|
Yormali va unli mahsulotli pyuresimon suyuq taomlari
|
bet | 26/80 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142429 |
Bog'liq Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar RejaYormali va unli mahsulotli pyuresimon suyuq taomlari
Bu suyuq oshlar guruch, arpa, suli, «poltava»cha bug'doy yormalaridan, no'xat, loviya, yasmiq kabi dukkakli mahsulotlardan tayyorlanadi. Yorma yoki dukkaklilar ezilarli darajada pishirilishi va o'z pishirilgan suvi bilan birga ezilishi kerak. Ezilgan mahsulotning bir xil cho'ziluvchan holati ko'p miqdordagi kraxmal hisobiga amalga oshadi. Bu holat o'z quyuq-suyuqligini mustahkam saqlash xususiyatiga ega bo'lganligi sababli, oq sardakni qo'shish zarariyatini tug'dirmasligi ham mumkin. Yormalarni ezilarli darajagacha pishirish ko'p vaqtni talab qilishi bilan birga, ularni ezishda hammasi bir xil ezilmay, ma'lum darajada ezilmaganlari ham qolishi mumkin. Pishirish jarayonini kuchaytirish uchun yormalarni biroz quritib, yanchilib, un hohga keltirib, o'z vazniga nisbatan ikki barobar ko'p suv yoki qaynatmada bir xil aralashtirib, qaynab turgan suv yoki qaynatmaga quyilib, to'xtovsiz aralashtirilgan holda qaynash darajasiga yetkaziladi va 20—25 minut qaynatib, tuz lezon qo'shib tayyor holga keltiriladi. Dukkak mahsulotli pyure suyuq oshlariga lezon qo'shilmay tayyorlanadi. Tarqatishda ozgina ezilmagan yorma qo'shilsa ham bo'ladi.
Guruch yoki arpali pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz va petrushka ildizi to'g'ralib sariyog'da yuzaki jazlanadi. Tayyorlangan yorma qaynab turgan qaynatma yoki suvga (1 kg yormaga 5 1 suyuqlik solinadi) sohnib, sariyog' qo'shihb, qopqog'i yopilgan holda, past olovda yarim tayyor holgacha pishirilgandan so'ng, jazlangan sabzavot qo'shiladi, yumshoq ezilarli darajaga kelguncha qaynatiladi va o'z suyuqligi bilan elak yoki ezuvchi mashinada eziladi. Ezilgan mahsulot, oq sardak o'z qaynatmasida aralashtirib qaynash darajasiga yetkaziladi, lezon, sariyog' qo'shib tayyor holga keltiriladi. Suyuq oshga oq sardak qo'shmay tayyorlash ham mumkin. Alohida qaynatmada yumshoq pishirilgan guruch yoki arpa yormasi tayyorlanadi. Tarqatishda chuqur likobchaga pishirilgan yorma, yormali pyure suyuq oshi suziUb, alohida likobchada qotirilgan non tortiladi.
Dukkak mahsulotli pyure suyuq oshi. Saralab tozalangan no'xat yoki loviya yuvilib, 2—3 soat ivitiladi, so'ng no'xat yoki loviya yuzasini 1—2 sm ko'mib turadigan qilib qaynatma yoki suv quyiladi va ular yumshaguncha tuz solmay pishiriladi. Qaynash natijasida suvi kamayib qolsa, zarur miqdorda qaynoq suv solib turiladi. So'ng jazlangan sabzi, petrushka, piyoz solinib taom tayyor bo'lgungacha pishiriladi. Pishgan mahsulot eziladi, oq sardak tuz solib qaynatiladi. Iste'molga tayyor bo'lgan taom sariyog', qaynoq sut yoki qaymoq qo'shib aralashtiriladi. Tarqatishda chuqur likobchaga suyuq osh suzilib, alohida likobchada qotirilgan non beriladi. Bu suyuq osh dudlangan cho'chqa to'shi yoki biqin go'shtidan tayyorlanishi mumkin. Dudlangan cho'chqa go'shti mayda kubik shaklida to'g'ralib, oz suvda qaynatilib, suyuqligi suzilib, no'xat yumshoq holga kelgandan so'ng suyuqligi qo'shiladi, go'shti esa tarqatishda likobchaga solib beriladi.
|
| |