• Mavzuga oida adabiyotlarning tahlili
  • Mavzuga oida adabiyotlarning tahlili




    Download 27,36 Kb.
    bet1/5
    Sana04.06.2024
    Hajmi27,36 Kb.
    #260044
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    marketing-faoliyatini-tahlil-qilish-usullarini-qollashning-nazariy-asoslari



    Kirish
    Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli modernizatsiyalash jarayonlarida barcha ichki bozorning hozirgi holatining yuqori dinamikasi, sharoitlarning o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi va korxonalardan muvaffaqiyatli boshqarish, qolaversa, korxona potensiallarini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan boshqaruv tushunchalarini qo’llashni talab qiladi. Ushbu boshqaruv tushunchasi marketingni o’z ichiga oladi, bu korxona boshqaruviga kompleks ravishda yondoshishni ta’minlaydi. Ammo dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki, korxonalarda marketing faoliyati bog’liq jiddiy muammolar mavjud, bu birinchi navbatda marketing sohasida korxonalarni boshqarish bo’yicha tayyorgarlik darajasi bilan bog’liq.
    Shu bilan birga, boshqaruvning marketingni boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan mazmunli istagi mavjud. Boshqaruvning eng muhim elementlaridan biri marketing faoliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Ammo tahlilning eng “eng qiyin” joyi bu marketing faoliyatini tahlil qilish usullarini to’g’ri tanlash bo’lib, ularsiz marketing strategiyalari va taktikasini raqobat muhitiga qanchalik mos kelishini baholash ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun marketing faoliyatini tahlil qilish usullarining xilma-xilligiga qaramay marketing faoliyatini tahlil qilish yo’nalishi va usulini tanlash, ayniqsa, korxonalarga nisbatan muammolar mavjud. Ushbu muammoni hal qilishning mumkin bo’lgan usullaridan biri bu korxonaning marketing faoliyatini tahlil qilish usullarini to’g’ri tanlash va baholash metodologiyasini ishlab chiqishdir.
    Mavzuga oida adabiyotlarning tahlili
    Korxonada marketing faoliyatini boshqarishning to’rtta asosiy elementini o’z ichiga oladi: tahlil, rejalashtirish, motivatsiyalash va boshqarish kabilardir. Marketing faoliyatini boshqarishning asosiy elementi sifatida tahlilga alohida e’tibor berishdan oldin marketing faoliyatining o’zi haqida ham tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
    Marketing faoliyati1 - talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish hamda kompaniya foydasini ta’minlash maqsadida marketing funksiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatdir.
    Marketing faoliyatini tahlil qilish2 - iqtisodiy, statistik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalangan holda tovar bozori va korxona faoliyatini baholash, tushuntirish, modellashtirish va prognozlash hisoblanadi.
    Marketing faoliyatini tahlil qilish sifatli tahlil usullariga bog’liq. Tahlil usuli - bu maxsus jarayonlar va tahlil usullariga asoslangan biznes jarayonlarini va korxonalar natijalarini o’rganish usulidir. Marketing faoliyatini tahlil qilish usuli - bu tovar bozori jarayonlari va hodisalarini, ularni takomillashtirish maqsadida korxonaning natijalarini o’zgartirishga turli omillarning ta’sirini o’rganish, o’lchash va umumlashtirish usuli hisoblanadi.

    Download 27,36 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuga oida adabiyotlarning tahlili

    Download 27,36 Kb.