• 2.Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Mavzu: Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi, fizik va kimyoviy xossalari Darsning maqsadi




    Download 199.67 Kb.
    bet6/31
    Sana04.04.2022
    Hajmi199.67 Kb.
    #19278
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020
    9-sinf III chorak yangi konspekti 2019-2020, Воспал.забол.кишечника
    Mavzu: Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi, fizik va kimyoviy xossalari
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad:Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi, fizik va
    kimyoviy xossalarihaqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
    nutqini oshirish va tarbiya berish;
    3.Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
    Dasrning turi:Noan`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
    Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
    Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
    Darsning tashkiliy qismi:
    1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
    3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
    Yangi darsni rejasi.
    1. Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi.
    2. Suvning fizik xossasi. 3.Suvning kimyoviy xossalari
    Yangi darsning bayoni.
    Suv — Yer sharida eng ko‘p tarqalgan muhim kimyoviy birikmalardan biridir.Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo‘lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi.Suvning molekulyar formulasi H2O shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Suv molekulalari tabiatda assotsiyatsiyalangan holda mavjud bo‘ladi va (H2O)n tarzida ifodalanadi. Suvning nisbiy molekulyar massasi uni tashkil qilgan vodorod va kislorod atomlarining nisbiy atom massalari yig‘indisidaniborat: Mr (H2O) =2·1+1·16=18. Mr(H2O) = 2·1 + 1·16= 18. Demak, 1 mol suvning massasi 18 gga, suvning molyar massasi 18 g∕mol ga teng. Fizik xossalari. Toza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvga unda erigan qo‘shimchalar beradi. Suvning ko‘p fizik xossalari va o‘zgarish xarakteri o‘ziga xos bo‘lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo‘lgan holatdan chetlanish) bo‘lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o‘tganda boshqa moddalarniki kabi kamaymasdan, balki ortadi. Suvni 0°C dan +4°C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4°C da suv o‘zining maksimal zichligiga ega bo‘ladi va bu 1 kg m3ni yoki 1 g ml ni tashkil etadi.Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig‘imiga (4,18 J/Kg) egaligi (solishtirish uchun qum-0,79; ohaktosh-0,88; osh tuzi-0,88; glitserin-2,43; etil spirti-2,85). Shuning uchun suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o‘tishda sekin sovushi; kunduzi yoki qishdan yozgi mavsumga o‘tishda sekin isishi kuzatiladi.Suv 0°C da muzlaydi (shu haroratda muz eriy boshlaydi), 100°C da qaynaydi va bug‘ holatiga o‘tadi.Suv ajoyib universal erituvchi modda bo‘lib, o‘zida juda ko‘plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega. Kimyoviy xossalari. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000°C dan yuqori haroratda suv bug‘lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi:
    Qizdirilganda moddaning parchalanish jarayoni termik dissotsiatsiya deb ataladi.
    Faol metallar suv bilan ta’sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi.
    2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ↑ 2K + 2H2O = 2KOH + H2
    Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ko‘p metallar va metallmaslar oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo‘ladi:
    CaO + H2O = Ca(OH)2; SO3 + H2O = H2SO4;
    Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:
    CuSO4 + 5H2O = CuSO4·5H2O. CuSO4 + 5H2O = CuSO4·5H2O.
    Qizdirilgan temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi:
    3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑. 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑.
    Ba’zi gazlar suv bilan gidratlar hosil qiladi: Xe 6H2O; Cl2 8H2O; C2H6 6H2O; C2H8 17H2O (ular klatratlar deb atalib, yuqori bosimda 0°C dan 24°C gacha harorat oralig‘ida kristall shaklida bo‘ladi).Suv bir qator kimyoviy jarayonlarni katalizlaydi: agar suv ishtirok etmasa «qaldiroq gaz» yuqori haroratda ham portlamaydi, is gazi kislorodda yonmaydi, xlor metallar bilan ta’sirlashmaydi, vodorod ftorid oyna bilan ta’sirlashmaydi, natriy va fosfor havoda oksidlanmaydi hamda xlor bilan ta’sirlashmaydi.

    Download 199.67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 199.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi, fizik va kimyoviy xossalari Darsning maqsadi

    Download 199.67 Kb.