Mavzu: Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar. Reja




Download 1,34 Mb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi1,34 Mb.
#102173
1   2   3   4
Bog'liq
Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar

Buldozer (ing. bulldozer — katta qismlarni maydalash) — 1) tuproq, qum, shagʻal, mayda tosh, togʻ jinslari va boshqa toʻkma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toʻplash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan toʻldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yigʻish, aerodrom, yoʻl va maydonlarni qordan tozalash uchun moʻljallangan mashina. Yoʻl qurilishi, gidrotexnika inshootlari (toʻgʻon, damba va boshqalar) qurilishi, qishloq xoʻjaligida ishlatiladi. B. yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani koʻtaribtushiruvchi gidravlik yoki chigʻirli (arqonblok tizimli) mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat.

Buldozerlarning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama (otval)ming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon (tros)blok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, gʻildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda — metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma (press). B. koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilikshtamplash sexlariga oʻrnatiladi. Krivoship mexanizmli B. staninasining yoʻnaltiruvchilari / da polzun 2 (rasm) yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga bolt 4 lar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Gidravlik B.ning polzuni suyuqlik taʼsirida harakatlanadi.


Yo’l-qurilish sohasidagi mutaxassislar avtogreyderni tekislovchi texnika turiga kiritishadi, aslida esa, avtogreyderlar soddagina ko’tarmalarni tekislash ishlaridan tashqari yana ko’plab boshqa vazifalarni ham bajara oladi. Ushbu baquvvat mashinalar boshqa maxsus texnika yordamisiz tuproq ko’tarmalarni barpo qila oladi, shu bilan bir qatorda yo’l qoplamasida kerakli o’lchamdagi tuynuklarni kesadi, yo’l oldi maydonni tozalaydi, yo’l yoqasini yamash vazifasini bajara oladi, yo’llarni qor hamda muzdan tozalash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalar bu texnika uddalay oladigan ishlarning hali to’liq ro’yxati emas!




Download 1,34 Mb.
1   2   3   4




Download 1,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar. Reja

Download 1,34 Mb.