• Tayanch so‘z va iboralar
  • Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimida ijtimoiy pedagogikaning xolati.
  • Rossiya pedagogikasida ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar.
  • Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va nazariy asoslari.
  • Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi




    Download 36,04 Kb.
    bet1/3
    Sana22.02.2024
    Hajmi36,04 Kb.
    #160597
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi


    1. MAVZU. XORIJDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISH TARIXI.

    Reja:

    1. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy yondoshuvlar.

    2. Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimida ijtimoiy pedagogikaning xolati.

    3. Rossiya pedagogikasida ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar. (Ma’lumotlar kam chiqdi)

    4. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va nazariy asoslari.



    Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy yondoshuv, ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar, ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va nazariy asoslari.

    Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy yondoshuvlar. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini ijtimoiy tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
    Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
    Ijtimoiy pedagogikada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
    Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
    Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
    Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
    Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.
    XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.
    80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
    Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
    Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.
    Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir.
    Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda.
    Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
    Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
    Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi
    bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
    Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi.
    Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi.
    Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.

    Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimida ijtimoiy pedagogikaning xolati. Rivojlangan davlatlarda ijitmoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko'tarilgan. Janubda bu kasb «Ijtimoiy faoliyat» deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muhofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qafi nazar, u bilan shug'ullanuvchi maxsus fan yo'nalishi to'liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir - biriga insoniy munosabatda bo'lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, sahiylik, xayrixoxlik singari qirralari namoyon bo'lgan.


    Rivojlangan mamlakatlarda shaxsni insonpavarlik g'oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, shvetsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi «Kichik tumanlar maktabi» («Maktab mikrorayon»)shular jumlasidandir. SHu kabi kontseptsiyalarda maktab insonparvarlik tizimi sifatida namoyon bo'ladi.
    Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya Rossiyada o'tgan asrning 80-yillarida alohida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo'lishiga qaramasdan bu yo'nalish bo'yicha hali alohida tadqiqot ishshlari yuzaga chiqqanicha yo'q. Bu fan har bir jamiyatning, har bir mamlakatning, har bir millatning ijtimoiy hayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita bog'liq, shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
    Turmush shaxsning jamiyatda o'z o'rnini topishini taqozo etadi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga etkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga «kirishib keta olsin». Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko'ra «jamiyat tan olmagan», «sotsiumga krisha omagan» shaxslarning o'z yo'lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy - pedagogik faoliyatga yo'naltirilgan mutaxassislarni taylash bo'yicha ishlar olib borildi. Jumladan, sinfdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlarisingari kadrlar faoliyati olib borishdi.
    Qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab - bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashialarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to"plash ishlari xamkorligi o'zgardi. SHu asosda ijtimoiy muhitni pedagoglashtirishi jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo'lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, bog'cha kabi ta'lim - tarbiya maskanlari shug'ullanadi, - degan fikr jamiyat a'zolari ongida o'rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shug'ullanuvchi fanlar va o'quv muassasalaridan farqli o'laroq Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari bilan bog'liqdir. Shuning uchun ham u juda ko'plab fanlar bilan uzviy bog'liq. Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Kelgusida bu jadval ilmiy izlanishlar va o'quvchi - talabalar taklifiga binoan to'ldirib boriladi.

    Rossiya pedagogikasida ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglar va boshqalar asarlarida topish mumkin. 19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.Shatskiy kabi pedagoglar faoliyatlarida yetuk bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializm g‘alaba kozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib koldi. Ularni o‘tmish qoldiqlari deb atab ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi. XX asrning 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiya’ning rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ular bu yillarda “Yukoridan” imperativ (lotincha imperativus) farmon, ya’ni etirozlarni qabul qilmaydigan, tankidga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Bu ijtimoiy psixologiya’ning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan xolda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’k edi, fan haqida xech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning okuv fani sifatida tashqil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaktda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashqil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar. Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika markazi, ijtimoiy ta’lim Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Yekaterinburg va boshqa shaharlar pedagogik Universitetlarida “ijtimoiy pedagogika” fakultetlari tashqil etildi. V.G.Bocharova, M.A.Galagizova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olimlar ijtimoiy pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda XX asr 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kritildi. Ijtimoiy ishlarning vazifasi aholining ijtimoiy himoyalangan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘lda. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohida g‘amxurlik va e’tiborini talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. “Mehribonlik”, “Xayriya”, “Yordam ko‘rsatish” va boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas.


    Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va nazariy asoslari. Ijtimоiy pеdagоgika o`z faоliyatida davlat darajasiga chiqadi va o`z shеriklari bilan birga talablarini qоnuniy rasmiylashtirishga erishadi. XIX asrning 60-70 yillarida Gеrmaniya, Angliya, AQSHda ijtimоiy qоnunchilik tizimlari yaratiladi. Ijtimоiy pеdagоgika rivоjlanishining barcha yo`nalishlari uning eng asоsiy vazifasini-bоlalarning huquqlarini himоya qilishni birlashtiradi.


    O’rta asrlar davrida ta’lim va tarbiya tizimi aniq ifоdalangan tabaqaviy–idеоlоgik хaraktеr kasb etgan bo`lib, u din va chеrkоv tоmоnidan bеlgilanar edi. Ammо, fеоdalizm tuzimining yеmirilishi va Uyg`оnish davrlarida gumanizm idеalоgiyasi va оdamning tabaqaviy qaramlikdan оzоd bo`lish g`оyalari qarоr tоpa bоshlaydi.
    T. Mоr o`zining «Utоpiya» nоmli kitоbida, T. Kоmpanеlla esa «Quyosh shahri» nоmli asarlarida endi tabaqalanmagan ta’lim va tarbiya g`оyalarini ilgari surib, еrdagi хayotni yagоna qimmatga ega bo`lgan narsa dеb hisоblaydilar.
    Yangi davrda burjuaziya tartib–qоidalari o`rnatila bоrgan sari hamda оdamning bilish va tajriba – amaliy faоliyati ijtimоiy rivоjlanish оmili sifatida anglana bоshlangach, Platоnning оdamga «bеshikdan – qabrgacha» ta’lim bеrish kеrak dеgan g`оyasi qayta tiklanadi va pragmatik tarbiya kоntsеptsiyasi vujudga kеladi. Yq. A. Kоmеnskiyning pеdagоgik asarlarida har bir оdam tоmоnidan butun umri davоmida uzluksiz tarzda pansоfiyani (hammani hamma narsani bilishi) egallashi lоzimligi haqidagi kоntsеptsiya rivоjlantiriladi. D. Lоkkning «Tarbiya haqida fikrlar» nоmli asarida endi dunyoga kеlayotgan burjua qadriyatlari tizimiga muvоfiq bo`lg`usi jеtelmеnni o`qitish va tarbiyalash dasturi taqdim etiladi.
    Ma’rifat, ma’lumоt asri dеb nоmlangan XVIII asrda jamiyat a’zоlari оngiga ta’lim va tarbiya jamiyat rivоjlanishida yaratuvchi –o`zgartiruvchi оmil dеb singdiriladi. Оzоdlik, tinchlik, birоdarlik kabi qadriyatlarga muvоfiq tarzda оdam rivоjlanish vоsitasi emas, balki dоimо uning maqsadi bo`lmоg`i lоzim, dеb uqtiriladi.
    Mana shunday g`оyalarga muvоfiq tarzda erkin tarbiya kоntsеptsiyasi faоl rivоjlantirila bоshlanadi. YAngi nasldagi оdam zоtini «yaratib», shular оrqali jamiyatni qayta o`zgartirish g`оyasi ilgari surildi. Ulug` Frantsuz burjua revolutsiyasi davrida mamlakatda tabaqalanmagan umumta’lim tizimini rivоjlantirishga qaratilgan bir qatоr rеfоrmalar amalga оshirildi. SHu sababli ham Frantsiyada ХVIII asrning охiriga kеlib 59% ahоli savоdli edi.
    XIX asrda fabrika va zavоd ishlab chiqarishining rivоjlanishi, Еvrоpada sоdir bo`lgan bir qatоr urushlar, ishchi va dеhqоnlarning rеvоlyutsiоn chiqishlari, milliy оzоdlik harakatlari va bоshqa ko`plangan vоqеa hamda оmillar madaniyat va ta’lim – tarbiya sоhasida dеmоkratik tеndеntsiyalarning jоriy etilishini muqarrar qilib qo`ydi. Endilikda jamiyatning оlg`a siljishi nafaqat хukmrоn sinf vakillarining, balki хalqning barcha qatlamlarining ma’lum darajada ma’lumоtisiz mumkin bo`lmay qоldi. Lеkin, o`sha davrda ham ta’limning asоsan shunday shakl va darajalari rag`batlantirildiki, tоki ular хukmrоn sinflarning yashashiga tuskinlik qilmasin...
