|
Mavzu: Tuproq qatlamlari suv zaxirasini hisoblash. Reja: Tuproq va uning turlari haqida umumiy ma’lumot
|
bet | 2/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 110,5 Kb. | | #132095 |
Bog'liq Gulruhga1.Bug‘simon suv - hamisha tuproq havosida mavjud bo‘lib, odatda, bu havo suv bug‘lari bilan 100% to‘yingan bo‘ladi. Lekin bunday suv miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi va o‘simlikning suv bilan ta’minlanishida uncha katta rol o‘ynamaydi.
2.Kimyoviy bog‘langan suv - (tuproq minerallari tarkibiga kiruvchi suv) va kristallizatsiya suvi. O‘simliklar bu suvdan foydalana olmaydi.
3.Fizik bog‘langan suv - Fizik-ximiyaviy xossalariga ko‘ra, bu xildagi suv molekulalari tuproqniig dispers zarrachalari sirtiga sorbsiyalanib, parda (plyonka) hosil kiladi. Fizik bog‘langan suv mustaqkam bog‘langan (gidroskopik) va bo‘sh bog‘langan (parda) suvga bo‘linadi. Birinchi xildagi suv tuproq zarrachalari yuzasida mustaqkam saqlanib qoladi va o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Ikkinchi xildagi suv kichik tezlikda harakatlanadi. Shuning uchun o‘simliklarning undan foydalanishi cheklangan bo‘ladi. O‘simliklar ildizining so‘ruvchi kuchi ulardai foydalanishga imkon beradi, lekin parda suv zapasi suvni so‘rib oladigai ildiz tomon harakat qilish hisobiga tiklanishiga ko‘ra tezroq sarflanadi.
4.Kapillyar suv - tuproq g‘ovaklarida kapillyar-menisk kuchi ta’sirida ushlanib turadi, kapillyar oraliqlar qancha tor bo‘lsa, kapillyar-menisk kuchi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproqning kapillyarlar orqali suvni yuqoriga ko‘tarib berish xossasi uning suv ko‘tarib berish qobiliyati deb ataladi. Kapillyar suv harakatchan bo‘ladi, uning joydan-joyga kuchib yurishi o‘simliklar jadal iste’mol qilishida sarflanadigan suv zapaslarining o‘rni to‘lishini ta’minlaydi. U oson eritadi va unda erigan organik hamda mineral moddalar o‘simlik organlari bo‘ylab harakatlanadi. Kapillyar suvning bug‘lanishi yerlar sho‘rlanishida rol o‘ynaydi. Kapillyar hoshiya deb ataladigai qatlam, ya’ni sizot suvlar sathidan ko‘tarilgan nam qatlam hosil kiluvchi kapillyar-tiralgan suvning ko‘tarilish balandligi tuprod strukturasiga va mexanik tarkibiga bog‘lik bo‘ladi. Kumli va qumloq tuproqli yerlarda bunday ko‘tarilish balandligi 40-60 sm dan oshmaydi. Lekin qumoq va soz tuproqli yerlarda 2-7 m ga yetadi. Kapillyartiralgan suv sarflanganda (o‘simliklar va bug‘lanish orqali) uning o‘rni sizot suvlar hisobiga to‘ladi. Agar sizot suvlar sathi ko‘tarilsa, kapillyar hoshiya sathi ham ko‘tariladi yoki aksincha. Agar sizot suvlar bilan kapillyar suv o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, u holda kapillyar-muallaq suv hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda uning tuproq profili bo‘ylab tarqalishida chuqurlik oshgan sari namlik asta-sekin kamaya boradi; kapillyar-muallaq suvning harakatlanish tezligi uncha katta emas.
