• 1.O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi
  • Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash muammolari Reja




    Download 46 Kb.
    bet1/3
    Sana13.06.2024
    Hajmi46 Kb.
    #263305
      1   2   3
    Bog'liq
    Xorijiy investitsiyalarni sug\'urtalash muammolari (2)


    Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash muammolari


    Reja:



    1. 0’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi

    2. Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash

    3. 0’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlami qoTlash masalalari

    4. Investitsiyalarning tavakkalchilik darajasi



    1.O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi
    Bugungi kunda 0’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbuslari bilan moliyaviy bozorni yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va barqaror faoliyatini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish borasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o’z navbatida, aholi turmush tarzini yaxshilanishiga, ishsizlikni oldini olishga va eng asosiysi kambag’allikni yo’qotishga turtki boTadi. Oxirgi yillarda 0’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida shu jumladan, sug’urta sohasida ham chuqur islohotlar amalga oshirildi. 0’zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliyati to^gTisida^gi Qonuniga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hamda, 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to^gTisida^gi va 2008 yil 21 maydagi 872-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to^gTisida^gi Qarorlari, sug’urta, sug’urta faoliyati va sug’urta nazoratining qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishning yaqqol misoldir.
    Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug’urtasi va hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha aholi va korxonalaming toTagan sug’urta mukofotlari ularning daromad soligT bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu bilan shaxsiy sug’urtani va awalo jamg’arib boriladigan sug’urta turlarini rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda 0’zbekistonda 29 ta sug’urta kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug’urta kompaniyalaridan 4 tasi davlat ulushiga ega sug’urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “0’zbekinvest” EIMSK, “0’zagrosug’urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug’urta agentligidir. “0’zbekinvest hayot” sug’urta kompaniyasi hayot sug’urtasi sohasida faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi “Transinshurans” sug’urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug’urta kompaniyasi umumiy sug’urta sohasida faoliyat yuritmoqda.


    Download 46 Kb.
      1   2   3




    Download 46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash muammolari Reja

    Download 46 Kb.