|
Linux OT dagi asosiy buyruqlar va ular haqida tushuncha !
|
bet | 3/4 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 107,23 Kb. | | #136884 |
Bog'liq 6-LABORATORIYA ISHILinux OT dagi asosiy buyruqlar va ular haqida tushuncha ! chmod ugo+rwx abs – abs katalogi uchun 777 huquqini berish ya'ni yozish,o'zgartirish va o'chirish huquqi, -UGO – user group other -RWX – Read,Write , Execute tar -tf cyber-attacks.tar – cyber-attacks.tar arxivi ichini ko'rish, route -n hostname – OT nomini ko'rish top aktiv prosseslarni ko'rish, foydalanuvchi nomi hajmi vaqti avtomatik yangilanib turadi kill -TERM 98989 -PID 98989 prossesini yopish cal – kalendar , hozirgi oy w – activ foydalanuvchilarni ko'rish uname -a – Linux va yadro versiasini ko'rish.
LINUX OPERATSION TIZIM VERSIYASI.
1983-yilda Richard Stolman – GNU loyihasini yurg’izadi. Loyiha nomi – “GNU is Not Unix” so’zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va “GNU – Unix Emas” ma’nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX’simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko’plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi – ya’ni OT’ning o’zi bo’lmaydi.
1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX’simon OT’ni taqdim etadi. Uning do’stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so’zlarini qo’shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan.
Linux ham “ochiq kodlik” bo’lganligi uchun, Linux OT’i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko’p va bir-birga o’xshashki – ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o’zi 300 dan ortiq.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’rniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) – grafikali intеrfays hamda CLI(Command Line Interface) – konsol, ya’ni buyruqlar qatoridan iboratdir. Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bog’i: http://www.linux.org. Ushbu saytda opеratsion tizim haqida asosiy ma’lumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan O’zbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari o’zbek tiliga tarjima qilingan
|
| |