yo'l patrul xizmati faoliyatida yo'l harakati doirasidagi huquqbuzarliklarni avtomotik tarzda aniqlash amaliyoti keng qo'llanilmoqda. Shu sababli "foto va videofiksasiya" iborasi yo'l harakati qoidasida o'z aksini topib, ma'muriy hujjatlarda ham qayd etilmoqda. Bundan tashqari haydovchilarni ogohlantirish uchun axborot ishora belgilariga 5.41 belgi - "Foto va videofiksasiya" va 7.19 "Foto va videofiksasiya" qo'shimcha axborot belgilari qo'shildi. Kiritilgan yangilikning dolzarbligi poytaxtimizda yo'l harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimini ishga tushishi bilan chambarchas bog'liq.
Eslatib o'tish joiz, joriy yilning 1 fevralidan Toshkent shahridagi 120 chorrahada video-kuzatuv moslamalari ishlay boshlaydi. Belgilangan dastur asosida 2020 yilga qadar poytaxtimizning qolgan chorrahalariga ham videokameralar o'rnatiladi. Videofiksasiya vositalari haydovchini jazolash uchun emas, balki ularni ogohlantirish, tartib-intizom va belgilangan qoidalarga qat'iy amal qilishga chaqirishdir, dedi notiq.
Mazkur on-layn tizim sohaga joriy etila boshlagandan Ichki ishlar vazirligi yo'l harakati qoidalari buzilgan holat foto va video tesvirga yozib olingan taqdirda ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi o'zgartirildi. Yangi qoidalarga ko'ra, haydovchilarning kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda huquqbuzarlik oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish tugatiladi.
Yangi me'yorlar kuchga kirishi bilan avtomatlashtirilgan vositalar qayd qilgan holatlarda ma'muriy bayonnoma tuzilmaydi. 2015 yilning 11 avgustidan boshlab foto va video uskunalari qayd qilgan qoidabuzarlik tasviri asosida jazo choralari qo'llanilmoqda. Chunki bu ma'lumot ma'muriy hujjat bilan teng kuchga ega, deb baholanadi. Endilikda jarima solish qaroriga foto va videofiksasiya tasviri materiali ilova qilinib, elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatning nusxasi va qog'ozga aylantirilgan shakli pochta jo'natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
Shu o'rinda yangi qoidalarning jamaot transportiga oid qismiga ham to'xtalib o'tish joiz. Qoidalarning transport vositalari boshqaruvchilarining yoshini belgilovchi 149-bandi, haydovchilarni tayyorlash to'g'risidagi Nizom talablariga mos ravishda yangi tahrirda berildi. Unga ko'ra, "A" toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlarning yoshi o'qishni bitirish vaqtida 16 yosh, "V" va "S" toifadagi haydovchilikka o'qiyotganlarning yoshi, o'qishni bitirish vaqtida 18 yosh, "D" va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlarning yoshi o'qishni bitirish vaqtida 21 yosh bo'lishi kerak.
Transport vositalari kunning yorug' vaqtida ham chiroqlarini yoqib yurishlari ko'pchilikni e'tiborini tortishi tayin. Yangi tahrirdagi qoidalarda ana shunga ham e'tibor qaratildi. Endilikda tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo'lovchilar tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, motosikl va mopedlar xavfsizlikni ta'minlash choralarini kuchaytirish maqsadida kunning yoruq vaqtlarida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishlari shart. Qolaversa, harakat xavfsizligini ta'minlash uchun yo'lovchi tashiyotgan transport vositalarining g'ildirak, shinasida bironta gayka etishmasa yoxud diskida yoriq bo'lsa harakat taqiqlanadi. Shuningdek, salon ichidagi yoritish chiroqlari ishlamasa ham harakat taqiqlanadi. Transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko'zda tutilmagan tovush singnallari (vozdushka) o'rnatish ham qoidaga xilof sanaladi. Bundan tashqari jamaot transportida haydovchiga salon ichidagi orqani ko'rsatuvchi ko'zgular o'rni, shakli hamda toifasi o'zgargan bo'lsa yoxud konstruksiyada nazarda tutilmagandek o'rnatilsa ham harakatlanishga ruxsat etilmaydi. Yangi tahrirdagi eng muhim o'zgarishlardan yana biri jamaot transport vositasida 2 ta yong'in o'chirish vositasi mavjud bo'lishi talab etilmoqda. Bu, albatta, transport, haydovchi va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Yig'ilishda muhokama etilgan ikkinchi - 2015 yil davomida "GPS" tizimi orqali aniqlangan qodiabuzarliklar bo'yicha korxonalarga yuborilgan xatlar ijrosi muhokamasiga oida masala yuzasidan gapirgan Hosil Xolmatov shahar yo'lovchi tashish tizimiga tatbiq etilgan transport vositalarini masofadan kuzatish tizimi - "GPS" tekkerlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar xususida kompaniya tarmoq korxonalari direktorlarining tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari hamda harakat xavfsizligi bo'limi boshliqlariga kerakli ko'rsatmalar berdi.
Download 75,5 Kb.
1   2




Download 75,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi

Download 75,5 Kb.