    Turli хildagi pеdagоgik lоyihalar va tizimlar, хuddi R. Оuenning ta’lim kоmplеksi kabi davlat tоmоnidan qo`llab – quvvatlanmadi hamda erkin bоzоr raqоbati sharоitida bоshidanоq katta qiyinchiliklarga duch kеldi va mag`lubiyatga uchradi.
    G. Kеrshеnshtеynеr «Fuqarоviy tarbiya» kоntsеptsiyasini ilgari surdi. SHunga ko`ra хalq «mеhnat» maktabi davlatga so`zsiz bo`ysinuvchi o`quvchilarni tarbiyalashi, har bir bоla o`zining ijtimоiy kеlib chiqishiga qarab bo`lg`usi kasbiy faоliyatga tayyorlanmоg`i lоzim edi.
    Mana shunday turlicha kоntsеptsiyalar, pеdagоgik yondashishlar ham pеdagоgika fanini оlg`a qarab rivоjlanishida ma’lum darajada prоgrеssiv rоl o`ynadi.
    Ingliz faylasufi va pеdagоgi Rоbеrt Оuenning ijtimоiy pеdagоgik faоliyati bir qancha qiziqarli va sеrmaхsul tajribalardan ibоrat. Nyu-Lеnarkda “Insоn хaraktеrini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaхshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bоg’lab qo`ydi. Jaхоnda ilk marta didaktik o`yinlar o`tkaziladigan, bоlalarning jismоniy hоlati haqida gamхo`rlik qiluvchi muassasalar u tоmоnidan tuzilgan.
    Ingliz faylasufi Gеbеrt Spеnsеr (1820-1903 y) оilaning shaхs shakllanishidagi o`rni haqidagi ijtimоiy pеdagоgik g`оyalar bilan to`ldirilgan asarlar yaratgan.
    XIX asrning 2 – yarmida «Nеmis o`qituvchilarining оtasi» hisоblangan Adоlf Distеrvеg (hоzirgi kunlarda vоyaga yеtmagan yoshlar tоmоnidan sоdir etiladigan huquqbuzarliklar dеb atalmish) hamma narsadan mahrum etilgan nоchоr va qarоvsiz qоlgan, bоshpanasiz bоlalar tоmоnidan sоdir etilishi mumkin bo`lgan jinоyatlarni оldini оlish uchun оlib bоriladigan pеdagоgik faоliyatni bеlgilash, ko`rsatish uchun «ijtimоiy pеdagоgika» so`z birikmasini taklif etgan edi. XX asr bоshlarida esa mashхur nеmis faylasufi Paul Natоrp jamiyatning barcha tarbiyalanuvchi kuchlarini bir butun, yaхlit hоlga kеltirish (birlashtirish) g`оyasini o`rtaga tashladi. Bundan ko`zlangan maqsad xalq оrasida madaniyat va maоrifni kеng tarqatish, umumpеdagоgik ma’lumоt bеrish edi. SHuningdеk, u tarbiyalоvchi ittifоqlar, ya’ni – «fuqоralar ittifоqi» ni tuzishga chaqirdi. Ushbu ittifоqlar uning fikricha yuqоrida aytilgan rеjalarni amalga оshirmоg`i lоzim edi. Mana shu faоliyatlarning barchasini u ijtimоiy pеdagоgika dеb atadi.
    Xorijda Ijtimоiy pеdagоgika rivоjining ikkinchi davri nechanchi asrga to’g’ri keladi?

    Download 36,04 Kb.
      1   2   3




    Download 36,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi

    Download 36,04 Kb.