Tuproqdagi kapillyar suvning harakatchanligi va harakatlanish tezligi tuproq namligiga va boshqa fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar tuproqning namligi yuqori bo‘lsa (sizot suvlar sathi yuqori bo‘lgan vaqtda), kapillyar suv tez harakatlanadi namlik pasayganda esa harakati susayadi. Soz tuproqli yerlarda suvning kapillyarlar bo‘ylab harakatlanishi yuqori bo‘lib, unda nam uzoq masofaga siljishi mumkin. Og‘ir soz tuproqli yerlarda mayda kapillyarlardagi suv katta kuch bilan ushlanib qoladi, shunga ko‘ra, suvning kapillyarlar orqali siljishi juda sust bo‘ladi. Lyossimon qumoq va lyoss (sor) tuproqlarda kapillyar suv eng yuqorn va juda tez ko‘tariladi (O‘zbekistonda va Kaspiybuyi pasttekisligida).
5.Tuprovdagi erkin suv - og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal siljish xususiyatiga ega. U yuqori darajada erituvchanlik samaradorligiga ega bo‘lib, erigan holatdagi tuzlar va kolloid eritmalar ana shu suv bilan birga harakatlanadi. Tuproqda erkin suv ko‘p miqdorda bo‘lsa, o‘ta namlikka, botqoqlanishga va berchlanish protseeslarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Erkin suv ba’zan gravitatsion, sizot, yuza borlangan va muz shaklidagi turlarga bo‘linadi.
Suvning tuproqdagi ahamiyati juda katta. Birinchidan, u fizikokimyoviy faol tizim, ya’ni tuproqdagi moddalarni erituvchi sifatida, ikkinchidan esa, geokimyoviy transport vazifasini bajaradi. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida, minerallarning yemirilishi, yangidan hosil bo‘lishi, gumusning shakllanishi va kimyoviy jarayonlarining rivojlanishi, kesmada genetik qatlamlar shakllanishi, tuproqdagi dinamik jarayonlarning ketishi bevosita suvga bog‘liq. Suv, tuproqda termoregulyator omil sifatida, suv balansi va rejimini belgilab beradi. Bundan tashqari, issiqlik balansi va tuproq harorati rejimi ham suvga bog‘liq. Tuproq unumdorligi, o‘simlikning rivojlanishida eng muhim omil – namlik suv bilan bog‘liq. Tuproqdagi suvning holati, harakati o‘simlikning suv istehmol qilishi, suv-fizik xossalari va rejimi A.A.Izmailskiy (1851-1914), G.N.Visotskiy (1865-1940), A.F.Lebedev (1882-1936), A.G.Doyarenko (1874-1958), S.I.Dolgov (1905-1974), N.A.Kachinskiy (1894-1976), A.A.Rode (1897- 1979) tomonidan o‘rganilib, tuproq gidrologiyasi va gidrofizikasi yo‘nalishlariga asos solindi. Suv tuproqda turli shaklda bo‘lib, uning issiqlik sig‘imi, termodinamik potensiali, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma sig‘imi, kimyoviy tarkibi, molekulyar harakati, uning osmotik bosimiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi xossalar suvning shakli va tuproqning qattiq, suyuq va gaz holati bilan bog‘liq. Tuproqdagi har xil holatdagi suv, uning kategoriyalari va turlari degan nom bilan yurgizilib, ko‘p olimlar tomonidan tasnifi ishlab chiqildi. A.A.Rode (1965) tomonidan beshta holati ishlab chiqilgan. Suv tuproqda muz holatda bo‘lib, suyuq va bug‘ holatidagi suv, suv manbai hisoblanadi. Muz holatidagi suv tuproq haroratining pasayib ketishidan hosil bo‘lib, bunday holat qish va kuz faslida ro‘y beradi. Tuproq