Asosiy subyektlar:
Bulutli hosting veb-xostingning eng mashhur turidir.
GoDaddy – eng mashhur domen registratori va xosting provayderi.
WordPress kontentni boshqarish tizimlari uchun 1-o‘rinda turadi.
O‘zbekistondagi provayderlar:
aHost, Eskiz.uz, Billur.com, Arsenal D, Airnet, Regname, TuronCloud, Uzhosting, Megahosting, Scinet kabilar.
Ko‘p tarmoqli hosting provayderlariga: BCC hosting, Uzinfocom, Uztelecom, Sharq Telekom, Sarkor Telecom.
O‘zbekistondagi domenlar statistikasi
2024-yil 1-fevral holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 127 123 ta faol domenlar, 697 ta faollashtirilishi kutilayotgan domenlar mavjud. Yil boshidan domenlar 1484 taga ko‘paygan. Shuningdek, 4067 ta yangi domenlar yaratilib, 2583 ta domenlar bekor qilingan.
ICANN uchun zaxiralangan domenlar: aso.uz, dnso.uz, icann.uz , internic.uz, pso.uz, afrinic.uz, apnic.uz, arin.uz, example.uz, gtld-servers.uz, iab.uz, iana.uz, iana-servers.uz, iesg.uz, ietf.uz, irtf.uz, istf.uz, lacnic.uz, lanic.uz, rfc-editor.uz, ripe.uz, root-servers.uz.
Butunjahon Internet tarmog‘ida hayratlanarli 1,13 milliard veb-sayt mavjud, ammo bu veb-saytlarning atigi 18 foizi faol. Bu shuni anglatadiki, 82% veb-saytlar virtual changni yig‘ishmoqda.
Bundan ham ajablanarlisi shundaki, ro‘yxatdan o‘tgan .com domen nomlarining uchdan bir qismi foydalanilmaydi. Ular tashlab ketilganmi yoki endi ishlamayotgan biznesga tegishlimi, mavjud domenni sotib olishning o‘rtacha narxi uning mashhurligi va egasining uni sotishga tayyorligiga qarab bir necha dollardan minglab dollargacha o‘zgarishi mumkin. Shunga qaramay, har kuni 252 000 ga yaqin veb-saytlar yaratiladi.
Bulutli hosting tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, bozor hajmi 2025-yilga borib 139,1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatgich 2020-yilda 45,3 milliard dollarni tashkil etgan. Ko‘pchilik bulutli hostingni afzal ko‘radi, chunki u ajratilgan xostingdan arzonroq va trafik darajasini umumiy hostingga qaraganda yaxshiroq boshqaradi.
Xulosa qilib aytganda, Hosting – bu sayt uchun ajratilgan joy bo‘lib, saytdagi malumotlarni (matn, rasm, fayllar va hokazo) o‘zida saqlaydi. Uning hajmi bir necha MB (megabayt) yoki GB (gigabayt) bo‘lishi mumkin. Domen yoki hosting olish uchun internet provayderiga murojaat qilish mumkin. Domen uchun yillik to‘lov to‘lanadi. Hosting uchun esa har bir provayderning tarif narxlariga ko‘ra bir necha oylik yoki yillik to‘lov to‘lash mumkin.
O‘zbekistonda domen yoki hosting beruvchi kompaniyalar (provayder yoki registrator) hozirda ko‘plab shaharlarda faoliyat yuritmaqda. Masalan: BCC (www.bcc.uz), Arsenal-D (www.webname.uz) , Active (www.active.uz), Uzinfocom (www.uzinfocom.uz) va boshqalar.
Domen (lot. dominium — mulk) — 1) Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarda pomestye (votchina)ning bir qismi, yer egasi (feodal) unda oʻz xoʻjaligini yurgizgan; 2) qirolga tegishli vorisiy yerlar yigʻindisi (qirol D.i).
Domenning vazifasi bor-yo'g'i saytingiz nomini internetda esda qolarli bo'lishini ta'minlash uchun kerak. Agar siz bepul hosterlardan birining xizmatidan foydalanadigan bo'lsangiz, sizga domen sotib olishning keragi bo'lmasligi mumkin. Chunki sizga ular sayt nomini ham birga berishadi.
Masalan: ***.nm.ru yoki ***.awardspace.com. Bunda *** - siz beradigan nom. Sayt nomining bunday ko'rinishi sizga qanday taassurot beradi? Albatta, uchinchi darajali domendagi saytlar nomi u qadar ta'sirli va esda qolarli bo'lmaydi. Solishtirib ko'ring: www.comsoft.uz va www.comsoft.narod.ru.
Agar siz saytni internetga joylashtirsangiz-da, lekin unga domen sotib olmasangiz, sizning saytingiz nomi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi:
http://80.80.210.217/[sayt ishlamaydi]
Bu IP-manzil sizning saytingiz joylashgan server kompyuterning IP-manzili. Odatda bunday ko'rinishda saytni ochishga yo'l qo'yilmaydi. Ochiq ko'rinib turgan IP-manzil xakerlar uchun o'ljaning o'zginasi bo'lishi mumkin.
Domenlar narxi ham turlicha: Oʻzbekistonda .com, .net, .org, .net domenlarida saytni ro'yhatdan o'tkazish bir yilga o'rtacha 20 ming so'm bo'lsa, G'arbliklar ushbu domenlar uchun yiliga o'rtacha 10-13 ming so'm (8-10$) so'rashadi (Ammo arzoniga yopishmasdan, bir narsani ham hisobga oling:
Dunyodagi eng birinchi domen bu - symbolics.com bo'lib bu domen Symbolics registoriga tegishli.
|