Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq ob`ekti, bazasi va soliq stavkasi




Download 44.31 Kb.
bet2/12
Sana11.05.2023
Hajmi44.31 Kb.
#58567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7Документ Microsoft Office Word
5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, 8.жисмоний мол мулк солиғи, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma
2. Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq ob`ekti, bazasi va soliq stavkasi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar quyidagilardir:


-O`zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo`lgan yuridik shaxslar - O`zbekiston Respublikasining rezidentlari;
-O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O`zbekiston Respublikasi hududida o`z mulkida ko`chmas mulkka ega bo`lgan yuridik shaxslar - O`zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko`chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo`lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo`lsa, shu shaxs soliq to`lovchidir.
O`zbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati Soliq kodeksning 20-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb e`tirof etiladi.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar bo`lmaydi:
-notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar hisoblanadi;
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o`rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan yagona yer solig`ini to`lovchi qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to`lovini to`lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo`yicha mol-mulk solig`ini to`lash tatbiq etilmaydi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo`jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag`iga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tushuniladi.

Download 44.31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 44.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq ob`ekti, bazasi va soliq stavkasi

Download 44.31 Kb.