• Sabzavotli pyuresimon suyuq taomlar
  • Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja




    Download 0.77 Mb.
    bet25/80
    Sana21.01.2024
    Hajmi0.77 Mb.
    #142429
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
    Bog'liq
    Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja
    Медиа таълим 1-мавзу, ISHCHI DASTUR salohiddin
    Pyuresimon suyuq taomlar
    Pyure suyuq oshlari yuqori ozuqali bo’lib, tez hazm bo'lish xislatiga ega bo'lgani uchun ko'pincha bolalar va parhez taomlarida qo'llanadi. Bu suyuq oshlar sabzavotlardan, yormalardan, dukkaklilardan, parranda va ilvasinlardan, jigar, baliqlardan tayyorlanadi. Boshqa suyuq oshlardan farqi, bu taom ezilgan holda, bir xil quyuqlikda, xushxo'r bo'ladi. Suyuq oshning asosini ezilgan mahsulot va oq sardak tashkil etadi. Pyure suyuq oshini tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar turli issiq ishlovlardan o'tkaziladi. Pishiriladi, dimlab yumshoq holga keltiriladi, so'ng ezuvchi mashina yoki elak yordamida ezib tayyorlanadi. Yomon eziladigan mahsulotlar, awal go'sht qiymalagichda maydalanib, so'ng ezuvchi mashina yordamida ezilishi kerak. Ezilgan mahsulotlarni suyuqlik, oq sardak bilan aralashtirishdan maqsad, mayda mahsulotlarning cho'kma hosil qilmay, bir xil quyuqlikdagi holatini saqlab qolishdan iborat.
    Pyure suyuq oshlari vegetarian usulda, suyak parranda go'shti qaynatmasida, sabzavot yoki yorma qaynatilgan suvda, sutda tayyorlanadi. Oq sardak tayyorlash uchun un yog'siz yoki yog' bilan rangi o'zgartirmay jazlanadi, sovutilib, qaynatma yoki mahsulot qaynatilgan suvda aralashtiriladi. Ba'zida pyure suyuq oshlar un qo'shilmay tayyorlanishi mumkin. Bunda un o'rniga guruch yoki pishirib ezilgan аrpа yormasi qo'shiladi. Pyure suyuq oshlarini mazali, xushxo'r qilib tayyorlash uchun ularga sariyog', qaynoq sut lezon qo'shiladi. Sariyog', sut lezon qo'shilgan suyuq oshni 70°C dan yuqori darajada isitish mumkin emas, chunki taomdagi oqsil moddasi 70°C dan yuqori darajada qumoq-qumoq bo'lib ajralib qohshi mumkin.
    Taomni tarqatishda likobchaga pishirilgan mahsulotdan porsiyasiga 15—20 gramm hisobida solinadi. Alohida idishda mayda kubik shaklida kesilib, quritilgan oq bo'lka non, jo'xori yoki bug'doy, bodroqlori, gumma tortiladi.
    Sabzavotli pyuresimon suyuq taomlar
    Bunday pyure suyuq oshlari kartoshka, sabzi, gulkaram, ko'k no'xat, qovoqcha pomidor va boshqa bir xil yoki bir necha xil sabzavotlardan tayyorlanadi. Sholg'om yoki sabzili pyure suyuq oshi. Piyoz va ko'kat ildizi to'g'ralib jazlanadi. Sabzi yoki sholg'om somoncha shaklida to'g'raladi, idishga solinib 1/3 miqdorda qaynatma quyiladi. So'ng jazlangan sabzavot solinib, yumshoq holga kelguncha qaynatiladi. Yumshagan sabzavotlar eziladi va oq sardak, qaynatma bilan aralashtiriladi, tuz qo'shilib, maromiga yetguncha pishiriladi. Tarqatishda chuqur likobchaga garnir sifatida donador guruch bo'tqasi, pyure suyuq oshi solinadi va qotirilgan non alohida tortiladi. Sabzi 400 g yoki sholg'om 480 g, petrushka (ildizi) 13 g, boshpiyoz 24 g, bug'doy uni 20 g, guruch 20 g, sariyog' 20 g, sut 150 g, tuxum 1/4 dona, qaynatma yoki suv 700 g.
