|
Reja: Imom al-Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 23,57 Kb. | | #239102 |
Bog'liq Hadis ilmi
Mavzu:Hadis ilmi
Reja:
Imom al-Buxoriyning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Termiziy abu Iso hadisb ilmi xaqida
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda (194-hijriy) Buxoro shahrida dunyoga kelib, bolalik chog‘laridanoq Buxorodagi yetuk allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo‘lib voyaga yetdi. Imom al-Buxoriy o‘n olti yoshida onasi va akasi Ahmad hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoldi va hadis ilmini o‘rganishda davom etdi. U yerdagi zabardast ulamolardan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi Islom olamida mashhur bo‘lgan ilmiy markazlarga safar qildi, qishloq va shaharlarni kezdi, hadis ilmidagi bahs-munozalarda ishtirok etdi. Natijada, Imom al-Buxoriy hadis ilmida kamolotga erishib, o‘zi yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih va g‘ayri sahihlariga ajratdi.
Imom al-Buxoriy Islom olami va muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” (Barcha muhaddislarning peshvosi) deb hurmat bilan tilga olinadi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va boshqa ko‘plab sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”.
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Imom Buxoriy (810-870) musulmon olamidagi eng mashhur hadislar (Muhammad payg‘ambarning so‘zlari va amallari) to‘plovchilaridan biridir. U sunnat (an’anaviy huquq) asosiga aylangan va islom ilmining asosiy manbalaridan biriga aylangan hadislarni to‘plash, tasniflash, tekshirish va jamlash borasidagi faoliyati bilan mashhur.
Imom Buxoriy hadis to‘plash ishini bolaligidan boshlagan va oxir-oqibat 600 000 ga yaqin hadis to‘plagan, ulardan atigi 7 000 ga yaqinini eng nufuzli hadis kitoblaridan biri sanalgan “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobi uchun tanlagan. musulmon dunyosida.
Imom Buxoriy o‘z asarida hadislarning sahihligini tekshirishning, jumladan, ularning kelib chiqishi, ishonchliligi va mazmunining islom ilmining boshqa manbalari bilan muvofiqligini tekshirishning qat’iy mezonlarini belgilab bergan. Shuningdek, u o‘quvchilarga uning ma’nosi va mazmunini yaxshiroq tushunishga yordam berish uchun har bir hadisga sharh va tushuntirishlar kiritdi.
Imom Buxoriy ham hadislarni sahihlik va sahihlik toifalariga ko‘ra tasniflash tizimini ishlab chiqqan. Bu tasnif tizimi boshqa hadis to‘plovchilar uchun me’yor bo‘ldi va undan foydalanish sahih hadisni soxta va noto‘g‘ridan ajratish imkonini berdi.
Demak, Imom Buxoriyning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi uning hadislarni to‘plash, tasniflash va tekshirish, shuningdek, ularni to‘plash va tasniflash me’yorlarini belgilashidadir. Uning asari keyingi ko‘plab olimlar va hadis to‘plovchilari uchun asos bo‘lib, bugungi kungacha islom ilmidagi eng muhim asarlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Termiziy Abu Iso (arabcha: ترمزي أبو عيسى — Termiziy Abu Iso — Toʻliq ismi: Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhoq Sullamiy Zariyr Bug‘iy Termiziy) — muhaddis, faqih va hofiz. Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Termiziy Abu Isoning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning: “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganlar”, – degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.[1] Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868-yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Faoliyati
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil an nabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga, yaʼni siyratga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.
Asarlari
Al-jomi’u-s-sahih” (“Sa-hihu-t-Termiziy”, “Sunanu-t-Termiziy)
“Ash-shamoilu-n-nabaviyya”
“Kitobu-t-tarix”
“Kitobu-l-ilali-s-sag‘ir va-l-ilali-l-kabir”
“Kitobu-z-zuhd”
“Kitobu-l-asmo va-l-kuna”
“Al-ilal fi-l-hadis”
“Risola fi-l-xilof va-l-jadal”
“Asmou-s-sahoba”
Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis
ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni “Hadis ilmida
iqtido qilinadigan yagona olim” deb yozsa, boshqa biri esa uni “Birinchilardan bo‘lib
hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi”. Ayniqsa, muhaddis
olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson
tushunishi mumkin bo‘lishiga sabab ekanini alohida ta’kidlash joiz. Dunyo ulamolari
buyuk ilm sohibi bo‘lgan hamda yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan
bobokalonimizning ibratli hayot yo‘llari va boy ma’naviy merosini har tomonlama
o‘rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
«AL-JOMI' AS-SAHIYH»
At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari ichida «al-Jomi' assahiyh
» («Ishonchli to‘plam») eng asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu asar yuqorida qayd
qilganimizdek, «al-Jomi' al-kabiyr», («Katta to‘plam»), «Sahiyh at-Termiziy»,
«Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») kabi nomlar bilan ham yuritiladi.
