|
Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
|
bet | 3/3 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 36,04 Kb. | | #160597 |
Bog'liq Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixiGlossariy
Avtonomlashuv — (yunoncha, avto — o’zim, homus — qonun) — o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish.
Adaptatsiya — insonning ijtimoiy muhit bilan o’zaro faol munosabatda bo’lish va uning potentsialini shaxeiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash — qonunchilik va bola huquqlari to’g`risidagi xalqaro konventsiyada mustahkamlangan, voyaga etmaganlar huquqlarining kafolatini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bular bolalarning optimaya biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta`minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar majmuasidir.
Insoniylik — bolani shaxe sifatida qadrlaydigan, uning g`ururi va erkinligini himoyalash bilan tavsiflanadigan, inson manfaagini ijtimoiy institutlar “baholashning asosiy me`yori“ deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Rahmdillik — kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Ijtimoiy qarovsizlik — ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.
Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.
Ijtimoiy hudud—bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsa- buyumlarning qiyofaviy majmuasi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam—inson va bola huquqlari ga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
|
| |