|
Mavzu: ui (foydalanuvchi interfeysi) va ux
|
bet | 1/9 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 105,5 Kb. | | #148588 |
Bog'liq 2-UI (foydalanuvchi interfeysi) va UX (foydalanuvchi tajribasi) Mavzu: UI (foydalanuvchi interfeysi) va UX (foydalanuvchi tajribasi) Inson-kompyuter interfeysi (kompyuter-inson) ni yaratish. Inson-kompyuter interfeysi (veb-inson, telfon-inson,…) ni yaratish. Sohalarda interfeyslarni tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasini chizish Reja:
Kirish
Asosiy qism
Inson-kompyuter interfeysi (kompyuter-inson) ni yaratish
Inson-kompyuter interfeysi (veb-inson, telfon-inson,…) ni yaratish
Sohalarda interfeyslarni tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasini chizish
Xulosa
Kirish
Inson-kompyuter interfeysi (HCI), insonlar va kompyuterlar o'rtasidagi kommunikatsiya va munosabatni boshqarishga oid dizaynni o'z ichiga oladi. Bu interfeyslar, kompyuterlar bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi ko'rsatkichlarni (input) qabul qilib, natijada foydalanuvchilar uchun ma'lumotlarni (output) yaratadi. HCI, bir qadamda tashqi interfeyslarni (veb saytlar, mobil ilovalar) ham qamrab olishi mumkin.
FOYDALANUVCHI INTERFEYSINING (UI) GRAFIK DIZAYNI
UX - User Experience (so'zma-so'z: "foydalanuvchi tajribasi"). Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlay oladigan tajriba / taassurot.
UX dizayni – bu foydalanuvchilarga mazmunli va kerakli bo‘lgan tajribani taqdim etadigan dizayn jarayoni. Bu mahsulotni sotib olish va integratsiya qilishning butun jarayonini, shu jumladan brendlash, dizaynning foydalanishga yaroqliligi va funksiya jihatlarini loyihalashni o‘z ichiga oladi.
Asosiy vazifalari
Foydalanuvchi tadqiqotlari va sinovlarini o‘tkazish
Foydalanuvchi ehtiyojlari asosida loyiha va vazifalar ketma-ketligini ishlab chiqish
Intuitiv, foydalanuvchilarga qulay dastur yaratish uchun dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) UX ga "Mahsulot, tizim yoki xizmatdan foydalanish yoki kutilgan foydalanish natijasida paydo bo'lgan shaxsning idroklari va javoblari." deb ta’rish beradi.
Ushbu ta'rifni ikki qismga ajratishimiz mumkin:
Insonning his-tuyg'ulari va javoblari.
Mahsulot, tizim yoki xizmatdan foydalanish.
Foydalanuvchi tajribasida dizaynerlar insonning his-tuyg'ulari va javoblari ustidan ko'p nazoratga ega emaslar - ta'rifning birinchi qismi. Masalan, ular mahsulotdan foydalanganda kimningdir his-tuyg'ularini, barmoqlarini harakatlantirishini yoki ko'zlarini nazorat qila olmaydi. Biroq, dizaynerlar mahsulot, tizim yoki xizmat qanday harakat qilishini va tashqi ko'rinishini nazorat qilishlari mumkin - bu ta'rifning ikkinchi qismi.
“Foydalanuvchi tajribasini loyihalash mumkin emas, faqat foydalanuvchi tajribasi uchun dizayn yaratiladi. Xususan, xissiy tajribani loyihalash mumkin emas, faqat uni uyg'otishi mumkin bo'lgan dizayn xususiyatlarini yaratish kerak.
— Jeff Jonson, San-Fransisko universitetining kompyuter fanlari kafedrasi assistenti
|
| |