Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslarida rang bilan ishlashning o’ziga xos xususiyatlari




Download 21.12 Kb.
Sana24.11.2023
Hajmi21.12 Kb.
#105008
Bog'liq
referat
8 sinf Informatika Dars ishlanma, 80-82, IOTL-1-labor, Dars ishlanma Abduqodir, azamjon, 6 ma`ruza (1)

Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslarida rang bilan ishlashning o’ziga xos xususiyatlari.
Kirish
Asosiy qism
1. Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni.
2. Davlat ta’lim standartiga bog’liqligi.
3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida rang tasvir bilan ishlash.
4. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilariga tasviriy san’at darslarida amaliy mashg’ulot va darsdan tashqari ishlarni tashkil etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o’quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va taьlimning davlat standartlariga asoslangan xolda taьlim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy sanьat dasturida uning quyidagi 5 turi belgilangan:


1 Borliqni idrok etish(1-4- sinflarda). 2 Badiiy qurish-yasash (1-4- sinflarda) 3 Sanьatshunoslik asoslari (5-7- sinflarda) 4 Naturaga qarab tasvirlash (1-7- sinflarda) 5 Kampozitsion faoliyat (1-7- sinflarda)
Borliqni idrok etish oʼquvchilarning estetik idroki, didi, mazkur soxaga doir tushunchalari tasavvur va xotiralarni oʼstirishda muxim rol oʼynaydi. Borliqni idrok etish mashgʼulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin oʼtkazilib, unda tabiatdagi va tevarak atrofdagi nafislik va goʼzallikni koʼra bilish, idrok etish natijasida olingan taassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. Shuningdek, tabiatga qilingan sayoxat jarayonida zarur xollarda ayrim obekt va xodisalarni qalam, boʼyoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari xam ishlanadi.
Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida oʼsimliklar xayvonlar qushlar baliqlarni kuzatadilar tabiatning turli fasllaridagi koʼrinishlari kayfiyati(quvochli gʼamgin oʼychan va xokazo) haqida tasavvuriga ega boʼladilar. Boshlangʼich sinflarda borliqni kuzatish va ular xaqidagi suxbatlar oʼquvchilarga xayotdagi baьzi bir xodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi u narsalarning shakli tuzilishi rangi kabilarni maьlum miqdorda taxlil qilish va umumlashirishda muxim sifatlarni oʼstirishga imkon beradi.
Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga asrashga oʼrgatiladi. Tabiatga qilingan sayoxatlardan ularning ayrim jixatlari fasllarga bogʼliq xolda oʼzgarib turishlagi bolalarga tushuntiriladi. Shuningdek bunda bolalarni fazoviy tasavvurlari xam oʼstiriladi va planlik chiziqli va xavo prespektivasiga xam etibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bogʼliq ekanligi borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongiga yetkaziladi.
Borliqni idrok etishoʼ mashgʼulotlarini vazifalariga rioya qilgan xolda quyidagi mazmunda mashgʼulotlar oʼtkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz qish baxor fasllarida tabiatni oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganish; 2. Gullar xasharotlar dekorativ baliq va qushlarni kuzatish; 3. Tabiat moʼjizalari baxorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish.
Yuqorida qayt qilinganidek bunday mashgʼulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish undagi narsa va xodisalarni oʼziga xos xususiyatlarini ayniqsa tuzilishi shakli rangi oʼlchovlari oʼlchov nisbatlari fazoviy xolatlari ularni yil fasllariga qarab oʼzgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iborat. Oʼrganish zarur boʼlgan obektlarni naturadan kuzatishning imkoni boʼlmagan taqdirda oʼqituvchi darsda bolalarni sanьat asarlarining reprodukttsiyalari slaydlari fotonushalarini namoyish etish orqali oʼz maqsadiga erishadi.
Boshlangʼich sinf tasviriy sanьat darslarida oʼquvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli matiriallar bilan kengroq tanishtirish maqsadidabadiiy qurish-yasash xam olib boriladi.
Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda aloxida soatlar ajratilgan boʼlib,ular mashgʼulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan 3xil matirialdan foydalanish nazarda tutiladi.
1. Badiiy matiriallar (rangli qogʼozlar, falga, gulqogʼozlar, plastilin, loy va hokazo)
2. Tabiiy matiriallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, poʼstlogʼlari, meva va sabzavotlarning urugʼlari, rangli toshchalar, bugʼdoy va arpa poyalari va hokazo)
3. Tashlandiq matiriallar (ichimlik va dori-darmondan boʼshagan sintetik idishlar, gugurt qutichalari, poʼkak, penoplast, idish qopqoqlari va hozako).
Badiiy qurish-yasash mashgʼulotlarida bolalar qaychi bilan ishlash, kley yordamida yelimlash, qogʼozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, oʼrash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish,qoʼshish orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi.Bu malakalarni hosil qilish boshlangʼich sinf dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat.
Turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samalyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qogʼoz va kartondan tasvirini yasash; hasharotlar – tilla qoʼngʼiz, ninachi, karalak va boshqalarni rangli qogʼozlarni qirqish orqali xosil qilish; rangla qogʼozlarni qirqish, buklash va yelimlash yoʼli bilan osma oʼyinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, hasharot, qush, hayvonlarning tasvirlarini hosil qilish; rangli qogʼoz, badiiy va tashlandiq materiallardan aplikatsiya, kollaj, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, “Koʼchada”, “Kosmodromdo”) ishlash; tashlandiq materiallar - sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmas idishlar, gugurt qutichasi,poʼkak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab yuoʼlmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktorva x.k), qushlar (qaldirgʼoch, toʼti, gʼoz, chumchuk va x.k), hayvonlar ( tulki, boʼri, quyon, ayiq va x.k) ning oʼyinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qogʼozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan darajt shoxchasi tasvirini tayyorlash.
Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muhim vazifalaridan biri badiiy, tashlandiq materiallarning oʼziga xos jixatlarinibilish hamda ular bilan ishlaganda oʼlchov va oʼlchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli, ranglarini toʼgʼri belgilash talab etiladi.
Shuningdek, qurish-yasash ishlarida qoʼllanadigan oʼquv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi.
Narsalar shaklini koʼra olish ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga ham oʼrgatiladi.
Sanьatshunoslik asoslari boʼlimi oʼquv predmetining muhim qismlaridan biridir. U dasturda 5-7 sinflarda mustaqil boʼlim sifatida oʼzining oʼquv vazifalari tizimiga ega va u tasviriy, amaliy-bezak, meьmorchilik sanьatlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur boʼlimning maqsadi oʼquvchilar tomonidan sanьat asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
Sanьatshunoslik asoslari boʼlimi oʼquvchi shaxsining estetik rivojiga qoʼmaklashib, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va sanьat asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot goʼzalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, sanьatni sevishga oʼrgatadi.
Oʼquvchilar bilan sanьatshunoslik asoslari boʼyicha oʼtkaziladigan mashgʼulotlardan ular mumtoz madaniy meros bilan tanishtirib boriladi, uning buyuk anьanalari va sanьatning xalq uchun xizmat qilishi, sanьatdagi turli oqimlar va yoʼnalishlar toʼgʼrisida tushunchalar hosil qilinadi.
Tasviriy va amaliy sanьat asarlarini idrok etishga oid oʼquv materiallari oʼquvchilarningamaliy ishlari bilan bogʼlangandir. Sanьat asarlarining nusxalarini bolalarga koʼrsatish va ularning tahlili oʼquvchilarda sanьatga qiziqish uygʼotadi va ularni shu sohaga chorlaydi. Аsarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan gʼoya, asosiy fikr va qoʼllanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.