eritmasi mahlum konsentratsiyaga ega bo‘lganligi uchun u 0 0 S dan pastroqda muzlaydi. Kimyoviy bog‘langan suv o‘z ichiga konstitutsion va kristallizatsion turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid ON guruhlaridan iborat bo‘lib, alyuminiy gidrooksid, temir, marganes, organik va organo-mineral, loyli minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, o‘z ichiga suv molekulalarini oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips CaSO4·2H2O, mirabilit Na2SO4·10H2O tarkibidagi suvdir. Konstitutsion va kristallizatsion suvlarni, odatda, gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va erituvchilik xususiyatidan xolidir. Tuproq g‘ovaklari va havosida bug‘simon suv uchrab, uning manbai atmosfera havosidir. Bunda suv bosimi yuqori bo‘lgan muhitdan bosimi past joyga ko‘chib yuradi. Fizik bog‘langan yoki sorbsiya qilingan suv dipol molekulyar holatda suyuq yoki bug‘ holatida tuproq zarrachalari tomonidan yutilishi yoki zarrachalar atrofida parda hosil qilishi mumkin. Ular ikkita qattiq va bo‘sh bog‘langan parda suvga aylanadi. Qattiq bog‘langan suv deb bug‘ holatidagi suvning tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan qismiga aytiladi. U gigroskopik suv deyiladi. Yuqori bosim 1-2·109 Pa ostida, tuproq zarrachalari atrofida yupqa parda hosil qiladi. Bu suv qattiq bo‘lib, uning zichligi 1,5-1,8 g/sm3 , muzlamaydi, elektrolitlarni eritmaydi, qovushqoq bo‘lib, uni o‘simlik o‘zlashtiraolmaydi. Havo qanchalik nam bo‘lsa, tuproq ham shunchalik ko‘p suvni yutadi. Tuproq 94-98%da ham atmosferadan suv bug‘larini yutishi mumkin, u maksimal gigroskopik suv deyiladi. Gigroskopik suvning miqdori tuproqning mexanik va mineralogik tarkibiga bog‘liq. Tuproq zarrachalarining (MG) maksimal gigroskopik namlikdan yuqori suyuq pardali suvni ushlab turish qobiliyati g‘ovaklikdagi namligi leyiladi, uning miqdori 7-15 % va loyli og‘ir tuproqlarda esa, u 30-35 % gacha yetishi mumkin. Tuproq zarrachalarining maksimal gigroskopik namlikdan yuqori namlikni so‘rish qobiliyatiga pardali yoki bo‘sh bog‘langan suv deyiladi. Uning bog‘lanish darajasi (1+10) ·105 Pa. Bunday bo‘sh bog‘langan suv harakatchan bo‘lib, 7-15 %, u mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda 30-35 %, qumlarda esa 3-5 %. Tuproq zarrachalarining tortish kuchidan holis bo‘lgan suv erkin suv deyiladi va u ikki xil: kapillyar va gravitatsion holatda bo‘ladi. Kapilyar suv tuproqda turli shakl va o‘lchamdagi g‘ovaklardagi suv bo‘lib, u menisk kuchlari tufayli ushlanib turadi. Bunday suv suyuq bo‘lib, tuz va boshqa moddalarni eritib, harakatchanligi tufayli tuproq yuzasida va kesma qatlamlarida suv va tuz to‘plashi mumkin. Kapillyarlar osilgan yoki tirqalgan holatda bo‘lishi mumkin. Kapillyar suv tuproq tuzilishi va holatiga binoan, gravitatsion singib o‘tadigan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday suv tuproq kesmasining pastki qatlamlarida sizot suv sifatida yig‘ilgan va oquvchan holatda uchraydi. Tuproq tarkibidagi suvning holati va shakllari (kategoriyalari) ga binoan adabiyotda 6 xil shakli ajratildi:
