|
UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi
|
bet | 2/9 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 105,5 Kb. | | #148588 |
Bog'liq 2-UI (foydalanuvchi interfeysi) va UX (foydalanuvchi tajribasi)UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi") - interfeysning qanday ko'rinishda va qanday jismoniy xususiyatlarga ega bo'lishi. Mahsulotingiz qanday rangga ega bo'lishi, foydalanuvchilar uchun mahsulotingiz tugmalarini bosish qulay bo’ladimi, unga yozilgan xarflarni o’qish qulaymi…
UI Dizayner – bu mahsulot foydalanuvchilar uchun jozibali va qulay tarzda taqdim etilishi uchun javob beradigan texnik rol. UI dizayneri sifatida biz nafaqat foydalanuvchilarga yoqadigan dizayn, balki mahsulotingiz interfeysi orqali brendni to‘liq yo‘lga qo‘yib beradi.
Asosiy vazifalari
Noyob grafik dizaynlarni yaratish (rasmlar, eskizlar va jadvallar)
Dizayn g‘oyalarini hikoyalar taxtasi (storyboard), jarayon ketma-ketligi va sayt xaritalari yordamida namoyish etish
Menyu, yorliqlar va vidjetlar kabi foydalanuvchi interfeysining grafik elementlarini yaratish
UX/UI dizayn - bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish hisoblanadi.
Bir vaqtning o'zida UX va UI da ishlaydigan dizayner odatda interfeys dizayneri yoki UX/UI dizayneri deb ataladi. U vazifani olish bosqichidan prototipni sinab ko'rishgacha bo'lgan barcha interfeysni ishlab chiqish jarayonini boshqaradi.
Inson-kompyuter interfeysi (kompyuter-inson) ni yaratish
Inson-kompyuter interfeysi (HCI) – bu kompyuterlar bilan insonlar o'rtasida aloqani tashkil etuvchi texnologik tuzilmadir. Bu interfeyslar kompyuterlarni foydalanishni insonlarga qulay qilish, ularga ko'maklash va ular bilan o'zaro munosabatni yaxshilash maqsadida yaratiladi. HCI ni yaratishda quyidagi asosiy omillar mavjud:
Izlanish va tasviriy texnologiyalar
Qo'llanish texnologiyalari
Interfeys dizayni
Foydalanuvchi tajribasi (UX) va foydalanuvchi interfeysi (UI)
|
| |