Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
“ Tez javob” didaktik o’yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi.Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3- bosqich
Darsning borishi
|
1.O’tgan darsni so’rab, o’qish malakalarini tekshirish.
2. Test topshiriqlari.
3.”So’z top” o’yini o’ynaladi.
4.Mavzuni o’qishga tayyorgarlik, muallif haqida ma’lumot beriladi.
5.Mavzu animatsiyali lavha orqali taqdim etiladi.
6.Lug’at ishi
7.Dam olish daqiqasi.
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
4 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
4 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1.Mavzu qahramonlari rollarga bo’linib “Yosh aktyor” o’yini o’ynaladi.
2.Qahramonlarning yaxshi xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.
3.Darslikdagi savollarga javob topiladi.
4.Boshqotirma yechiladi.
|
Doska bilan ishlash
Munozara
Suhbat
Izlanish
|
5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va baholash
|
O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Mavzuni o’qib o’rganib kelish.
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|