Tarixchi Ibn Xajar al-Asqaloniyning yozishicha, at-Termiziy ushbu asarini 270 hijriy
(884 melodiy) yilda, ya'ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib,
imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan
Ushbu asar qo‘lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek,
o‘zimizda, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli
Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Muhim manba sifatida «Al-Jomi' assahiyh
» bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866) yili
Mitohda, 1292 (1875) yili Qohirada, shuningdek, 1980 yili Bayrutda nashr
etilganligini ko‘rsatish kifoya. At-Termiziyning bu muhim asariga bir qator sharhlar
ham yozilgan bo‘lib, ulardan ibn al-Arabiy (vafoti 543 hijriy, 1148 melodiy yili)
nomi bilan mashhur bo‘lgan imom hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulla al-
Ashbiliyning «Oridat al-Ahvaziy ala kitob at-Termiziy» nomli 13 juz' (qism)dan
iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931 yidda Qohirada nashr
qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim al-
Muborakfuriy (1283-1353) qalamiga mansub yana bir sharh ham «Tuhfat ul-Ahvaziy
bisharhi at-Termiziy» deb ataladi. To‘rt juz'dan iborat bo‘lgan bu asar 1979 yilda
Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib
Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiyning (1445-1505) at-Termiziy
asariga yozgan sharhi «Qut al-mug‘taziy ala Jomi' at-Termiziy» (undan ikki qismi
nashr qilingan), deb atalgan.
Bulardan tashqari Muhammad ibn Abduqodir Abu at-Tayyib al-Madaniyning
«Sharh Sunan at-Termiziy», Ahmad Muhammad Shokirning «Tahqiyq va sharh Jomi'
at-Termiziy» (o‘ndan ikki qismi 1937 yidda Mustafa al-Bobiy al-Halabiy tomonidan
nashr qilingan), Muhammad Yusuf al-Bannuriyning «Maorif sunan sharh sunan at-
Termiziy» (uning birinchi qismi 1963 yilda Pokistonda nashr kilingan), Siroj Ahmad
as-Sarhandiyning «Sharh sunan at-Termiziy» nomli forscha sharhi, shuningdek
Rashib Ahmad al-Kanuhiyning «Al-kavkab ad-durriy ala at-Termiziy» (Hindistonda
chop etilgan), Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriyning ikki juz'dan iborat «Al-Urf
ash-shaziy ala Jomi' at-Termiziy» (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat
Abul-Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy as-Sanadiyning (u 1138 yilda vafot etgan)
«Hoshiya ala sunan at-Termiziy»[13] kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin.
Avval eslatib o‘tganimizdek, hijriy uchinchi asr (melodiy to‘qkizinchi asr) hadis
ilmining rivojida oltin davr hisoblanadi. Dastlab bu davrda yashab ijod qilgan Imom
al-Buxoriy, Imom Muslim kabi allomalarning sermahsul faoliyati katta ahamiyat
kasb etadi.
ILMU AMALI IBRATLI ALLOMA
Mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol
ijodining har tomonlama o‘rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi
davrimiz uchun ham o‘rnak bo‘ladigan ko‘p ibratomuz fazilatlarining guvohi
bo‘lamiz. Eng avvalo, at-Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g‘oyatda chanqoqligi
va zo‘r havas bilan qiziqishi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga ham bardosh
berib o‘z maqsadi, ya'ni o‘z bilimini oshirish yo‘lidagi jiddu-jahdi katta-katta
tahsinga sazovordir.
Yozma manbalarda keltirilishicha, hadisshunoslik ilmi sakkizinchi asrning
ikkinchi yarmidan o‘n birinchi asr o‘rtalarigacha asosiy va zaruriy mashg‘ulotlardan
biri darajasiga aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo‘lgan to‘rt
yuzdan ortiq mualliflar ana shu ilm (hadisshunoslik) bilan shug‘ullanganlar.
Ma'lumki, o‘z bilimini oshirish borasida at-Termiziy ko‘pgina xorijiy
mamlakatlarni ziyorat qilgan. Elma-el kezib, cho‘lu biyobonlar oshib roviylardan
eshitgan hadislarini yitish bilan shug‘ullangan. Ularni tartibli ravishda yozib qayd
qilish bilan birga ushbu hadislarni qanchalik darajada sahiyh, hasan yoki zaif, mavzu
(soxta, o‘ylab chiqarilgan) ekanligini qayta-qayta tekshirgan, ilmiy ravishda chuqur
tadqiq etgan. Allomaning shogirdlari orasida turli millat vakillari ham bo‘lgan.
Yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan ta'lim olgan at-Termiziy
ham Imom al-Buxoriy mashhur bo‘lgan paytda yetuk olim darajasida tanilgan. Ikkala
olim o‘rtasida 863-868 yillar oralarida Nishopurda ko‘pdan-ko‘p samarali ilmiy
munozaralar, samimiy do‘stona uchrashuvlar bo‘lgan. At-Termiziy o‘z asarlari uchun
ko‘pgina foydali ma'lumotlarni al-Buxoriy bilan bo‘lgan uchrashuvlarida olganligini
yozadi
Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning
«Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi
shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni halol, adolatli, iymone'tiqodli,
diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona,
ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo‘lishga chorlaydi.
Bu ibratli pand-nasihatlar va o‘gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa
yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash
o‘rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo‘lib
qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. Masalan, uning
bosh asari bo‘lgan «al-Jomi' as-sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat,
ziroatga oid ko‘plab qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda
at-Termiziyning xizmatlari kattaligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar.
Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy
ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy
jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Усмонхон Алимов. Илмнинг фазилати. –Тошкент: Мовароуннаҳр, 2010
йил. 6-бет.
2. Алимов У. Илмнинг фазилати. –Тошкент: Мовароуннаҳр, 2010 йил. 47-
48 бетлар.a
|
| |