1. Kimyoviy bog‘langan suv
2. Bog‘simon suv
3. Gigroskopik suv
4. Pardali suv
5. Kapillyar suv
6. Gravitatsion suv.
Kimyoviy birikkan suv tuproq tarkibining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, tuproq qizdirilganda (100-8000 gacha) ajralib chiqadigan suv bo‘lib, o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan holatdadir. Sorbilangan suv ikki xil – gigroskopik va pardali suvga ajratilgan, birinchisi tuproq tarkibi qattiq bog‘langanligi tufayli o‘simlik o‘ziga ololmaydigan holatda bo‘ladi. Pardali suv o‘simlik ildizlari orqali qisman singib o‘tishi mumkin, ammo tuproq qatlamida tez harakatlanishi va boshqa shakldagi suvga o‘tish sababli, o‘simliklarni bevosita suv bilan kam tahminlaydi. Sizot suvlarining satxiga binoan o‘simliklar undan foydalanadi. Bug‘simon suvning harakati tuproq harorati, g‘ovakligi, zichligi va mexanik tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘simlik ildizlari yuzasida kondensanlanib foydalanishi mumkin. Qattiq suv 00 dan past haroratda hosil bo‘lib muzlaydi, natijada, o‘simlik undan fyodalanaololmaydi. Tuproq suv xossalariga suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va suv ko‘taruvchanlik qobiliyati kiradi. Suvni tuproq qatlamida oqib ketishidan va namlikni ushlab turish qobiliyati, ya’ni namlik sig‘imi suvning ushlab turish qobiliyati deyiladi. Tuproqning mahlum kuchlar ta’sirida suvni ushlab turish qobiliyati namlik sig‘imi deyiladi. Ular maksimal adsorblangan nam sig‘imi, maksimal molekulyar nam sig‘imi, kapillyar nam sig‘imi, eng kam yoki dala nam sig‘imi va to‘liq maksimal nam sig‘imlariga ajratilgan. Tuproq zarrachalari yuzasida yutish kuchlari ta’sirida eng ko‘p suvni ushlab turish qobiliyatiga maksimal adsorbilangan nam sig‘imi deyiladi. Bu namlik tuproqdagi mustahkam adsorbilangan suv miqdoriga to‘g‘ri keladi. Molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq yuzasida ushlab turilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh birikkan (pardali) suvning yuqori chegarasidagi miqdori maksimal molekulyar nam sig‘imi deyiladi. Bu qattiq tuproq mexanik tarkibi bilan bog‘liqdir, qum tuproqlarda uning miqdori 5-7%, sozlarda esa 25-30% dan oshmaydi. Bu o‘lcham muhim tuproq-gidrologik ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud nam miqdori va maksimal molekulyar nam sig‘imini taqqoslab o‘simlikka o‘tadigan foydali suv zahirasini aniqlash mumkin. Faktik namlik maksimal molekulyar nam sig‘imidan ko‘p bo‘lgan taqdirda foydali suv zahirasi ko‘p, teng bo‘lganda esa suv zahirasi deyarli bo‘lmaydi. Suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami (kapillyar qayma) chegarasida ushlanib turishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p hajmli kapillyar tiralgan suv miqdori kapillyar nam sig‘imini tashkil etadi. Kapillyar nam sig‘im tuproq g‘ovakligi, sizot suvining sathi bilan bog‘liq, sizot suvlari yer yuzasiga yaqin bo‘lsa, kapillyar qayta sernamlanadi va bu toifadagi namlik yuqori bo‘ladi. Sizot suvlarining oqib ketishi natijasida tuproqda ushlanib turadigan kapillyar muallaq namlikning eng ko‘p miqdori nam sig‘imini tashkil etadi. Bu kattalik og‘ir mexanik tarkibli donador tuproqlarda 30-35%, qum tuproqlarda esa 10-15% dan oshmaydi. Eng kam sig‘imli tuproqni tuzlardan yuvish, sug‘orish mehyorlari va muddatini ishlab chiqish uchun kerak. Bu hajm nam tuproqda 70-80% oralig‘ida bo‘lishi kerak. SHu eng past nam sig‘imiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamning 1 gektaridan foydali nam zahirasi qum tuproqlarda 