• Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari (barcha mashg‘ulotlar tegishli korxonalarning maxsus vakillari ishtirokida o‘tkaziladi)
  • Talabalarga ta ’qiqlanadi
  • Texnika xavfsizligi qoidalari




    Download 0.55 Mb.
    bet1/17
    Sana04.04.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #187773
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    ИТ лаб-2018 методичка охири (2)


    Texnika xavfsizligi qoidalari

    Laboratoriya mashg‘ulotlarining barchasi korxona rahbarlari bilan kelishilgan holda, amaldagi ob‘yektlarda o‘tkaziladi.


    1-laboratoriya mashg‘uloti Energetika fakultetining texnik yerto‘lasida joylashgan eksperimental stendda o‘tkaziladi.
    2-laboratoriya mashg‘uloti TDTU sport kompleksining texnik yerto‘lasida o‘tkaziladi.
    3-laboratoriya mashg‘uloti TDTU sport kompleksining texnik yerto‘lasida o‘tkaziladi.
    4-5-laboratoriya mashg‘uloti TDTU sport kompleksining texnik yerto‘lasida o‘tkaziladi.


    Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari (barcha mashg‘ulotlar tegishli korxonalarning maxsus vakillari ishtirokida o‘tkaziladi):

    -texnik pasportda ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq bo‘lgan temperatura va bosimlarda laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazish taqiqlanadi;


    -issiqlik kirish tizimiga alohida joy ajratilgan bo‘lishi kerak, eshiklari tashqariga ochiladigan, mustahkam berkitiladigan, kirishga qulay bo‘lishi zarur;
    Laboratoriya mashg‘ulotlarini boshlashdan avval, tashqi tekshiruv orqali quvurlarning sozligi, o‘lchov asboblari va boshqa uskunalarning to‘g‘ri ishlayotgani tekshiriladi;
    - kirish uskunasi yaxshilab izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak;
    - mashg‘ulot joyini toza tutish, mashg‘ulotni tugatgach, o‘lchov qiymatlarini yozib olish va taqdim etish kerak. Mashg‘ulot joyini faqat o‘qituvchining ruxsati bilan tark etish;
    -mashg‘ulot o‘tkazayotgan o‘qituvchi yoki laborantning talablarini bajarish;
    -uskunaning nosozligi aniqlanganda, o‘qituvchi yoki maxsus vakilga xabar berish.
    Yong‘in texnika xavfsizligi, texnika xavfsizligi va korxonada o‘rnatilgan qoidalariga amal qilinmagan holatlarda, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida talabalar laboratoriya xonasidan chiqariladi.
    Talabalarga taqiqlanadi:
    - rahbarning ruxsatisiz laboratoriya mashg‘ulotini kirish sxemalarini yoqish va o‘chirish ;
    - laboratoriya mashg‘ulotiga bog‘liq bo‘lmagan anjomlarni yoqish;
    - isituvchi quvur va armaturalarga suyanish.
    Talaba majbur
    -avariyaviy holat yuz berganda laboratoriya xonasidan evakuatsiya qilinish rejasi bilan tanishib chiqishga;
    -laboratoriya mashg‘uloti paytida tartibni saqlashga;
    -laboratoriya mashg‘ulotini boshlashdan avval, mashg‘ulot o‘tish tartibi va o‘lchov uslublari bilan tanishib chiqishga.

    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.55 Mb.