Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanish




Download 306.57 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2024
Hajmi306.57 Kb.
#132672
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minl-fayllar.org
teshayev g\'olib quyimozor nasos stansiyasidagi suv sathini intellektual datchiklar yordamida boshqarish bmi, 638344664115502673121

Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanish

Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanish
Reja:
  1. Kirish.

  2. Xesh funksiya.

  3. Xesh funksiyalar turlari.


  4. Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni.


  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish
O’zbekiston Respublikasida axborot texnologiyasining milliy infrastrukturasi jadallik bilan rivojlanmoqda.Bu respublikamizning mustaqillikka erishganidan beri jamiyatimiz hayotida tubdan o’zgarishlar sodir bo’lganidan darak beradiki, hozirda iqtisodiyot, telekommunikasiya sohasi axborot industriyasi oldidagi maqsad va masalalar o’zgardi. Hajmi muttasil oshuvchi axborotni saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish masalasini yechishga imkon beruvchi kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan ishlash vositalarining paydo bo’lishi va tarqalishi ushbu jarayonlarni tajovuzkor axborot ta’siriga nisbatan zaif qilib qo’ydi.

Natijada fayllarni va kompyuterda saqlanuvchi boshqa axborotni himoyalash


vositalariga ehtiyoj tug’ildi. Ayniqsa ko’pchilik foydalanuvchi tizimlarda, vaqti
bo’linishli tizimlarda hamda ochiq tarmoqlar orqali foydalanuvchi tizimlarda
himoyalash vositalariga ehtiyoj kuchli sezildi. Axborot-kommunikasiya
tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish va saqlash masalalari, ma’lumotlarning
yaxlitligini ta’minlashning ahamiyati juda muhimdir. Axborot butunligini nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga oʻgirish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiya shakllantirish va tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni oʻzgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan oʻrganish yoki oʻzgartirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Shuningdek, maʼlumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni taʼminlaydi. Shifrlashning ikki usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda, kodlash va kodni ochish uchun birgina kalitning oʻzidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifrmatnga oʻgirishni, ikkinchisi esa (yopiq kalit) dastlabki matnga oʻgirishni taʼminlaydi.



Download 306.57 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 306.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanish

Download 306.57 Kb.