• Yangi yol harakati qoidalari tartibi piyoda, yolovchi va haydovchi xavfsizligini taminlashga xizmat qiladi. Transportda xavfsizlik muammolari
  • "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari"
  • "Ozavtoyol" AK
  • Mavzu: Transportda xavfsizlik muammolari Reja




    Download 75.5 Kb.
    bet1/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi75.5 Kb.
    #146415
      1   2
    Bog'liq
    Yo\'l harakati Transportda xavfsizlik muammolari
    hayot faoliyati R, umumiy ekologiya. mustafoyev s, o\'roqov s, suvonov p, rinat-ORG1, 4-Mavzu Akademik yozuv 2-semestr (2) (3), Funktsiya tushunchasi, HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI MI, ATXK Avtoservis korxonalari islab chiqarish MI, Falsafiy dunyoqarashning oʻz-oʻzink anglashdagi roli, 31-dars. Python. LIST. TUPLE (Kortej) (2), 1-Maruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar, Dars-2, Markazdan qochma nasoslar tuzilishi va ularning ishlashi-azkurs.org, ang esseys, 10.Test Bank for Fundamentals of English Grammar

    Mavzu: Transportda xavfsizlik muammolari
    Reja:



    1. Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish

    2. Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish

    3. Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.



    Transportda xavfsizlik muammolari
    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo'mitasining 2016 yilga mo'ljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturiga muvofiq "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 va 18 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan ushbu tadbirni o'zkazish va unga tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlab ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
    Ishchi guruh a'zolari mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidagi qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish maqsadida bir qator takliflar bilan ishtirok etishdi va bu takliflar qizg'in muhokamaga sabab bo'ldi. Xususan, tadbirda yo'lovchilarning hayoti, sog'ligi va mol-mulkini, jamoa xavfsizligini ta'minlash, yo'l transporti hodisalarining oldini olish va ulardan himoyalanish bo'yicha shahar va shahar atrofi yo'nalishlarida transport xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha doimiy nazorat o'rnatilgani ta'kidlandi.
    Ishchi guruh yig'ilishida avtomobil yo'llari va shahar ko'chalarining nosoz xududlarini, bekatlarni ta'mirlash, yo'l belgilari, birinchi darajali to'siqlar o'rnatish bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarilishini doimiy nazoratga olish IIB YXXB, davlat yo'l idoralari va komunnal xo'jaliklariga yuklatilganligi qayd etildi. 
    O'zbekiston avtomobillarida halqaro tashuvlarni kengaytirish, bu yo'nalishda xizmat ko'rsatadigan transport korxonalari bilan bog'liq muammolari, takliflari va sohani takomillashtirish hamda O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to'g'risida"gi qonuni va qonunosti hujjatlariga o'zgartish, qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar eshitildi. Jumladan, avtomobil transport sohasini avtomobil yo'llarisiz tasavvur etib bo'lmasligidan kelib chiqqan holda, konferentsiya ishchi guruhi tarkibidagi "O'zavtoyo'l" AK vakillari ham bu borada o'zlarining taklifi bilan chiqishdi. Xususan, soha mutaxassislari tomonidan respublikaning iqlim sharoitidan kelib chiqib, avtomobil yo'llaridan oqilona foydalanish hamda ularni texnik soz holatda saqlashni ta'minlash maqsadida og'ir yukli transport vositalarining harakatini cheklash bo'yicha qonunosti hujjatlarini yanada takomillashtirish, bu borada xalqaro tajribani chuqur o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
    Shuningdek, yig'ilish davomida aholi va tashkilotlarga hamda yuk tashuvchi transport xizmati ko'rsatuvchi korxona rahbarlari, harakat xavfsizligini ta'minlovchi mas'ul xodimlarning malakasini oshirish masalalariga ham kelishib olindi.
    Mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidan qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.
    Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi №237-sonli qarori bilan muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat 1 may kuni e'lon qilindi va 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
    Hujjatning amal qilishi tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra g‘ildirakli transportlar uchun amal qiladi va quyidagi transport vositalariga taalluqli emas:
    - tekis yo‘lda konstruktiv tezligi 25 km/soatdan oshmaydigan yoki ularning tezligi shu qiymatdan oshmasligi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan transportlar;
    - faqatgina sport musobaqalarida ishtirok etish uchun mo‘ljallangan transportlar;
    - ishlab chiqarilgan sanasidan 30 va o‘ndan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifasidagishuningdek, tijoriy yuklar va yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallanmagan, ishlab chiqarilgan sanasidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan M2, M3 va N toifasidagi transportlar;
    - diplomatik va konsullik vakolatxonalari, O‘zbekiston tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar yoki xalqaro huquq me'yorlariga ko‘ra imtiyozlar va immunitetlarga ega xalqaro (davlatlararo) tashkilotlar, shuningdek, shu vakolatxonalar (tashkilotlar) ning xodimlariga hamda ularning oila a'zolariga tegishli transportlar;
    - yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yo‘l tanlamas transport vositalari.
    Umumiy xavfsizlik talablaridan shuni alohida qayd etish mumkinki, transport vositalari (ayrim hollardan tashqari) mamlakatimizning mo‘'tadil va sovuq, quruq tropik iqlimi kabi tabiiy-iqlimiy sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    Bundan tashqari, ishlab chiqarishda ozon qatlamini yemiruvchi moddalar (ularning ro‘yxatini Vazirlar mahkamasi tasdiqlaydi) dan foydalanishga, shuningdek, oldin foydalanilgan tarkibiy qismlardan yasashga (faqat shaxsiy foydalanish uchun tayyorlanadigan transport vositalari bundan mustasno) taqiq joriy qilingan.
    Rul boshqaruvi o‘ng tomonda joylashgan transport vositalarini ishlab chiqarish ham taqiqlangan.
    Muomalaga chiqarilishda o‘rnatilgan talablarga mos kelish quyidagi yo‘sinda tasdiqlanadi:
    - transport vositalari uchun (shassi) — transport vositasi turi (shassi) ni ma'qullash — seriyali ishlab chiqarilayotgan transport turi uchun 3 yilga rasmiylashtiriladi, transport vositalari (shassi) partiyasi uchun — amal qilish muddati cheklanmagan.
    - ayrim transport vositalari uchun — muvofiqlik sertifikati bilan.
    Transport vositalari (shassi) ning muvofiqliligini baholash «O‘zstandart» agentligining sertifikati bo‘yicha akkreditatsiyalangan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
    Ko‘rsatib o‘tilgan xavfsizlik talablariga muvofiqlik uchun butun mas'uliyat transport vositasining yakuniy ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklanadi.
    Qabul qilingan texnik reglament kuchga kirgach, g‘ildirakli transport vositalariga talablarni joriy etuvchi texnik tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlar to‘liq muvofiqlashtirilgan holatga keltirilgunga qadar texnik reglamentga zid kelmaydigan qismlari amalga oshiriladi.
    Hujjat kuchga kirgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari (shassi) uchun olingan muvofiqlik sertifikatlari (transport vositasi turini ma'qullash) unda belgilab qo‘yilgan muddat yakunlangan qadar amalda bo‘ladi.
    Ushbu hujjatning to‘liq matni, unga sharh va unga bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



    Download 75.5 Kb.
      1   2




    Download 75.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Transportda xavfsizlik muammolari Reja

    Download 75.5 Kb.