Rivojlangan mamlakatlarda




Download 40.53 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi40.53 Kb.
#57456
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzuni dolzarbligi va asoslanishi
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari. AQShda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSh Assotsiatsiyasi” tuzilgan. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 dan ortiq filiallari ish olib bormoqda. AQShda 1961 yilda “Ta’lim texnologiyasi”
jurnali (“yeducational Technology”), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash 1964 yildan boshlab “Ta’lim texnologiyasi va o’qitishni dasturlashtirish”
(“yeducational Technology and programmed learning”) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.
Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u ta’lim muammolari bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi.
Italiyada 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilar doirasini ancha kengaytirdi. E.Bisterski va J.Sellerlar (AQSh) to’plangan ma’lumotlar bo’yichao’qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi tizimdan iborat bo’libgina qolmay, balki o’qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o’zgartirib uni rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar va o’quvchilarni pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko’rsatdi.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiyada XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yichaMarkaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etildi.

Download 40.53 Kb.
1   2   3   4   5




Download 40.53 Kb.