    Kartoshkali pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz, petrushka ildizi to'g'ralib jazlanadi. Kartoshka qaynab turgan qaynatma yoki suvda yarim tayyor holgacha qaynatilgandan so'ng, jazlangan sabzavot qo'shib yumshoq, ezilarli darajagacha pishiriladi. Sabzavotlar suzib olinib eziladi va oq sardak, qaynatmada tuz qo'shilib aralashtirgan holda qaynatilib tayyor holga keltiriladi, taomga lezon yoki qaynoq sut bilan sariyog' qo'shib aralashtiriladi.
    Tarqatishda chuqur likobchaga garnir jazlangan piyoz, kartoshkali pyure suyuq oshi suziladi, alohida likobchada qotgan non tortiladi. Ko'k no'xatli pyure suyuq oshi. Sabzi, piyoz to'g'ralib jazlanadi. Ko'k no'xat konservalangan suvida bir qaynagandan so'ng, oz miqdordagisi garnir uchun suzib olinadi. Qolgan ko'k no'xat ustidan jazlangan sabzavot qo'shilib, qaynatiladi, so'ng pishirilgan suyuqligi bilan eziladi. Ezilgan mahsulotga oq sardak, tuz qo'shib qaynatib tayyor holga keltiriladi. Iste'molga tayyor bo'lgan taomga lezon va sariyog' qo'shiladi. Tarqatishda chuqur likobchaga ko'k no'xat solinib, ko'k no'xatli pyure suyuq oshi suziladi, alohida likobchada qotgan non tortiladi. Bu suyuq oshni yana quritilgan ko'k no'xat yoki yangi ko'k no'xatlardan ham tayyorlash mumkin. Agar quritilgan ko'k no'xat bo'lsa saralab yuvilgandan so'ng sovuq suvda 1,5—2 soat bo'ktirilishi va o'z suvida tuz qo'shilmay yumshoq holgacha qaynatilishi kerak.
    Наг xil sabzavotli aralashma pyure suyuq oshi. Bosh piyoz somoncha shaklida to'g'ralib, sariyog'da yuzaki jazlanadi. Sabzi, sholg'om to'g'raladi. Sholg'omdagi taxir mazani yo'qotish uchun uni suvda bir qaynatib olinadi. Oq o'zakli karam to'g'ralib, qaynoq suvga botirib olinadi. Kartoshka bo'laklarga bo'linib, yumshoq holga kelguncha alohida qaynatiladi. Sabzi, sholg'omni oz suvda qaynatib yarim tayyor holga keltirilib sariyog', karam, jazlangan piyoz qo'shib, yumshoq holga kelguncha yana qaynatiladi. Tayyor bo'lishidan awal ko'k no'xat va kartoshka qo'shiladi. Pishirib tayyorlangan sabzavotlar o'z suyuqligi bilan eziladi va oq sardak, qaynatma qo'shilgan holda mazasiga qarab tuz qo'shib qaynatiladi. Iste'molga tayyor taomga lezon, sariyog' qo'shib aralashtiriladi. Tarqatishda chuqur likobchaga ko'k no'xat va mayda kubik shaklida kesib yumshoq pishirilgan sabzavotlar (sabzi, sholg'om) solinib, sabzavotli pyure suyuq oshi suziladi va alohida likobchada qotirilgan non tortiladi. Karam 100 g, kartoshka 120 g, sholg'om 20 g, sabzi 75 g, boshpiyoz 48 g, kokservalangan ko'k no'xat 31 g, bug'doy uni 20 g, sariyog' 20 g, sut 150 g, tuxum 1/4 dona, qaynatma yoki suv 750 g.

    Download 0.77 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja

    Download 0.77 Mb.