Mavzu: Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli balli va boshqa uslublarini tahlil qilish




Download 20.5 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi20.5 Kb.
#48368
Bog'liq
Mavzu Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli balli va boshqa u-fayllar.org
2-amaliy-mashgulot-ehtimollik, Mashg, Bolalar bog\'chasida maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarb, Boshlang\'ich matemarika nazariyasi va metodikasi (E.Jumayev), Oksidlanish va valentlik tet kaliti bilan[1] 20.11.2022, 2 Maxsus xossali polimerlarni olinish usullari, javoblar, ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ БЎСТОНЛИҚ ТУМАНИ - Orif aka

Mavzu:Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli balli va
boshqa uslublarini tahlil qilish
Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik. 2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, yo‘l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar.6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.Xavflarning taksonomiyasi. Taksonomiya – murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo‘yicha joylashtirish degan ma’noni anglatadi.
a) geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va boshqalar;
b) gidrometerologik o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va hokazolar;
d) epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog‘ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar);
Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.
Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to‘liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni chegaralab qo‘yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan.
Xavflarning nomenklaturasi.
Nomenklatura – muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi.
Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan.
Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar. Xavflar kvantifikatsiyasi
Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari–m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari qo‘llaniladi.
Xavflar identifikatsiyasi
Identifikatsiya – o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik
http://fayllar.org
Download 20.5 Kb.




Download 20.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli balli va boshqa uslublarini tahlil qilish

Download 20.5 Kb.