|
Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi
|
bet | 4/6 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 113,86 Kb. | | #108287 |
Bog'liq IBROHIMOV M HFH MUSTAQIL ISHShuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi: - Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi:
- xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va kelib chiqish nuqtalarini ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish;
- foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; -mumkin bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar
- konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. kishilik jamiyatini rivqjlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari ham ko’rilgan.
- Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan vrachi Ramassini (16331714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga bag’ishlangandir.
Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik bazasining tizimli tahlildir. - Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik bazasining tizimli tahlildir.
- Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi.
- Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko’rib kelmoqda.
- Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi
|