• Mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymati ллик q олди q q иймати
  • Ma`lumot sifatida eslatamiz, 2013 yil 1 yanvardan boshlab nomoddiy aktivlar mol-mulk solig`ining ob`ektidan chiqarilgan




    Download 44.31 Kb.
    bet4/12
    Sana11.05.2023
    Hajmi44.31 Kb.
    #58567
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7Документ Microsoft Office Word
    5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, 8.жисмоний мол мулк солиғи, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma
    Ma`lumot sifatida eslatamiz, 2013 yil 1 yanvardan boshlab nomoddiy aktivlar mol-mulk solig`ining ob`ektidan chiqarilgan.

    Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
    Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining soliqqa tortish bazasi bo`lib:
    a) asosiy vositalarning o`rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar) Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang`ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to`lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
    b) normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob`ektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo`yicha - tugallanmagan qurilishning va o`rnatilmagan asbob-uskunalarning o`rtacha yillik qiymati.
    c) O`zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun ko`chmas mulk ob`ektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning o`rtacha yillik qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi.
    Soliq solish ob`ektlarining o`rtacha yillik qoldiq qiymati (o`rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko`ra soliq solish ob`ektlarining qoldiq qiymatlarini (o`rtacha yillik qiymatlarini) qo`shishdan olingan summaning o`n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
    Mazkur jarayonni quyidagiformula orqali ifoda etsak bo`ladi:


    Mol-mulkining o’rtacha
    yillik qoldiq qiymati

    ллик qолдиq qиймати

    Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo`yicha summalar qabul qilinadi:
    1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);
    2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0300);
    3. Тugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan ob`ekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);
    4. O`rnatishga mo`ljallangan uskunani (me`yoriy muddatlarida o`rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).
    Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo`lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog`idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
    Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining stavkasi har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2015 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i stavkasi 4,0 foiz miqdorida belgilangan.


    Download 44.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 44.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma`lumot sifatida eslatamiz, 2013 yil 1 yanvardan boshlab nomoddiy aktivlar mol-mulk solig`ining ob`ektidan chiqarilgan

    Download 44.31 Kb.