|
Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja
|
bet | 51/80 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142429 |
Bog'liq Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar RejaKo’katlar.
Yalpiz
Yalpiz — labguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, dorivor va efirmoyli o’simlik. Shimoliy yarim sharning iliq iqlimli mintaqalarida 20—25 turi tarqalgan. Yevropa mamlakatlari, AQSH, Ukraina, Belorussiya va Shimoliy Kavkazda Yalpizning taxir (achchiq) va jingalak , Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqalar mamlakatlarda dala yoki suv turlari ekiladi. O’zbekistonda 4 turi: suv , osiyo , taxir (achchiq) va jingalak yovvoyi holda o’sadi, Poyasi tik shoxlangan, bo’yi 25—100 sm gacha, barglari qarama-qarshi joylashgan, rombsimon, nashtarsimon yoki tuxumsimon, gullari chala soyabonsimon to’pgulga yig’ilgan, binafsharang . May—oktiyabrda gullaydi. Yalpiz yorug’sevar, namsevar o’simlik. Barglarida 2,5— 3%, gullarida 4—6%, poyasida 0,3% mentol (validolning tarkibiy qismi)ga boy bo’lgan efir moyi, shuningdek, flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar bor. Tibbiyotda Yalpiz bargidan tayyorlangan tindirma (nastoyka) va damlamasidan ko’ngil ayniganda hamda o’t haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Barglari va poyasidan olingan yalpiz moyi parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda, bahorda yangi chiqqan barglari oshko’k sifatida ishlatiladi. Vegetativ (bahorda ildizini bo’lib ekish) yo’li bilan ko’paytiriladi. O’zbekistonniig barcha viloyatlarida nam yerlarda, ariq va daryo bo’ylarida o’sadi.
Yalpiz iforini tuymay turib ko'klamni his qilish mumkinmi? Albatta, yo'q!
Axir yalpiz bahor darakchilaridan biri. Ushbu xosiyatli giyoh bahoriy taomlar masallig'i, oshko'k va ziravor bo'libgina qolmay, ko'hna zamonlardan beri dorivor malham ham hisoblanadi.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Qadimgi Rim va Misr ahli uni muqaddas sanab, miyani peshlash uchun boshlariga yalpizli chambar kiyib yurishgan ekan. Harbiylar urushlar rejasini tuzishda diqqati jamlashga yordam beradi degan o'yda doim qarorgohlarida yalpiz saqlashgan.
Xalq tabobatida yalpizning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmadan tish og'rig'i, milk yallig'lanishini davolashda foydalanilgan. Abu Ali ibn Sino yalpiz bilan ichak og'riqlarini davolagan. Uni ovqatni yaxshi hazm qildiruvchi vosita sifatida tavsiya etgan.
Shuningdek, me`da-ichak yo'li spazmi, qabziyat, me`da kislotaliligi oshishi, sariq va o't-tosh kasalliklari, bavosil, hayz maromining buzilishida yalpizli damlamalar tavsiya etiladi.
Yalpizning bir necha xil turi bor va ularning barini bir jihat – o'ziga xos takrorlanmas ifor birlashtirib turadi.
Yalpiz tarkibida efir moylari (mentol, menton, pinen, flandren, seniol, yasmin), organik kislotalar, flavonoidlar, karotin, glyukoza, rutin, vitamin S , mineral tuzlar mavjud.
Zamonaviy tibbiyotda yalpizning terapevtik xususiyati qadrlanadi. U og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi kurashuvchi, tomirni kengaytiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Jig'ildon qaynashi va qorin dam bo'lishida yordam beradi, safro haydovchi ta`sir ko'rsatadi. Yalpiz, ayniqsa, jigar uchun foydali bo'lib, ushbu a`zoni tozalaydi.
|
| |