Mavzu: Xosting xizmatlaridan foydalanish Reja




Download 17.19 Kb.
Sana16.04.2024
Hajmi17.19 Kb.
#197687
Bog'liq
26-mavzu
Mashinani o\'qitish, 1-kurs Falsafa (BT uz I), unit3, 45, Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova

Mavzu: Xosting xizmatlaridan foydalanish
Reja:
1Xosting haqida ma`lumot
2Xosting xizmatidan foydalanish.
3 Xostingni afzallik va kamchiliklari
Hosting (ingl. „web-hosting“) — Internet hosting xizmatining bir turi boʻlib, jismoniy
va yuridik shaxslarga oʻzlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan webserverlarga
joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.
Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga joy kerak. Veb-sahifalarni
Internet provayderi serverida joylashtirish va qoʻllab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy
beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi. Albatta „tekinga mushuk oftobga chiqmasligi“
aniq, lekin bepul xizmat koʻrsatuvchi hosterlar ham koʻplab topiladi (chet davlat
saytlari). Ammo ular pullik hosterlarchalik xizmat koʻrsata olmaydi.
Bepul hostingni yaxshi tomonini shundoq ham bilib olgan boʻlsangiz kerak. Uning
yagona qulayligi - bepulligi xolos!
Bepul hostingni yomon tomonlari:
1) Oʻz mijozi saytiga joy berishda oʻz reklamasini ham tiqishtiradi. „Sizdan ugina,
bizdan bugina“ degandek, siz oʻz saytingizni bepul hosterga joylashtirasiz va ularning
reklamasini oʻz saytingizda „namoyish“ etasiz. Internetda (chatda emas!) kamida 6
oylik tajribaga ega foydalanuvchi bepul hosterlarni „oʻta yoqimli“ reklamalaridan
osongina ajrata oladi. www.nm.ru, www.by.ru, www.boom.ru, www.narod.ru (oʻzbek
saytlaridan eslay olmadim) saytlari sizga hosting xizmatini bilan birgalikda, oʻz
reklamasini ham „taqdim etadi“. Reklama chiqarmaydigan bepul hosterlar ham mavjud.
Ularga www.50webs.com, www.xlphp.net, www.awardspace.com'larni misol qilsa
boʻladi. Yuqorida sanab oʻtilgan hosterlar xizmatidan foydalanadigan boʻlsangiz,
sizning saytingiz ikkinchi darajali domenda boʻladi. (Bu haqda batafsil pastroqda
tanishamiz).
2) Dasturlash tillarini qoʻllab quvvatlamaydi. Koʻpgina bepul hosterlar dasturlash tillari
- PHP, CGI, ASP, MySQL - xullas birortasiniyam qoʻllab-quvvatlamaydi. Siz oʻz
saytingizni HTML va Javascriptda yaratgan boʻlsangiz, bu band sizga taalluqli emas
(Ammo dasturlash tillarisiz qanday qilib doimiy ishlaydigan sayt yaratmoqchisiz?).
3) Saytingiz ishlash tezligi past boʻladi. Bepul xizmat koʻrsatuvchi hosterlar serverkompyuterining
ishlash tezligi uncha yuqori boʻlmaydi. Buning ustiga sayt AQShda
yoki Yevropaning qaysi bir burchagida turgan server kompyuterda joylashgan boʻlsa
ochilishi ham sekinlashadi.
Pulli hostingni tanlayotganda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim boʻladi:
1) disk makoni;
2) Internet kanalining oʻtkazish qobiliyati (kengligi);
3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin
foydalanish;
4) standart skriptlar
5) server tomonida dasturlashtirish mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qoʻllab-quvvatlash,
cgi-bin katalogi);
6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – oʻz ma’lumotlar bazalarini
yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) shell erkin foydalanish;
8) htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiya qilish mumkinligi;
9) log fayllardan erkin foydalanish;
10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.you_name.ru, name1.you_name.ru
va boshqa turdagi manzil); 11) bir yoki bir necha pochta qutisini qoʻllab-quvvatlash;
12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
Pulli hosting kompaniyalar Oʻzbekistonda asta-sekin koʻpayib bormoqda va raqobatga
qarab narxlari arzonlashmoqda. Ammo hosterlarning tariflari bir-biridan sezilarli
darajada farqlanadi.
Misol uchun, koʻzga koʻringan hosterlar - Arsenal-D va Sarkor kompaniyalarining hosttariflarini
solishtirib koʻramiz:
Arsenal-D:
50 Mb uchun oyiga 3000 soʻm sarflanadi. 100 Mbgacha 6000 va 200 Mbgacha 12000
soʻm.*
Sarkor esa ikki baravar qimmat:
50 Mb uchun oyiga 7000 soʻm, 100 Mbgacha 12500 va 500 Mbgacha 41000 soʻmni
sarflashni talab qiladi. Bir narsani tan olish kerak, koʻp miqdorda joy ajratuvchi
hosterlar kam. Joy beruvchilar asosan 20 Mb dan 500 Mb gacha boʻlgan oraliqni maʼqul
koʻrishmoqda. Shu sababli ham biror portal-sayt ochmoqchi boʻlsangiz, oʻz
kompyuteringizni Internetga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab server sifatida ishlatganingiz
maqsadga muvofiq.
Pulli hosterlar barchasi hech boʻlmaganda PHP va CGIni qoʻllab-quvvatlaydi.
Va albatta ishlash tezligining yuqoriligi. Agar oʻzbek hosterlari xizmatidan
foydalanadigan boʻlsangiz, sayt ochilishi ham nisbatan tezroq boʻladi
Download 17.19 Kb.




Download 17.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Xosting xizmatlaridan foydalanish Reja

Download 17.19 Kb.