700-1100 m3 , qumoq yengil va o‘rta qumoq tuproqlarda 1200-1700 m3 , og‘ir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m3 ni tashkil qiladi. Tuproqning barcha g‘ovakligi tomonidan ushlanib qolinadigan namlik to‘liq nam sig‘imi deyiladi. Bu kattalik tuproqda o‘rtacha 40-50 %, ammo 80 % dan oshishi va 30 % dan kamayishi mumkin. Tuproq qoplamini yuzadan tortib, to pastgacha maksimal suvni qabul qilib olish va o‘tkazib yuborishi suvining o‘tkazuvchanlik holati deyiladi. Suv ushlab qolish va o‘tkazuvchanlik qobiliyati (filgtratsiya) mm/soatda o‘lchanadi, u 30 mm dan, to 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Tuproqning suv ko‘tarish qobiliyati kapillyar kuchlar ta’sirida pastdan yuqori tomon ko‘tarilishi jarayoni qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoqlarda 2,5-3,0 m, og‘ir tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. O‘simlik uchun suv moddalar almashinishi, shakllanishi va transpiratsiya uchun kerakdir. O‘simlikka tuproqdan o‘tadigan suv samarali namlik deyiladi. A.A.Rode o‘simlik uchun qulay tuproqdagi suvning kategoriyalarini ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zlashtirilmaydigan zahira, o‘zlashtirish juda qiyin, o‘rtacha, oson bo‘lgan suvlarni ajratadi. Gravitatsion va kapillyar suvlar oson o‘zlashtiriladigan, gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog‘langan suvlar tuproqning foydasiz suvlarini tashkil qiladi. Tuproqning o‘simliklar barqaror so‘liy boshlaydigan namlik darajasiga so‘lish namligi yoki so‘lish koeffitsienti deyiladi. Qumli tuproqlarda so‘lish namligi 1-3%, qumli va yengil qumli tuproqlarda 3-5, o‘rtacha va og‘ir qumli tuproqlarda 6-12%, soz tuproqlarda 12-18% dan 30% gacha bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi suv va namlik darajasi dala, kuzatuv va laboratoriya sharoitida aniqlanadi. Suv xossalarini o‘rganish eng aw alo har xil loyihalar asosi uchun, jum ladan sho‘r yuvish, sug‘orish ishlarini sifatli bajarish maqsadida zarur. Suv xossalarini o‘rganish gidrologik konstantlarini o'rganish bilan bog‘liq bo'lib, 0 ‘zbekistonning asosiy tuproqlari uchun quyidagi ko‘rinishga ega. M a’lumki, maksimal gigroskopiklik (M G), gigroskoplik, so‘lish namligi koeffitsienti, dala nam sig'im i eng avval tuproqning mexanik tarkibiga, gumuslilik darajasiga, sho‘rlanganligiga bog‘liq bo'ladi. Keltirilgan m a’lum otlarga ko‘ra, sh o ‘rlangan tipik b o ‘z tuproqlarda maksimal gigroskopiklik boshqa tuproqlarga, ya’ni sho‘r va sho'rtob bo‘lmagan tuproqlarga nisbatan yuqori. Lekin sho'rtob tuproqlarda bu ko'rsatkich boshqalarga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, 7—9% ni tashkil qiladi. Tipik bo‘z va och tusli bo‘z, o‘tloqi tuproqlarda 2—5% atrofida kuzatiladi. Bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqlarning gipsli qatlamlaridagi M G miqdori 2,8% bo‘lsa, o‘tloqi tuproqlarning 100—110 sm da 1,3% ni tashkil qiladi. Maksimal gigroskopiklikning eng kichik ko‘rsatkichi qumli va qumloq mexanik tarkibli tuproqlarga to'g'ri keladi. Eng qiziqarlisi, tuproqning sho‘rlanish darajasi quruq qoldiqqa asosan 1% gacha yetm asa M G 2—3 m arotabaga oshishi hisoblanadi. So‘lish namligi koeffitsienti (SNK ) ham tuproq xossa va xususiyatlariga mos ravishda o'zgaradi. Bu ko'rsatkichning eng yuqori chegaralari sho‘r va taqir tuproqlarga to ‘g‘ri keladi. Demak, melioratsiyaga muhtoj yerlarda o‘zining yuqori darajadagi ifodasini topadi. Tuproqlarning maksimal molekular nam sig‘imi (MMNS) gilli, og‘ir qumoq tuproqlarda yuqori bo‘lib, aksincha