|
Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish
|
bet | 2/3 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 485,54 Kb. | | #148109 |
Bog'liq 16 mavzu web sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish
Adobe Flash dasturi yordamida turli xildagi harakatli mashqlarni bajarish ketma- ketligini ko`rib chiqamiz.
Animatsiyalar yaratishda qatlamlar uchun Layer va kadrlar uchun Frame ishlatiladi. Kadrlar va qatlamlar Timeline oynasida mavjud.
Adobe Flash dasturida kadr qo`shish uchun F6 tugmasidan, qatlam qo`shish uchun esa Timeline oynasining Insert Layer papkasidan foydalaniladi.
mashq. “Talaba” so`zini harakatlantirish. Bajarish:
Text tool (T) jihozi tanlanib, “Talaba” yozuvi kiritiladi.
F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Hosil qilingan Framening ixtiyoriy qismiga sichqoncha o`ng tugmasi bosiladi va menyudan Create Motion Tween bandi tanlanadi.
“Talaba” yozuvining koordinatalari o`zgartiriladi (yozuv belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida sudrib kerakli joyga o`tkaziladi);
Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
6.5.3-rasm. Talaba so`zini harakati
mashq. To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish. Bajarish:
To`rtburchak shakl chiziladi.
F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Oxirgi Framedagi to`rtburchakni o`chirib, aylana chiziladi. Properties bo`limining Tween bandidan Shape tanlanadi.
Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
6.5.4-rasm. To`rtburchak shakli harakatlanishi 3-mashq. Sharni harakatlantirish.
Bajarish:
Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi.
F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Frameda sichqonchani chap tugmasi bosiladi va undan Create Motion Tween qatori belgilanadi.
6.5.5-rasm. Shar shaklini chizish
Shar belgilanib kerakli joyga siljitiladi. Natijani ko`rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
6.5.6-rasm. Shar harakati 4-mashq. O`zaro ikki sharni to`qnashtirish.
Bajarish:
Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi va F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Shar belgilanib, ishchi soha o`rtasiga siljitiladi va Frameda sichqonchani chap tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Layer 2 qatlami hosil qilinib, ishchi sohaning oxiriga ikkinchi shar chiziladi va F5 tugma yordamida kerakli o`lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Shar belgilanib, ishchi sohaning o`rtasiga siljitiladi (Layer 1 qatlamidagi sharga qarama-qarshi) va Frameda sichqonchani o`ng tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
Adobe Flash dasturida yartilgan animatsiyalarni web-sahifaga joylashtirish uchun Ctrl+R tugmalari bosilib, kerakli fayl belgilanadi va Открыть tugmasi bosiladi.
6.5.7-rasm. Ikki sharni to`qnashtirish harakati 5-mashq. Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish.
Bajarish:
Oval Tool (O) jihozi belgilanib va Fill Color bandi tanlanib, shar chizib olinadi.
Timeline bo`limidan Add Motion Guide qatlami hosil qilinadi;
Hosil qilingan qatlamga Pencil Tool (Y) jihozi yordamida shar harakatlanadigan trayektoriya chiziladi;
Layer 1 qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi.
Add Motion Guide qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi.
Layer 1 qatlamining Frameda sichqoncha o`ng tugmasi bosilib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Shar belgilanib, chizilgan trayektoriya oxiriga o`tkaziladi (sichqoncha yordamida sudrab tortiladi).
6.5.8-rasm. Sharni trayektoriya bo`ylab harakati
|
| |