• Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
  • Mavzu: umumiy fizikaning “kinematika ” bobini o’qitishda qo’llaniladigan interfaol metodlar mavzusidagi dissertetsiyasiga asosnoma




    Download 21.22 Kb.
    bet1/2
    Sana16.09.2023
    Hajmi21.22 Kb.
    #82252
      1   2
    Bog'liq
    Abubakirov
    titul

    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    QO’QON DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI
    MAGISTRATURA BO’LIMI

    ANIQ VA TABIIY FANLARNI O’QITISH (FIZIKA VA ASTRONOMIYA)



    MAVZU: UMUMIY FIZIKANING “KINEMATIKA ” BOBINI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR MAVZUSIDAGI DISSERTETSIYASIGA

    ASOSNOMA

    Magistrant: Q Abubakirov


    Ilmiy rahbar: N.Mamadaliyeva

    Qo’qon-2023


    Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Oliy ta’limda talabalarning shunday ta’limini ta’minlashi kerakki, ular tanqidiy fikrlash, ijtimoiy muammolarni tahlil qilish, jamiyat oldida turgan muammolar yechimini topish va ulardan foydalanish hamda o‘z zimmasiga ijtimoiy mas’uliyatni olishga qodir bo‘lishi, yangi pedagogik va didaktik yondashuvlarga, ularning rivojlanishiga yo‘l ochishi kerak. Ular ko‘nikmalarga ega bo‘lishda ko‘mak berishi, bilimdonlik va kommunikatsiya, ijodiy – tanqidiy tahlil, mustaqil fikrlash va ijod hamda an’anaviy yoki mahalliy ko‘nikma va bilimlar zamonaviy fan va texnika birikuviga asoslangan ko‘p madaniyatli konteksda birgalikdagi mehnat bilan bog‘liq qobiliyatlarni rivojlantirishi zarur1.
    Ta’limni isloh qilish pedagoglar zimmasiga ta’lim–tarbiyani yanada kuchaytirishni o‘tilayotgan fanni yuqori saviyada o‘quvchi ongiga yetkazib berishni taqazo etmoqda. Shu jumladan, fizika fanini talalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarini, ularni hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil etish eng dolzarb masaladir. Bu borada mashg‘ulotlarni yanada zamonaviylashtirish muhim ahamiyatga ega.
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining eng muammoli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ta’limiy islohotlarni olib borish jarayonida jahon andozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ta’lim tizimi samaradorlini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Shu ma’noda, prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning: “Yangi O‘zbekistonning yoshlari zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot tehnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan,mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishi zarur2 degan fikrini o‘zimiz uchun dasturilamal qilib olib, vatanimizni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan joy olishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solmog‘imiz zarur. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omil-pedagogik texnologiyalar va ularning imkoniyatlari ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli ta’limiy islohotlarning muhim yo‘nalishi ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalarni samarali tashkil etishdan iborat etib belgilandi. Mazkur g‘oya O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham o‘z aksini topdi. Chunonchi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ikkinchi bosqichda “Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot ba’zasini mustaxkamlashni davom ettirish, o‘quv–tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash’’ hamda uchinchi bosqichda “Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv - tarbiya jarayonini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega vazifalarni ijobiy hal etish zarurligiga alohida urg’u beriladi va ta’limiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ta’lim tizimini samaradorligini yuqori bosqichlarga olib chiqish, ta’lim tizimidagi salbiy jihatlarini ijobiy hal etilishiga erishish, talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, darslarni tashkillashtirishda axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, dissertatsiyaning dolzarbligi hisoblanadi.

    Download 21.22 Kb.
      1   2




    Download 21.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: umumiy fizikaning “kinematika ” bobini o’qitishda qo’llaniladigan interfaol metodlar mavzusidagi dissertetsiyasiga asosnoma

    Download 21.22 Kb.