qumli, qumoq tuproqlarda kichik ko'rsatkichlarda bo‘ladi. Gilli tuproqlarda 15— 18 %, qumlida esa 4 - 8 % bo'ladi. Gipslashgan, sho'rlangan tuproqlarda M M NS nisbatan yuqori bo'ladi. Dala nam sig'imi (DNS) ham tuproq xossalariga mos ravishda o'zgarib turadi. S.N.Rijov m a’lum otlariga ko'ra D N S b o ‘z tuproqlar mintaqasidagi gilli tuproqlarda 25 % gacha bo'lib, og'ir mexanik tarkibli tuproqlarda 22 %, o ‘rta tuproqlarda 19 %, yengil va yengil qumoq tuproqlarda 16—13 % ni tashkil qiladi. Dala nam sig'im i sizot suvlarining sathiga bog'liq ravishda ham o‘zgaradi. Sizot suvi uncha chuqur bo‘lmagan tuproqlarda bu ko‘rsatkich yuqori va aksincha. Qatlam-qatlamli gruntga, ya’ni ona jinsga ega bo'lgan yoki tuproq qatlamining o‘zi qatlam -qatlam li bo‘lsa DNS bir xil jinsli qatlamlardan iborat tuproqlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. 0 ‘simliklar tuproq namligining m a’lum chegarasidan boshlab, ayniqsa m a’lum quyi chegaralarida so‘liy boshlaydi. Bunday chegara hamma tuproq uchun bir xil emas, lekin ko‘pchilik tuproqlarda dala nam sig‘imiga nisbatan 65—75% ni tashkil etadi. Ya’ni o‘simliklar o'sayotgan yerlardagi namlik DNS ga nisbatan 65-75% dan past bo‘lsa, ekinlar so‘liy boshlaydi. Bunday namlikka so‘lish namligi deyiladi. Sho‘r tuproqlarda bu kattalik nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. 2.4. Kapillarlik T u p ro q lard a k ap illar nam lik n in g k o ‘tarilish i kapillar naychalarining diametriga, naychaning o‘lchamlari esa tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va boshqalariga bog‘liq. Kapillar naychaning diametri qanchalik kichik bo‘lsa, namlikning ko'tarilishi shuncha baland va sekin bo'ladi. Buning aksicha kapillar naycha diametri qancha katta bo‘lsa, namlikning ko'tarilishi shuncha tez boMib, balandlik darajasi esa past, ya’ni kichik bo‘ladi. Bunday hodisani og‘ir, gilli hamda qumoq tuproqlarda kuzatish mumkin. Shuni alohida qayd qilish kerakki, quruq tuproqlarda kapillar namlikning ko‘tarilishi nam tuproqlarga nisbatan keskin amalga oshadi. Kapillar namlikning sezilarli darajada tez ko'tarilishi tuproq namligini dala nam sig‘imiga nisbatan 50% ga yetgan vaqtidan boshlanadi. Tuproqning singdirish kompleksida singdirilgan natriy ko‘p bo‘lsa, kapillar naychalar diametri kichrayadi, umumiy kapillarlik kamayadi, namlikning ko‘tarilish tezligi ham pasayadi. I.N.Felitsiant (1974) ma’lumotlariga ko‘ra, qatlam-qatlam li grunt va tuproqlarda kapillar namlikning ko‘tarilishi qatlamning qalinligi va mexanik tarkibiga bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Masalan, gilli qatlam qalinligi pasayishi bilan qumda, ya’ni ular almashinib kelgan bo‘lsa, kapillar ko‘tarilish tezligi bilan qatlamlar orasida kapillar nam sig'imi ortadi. Kapillar nam sig‘imi bir xil va qatlam -qatlam li grunt va tuproqlarda quyidagicha bo‘ladi. Gilli mexanik tarkibga ega bo'lgan tuproqlarda kapillar nam sig'imi boshqa barcha holatlarga nisbatan yuqori. Lyoss va qumlar bu ko'rsatkich bo'yicha keyingi o'rinlarda turadi.
Xulosa
Suvning tuproqdagi ahamiyati juda katta. Birinchidan, u fizikokimyoviy faol tizim, ya’ni tuproqdagi moddalarni erituvchi sifatida, ikkinchidan esa, geokimyoviy transport vazifasini bajaradi. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida, minerallarning yemirilishi, yangidan hosil bo‘lishi, gumusning shakllanishi va kimyoviy jarayonlarining rivojlanishi, kesmada genetik qatlamlar shakllanishi, tuproqdagi dinamik jarayonlarning ketishi bevosita suvga bog‘liq.
|
| |