Dekorativ-amaliy sanьatga doir sanьatshunoslik asoslari darslarida amaliy bezak sanьati, halq amaliy bezak sanьati, oʼzbek halq amaliy bezak sanьati liboslari, oʼzbek va chet el halqlarining milliy liboslari haqida bilimlar berish,halq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi halq amaliy sanьat muzei va Respublikamizdagi halq amaliy sanьati rivoj topgan markazlar, oʼzbek halq amaliy sanьatining mashhur nomoyondalari hisoblangan Usta Shirin Murodov, Hamro Raximov kabilar haqida ham suxbatlar oʼtkazish rejalashtirilgan.
Meьmorchilik sanьati borasida esa meьmorchilik sanьati va uni atrof-muhit bilan bogʼliqligi, meьmorchilikda goʼzallik, maqsadga muvofiqlik haqida tushunchalar berish, individuval va ijtimoiy meьmorchilik, ularning turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik yechimining oʼzaro bogʼliqligi, fasad va interaktiv bezaklarning xarakteri, meьmorchilikda qoʼllaniladigan asosiy atamalar haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan ham tanishtiriladi.
Bu vazifani bajarish uchun Oʼzbekiston xududida eng qadimgi meьmorchilik obidalari, Oʼzbekiston 9-19 asr meьmorchiligi, Oʼzbekiston va jaxonning hozirgi zamon ilgʼor meьmorchiligi yuzasidan mashgʼulotlar olib boriladi.
Tasviriy sanьatdan davlat taьlim standartlarida qayt qilinganidek, bolalarga sanьatshunoslik asoslaridan quyidagilar haqida bilimlar berishni nazarda tutadi:
1. Tasviriy sanьat – sanьatning bir turi ekanligi va uning kishilar hayotidagi oʼrni va ahamiyati. Oʼzbekiston hududida tasviriy sanьatning taraqqiyoti. Tasviriy sanьatning turlari va janrlari. Rangtasvir turlari – dastgohli rangtasvir, monimental rangtasvir, miniatura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi - freska,mozaika,vitraj.
2. Haykaltaroshlik turlari – dastgohli haykaltaroshlik, dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik.
3. Grafika turlari – dastgohli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi, gazeta-jurnal grafikasi, targʼibot va tashriqot grafikasi.
4. Movaraunnahr miniatura maktabi; Sharq miniatura maktablari. Yevropada uygʼonish davri tasviriy sanьati; Oʼzbekistonning hozirgi zamon tasviriy sanьati;oʼzbekistonning eng yerik tasviriy sanьat muzei.
Naturaga qarab rasm ishlash mashgʼulotlarinarsalarning tuzilishi, shakli, rangi, oʼlchovlari, ularning xarakteri, tipik belgilarini bilish imkoniniberadi. Shu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muhim tasviriy malakalar shaklantiriladi va rivojlantiriladi. Ular tik, yotiq, ogʼma, egri, toʼlqinsimon chiziqlarni chizish, boʼyoqlar bilan tegishli yuzani bir meyorda boʼyash , och tusdan toʼq tusga va aksincha toʼqdan ochga oʼtish, oʼquvchilar toʼgʼri va egri teng boʼlaklarga boʼlish malakalarni oʼzlashtiradilar. Chizilayotgan rasm mazmunidan kelib chiqqan holda qogʼoz formatini toʼgʼri tanlashni hamda rasmni qogʼozda kompozitsion jixatdan toʼgʼri joylashtirishni oʼrganadilar.Shuningdek rasmni bosqichlar asosida ishlashni oʼrganadilar.
Naturaga qarab rasm ishlash mashgʼulotlarida oʼquvchilar moʼyqalam, ranli qalam, akvarel, guash, boʼyoqlari bilan ishlash yoʼllarini oʼrganadilar, imkoni bor joylarda sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan ham ish olib boradilar.
Аmaliy ishlarda odam, hayvon, qushlar gavdasining tuzilishi, ular qismlarining oʼlchov nisbatlari , shaklarini toʼgʼri aks ettirish malakalari takomillashadi. Kompozitsiya yuzasidan toʼgʼri maьlumot berish bilan bir qatorda oʼziga qarab alohida va natyurmot ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi.
Download 21.12 Kb.




Download 21.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslarida rang bilan ishlashning o’ziga xos xususiyatlari

Download 21.12 Kb.