• Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi haqida so‘z borganda, uni ilmiy pedagogik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorgarligini tushunish lozim.
  • Etiboringiz uchun rahmat!
  • Maxsus adabiyotlar boʻyicha fan boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash




    Download 336.59 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi336.59 Kb.
    #181237
    Bog'liq
    Turabova integratsiya 8
    3-MAVZU, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-010, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-011, 1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1sc6c1sf6e16asvd1bv6fsb1s1616, 10-MUSTAQIL ISH 403-GURUH TALABASI XONAZAROVA SHABNAM QIYOSIY PEDAGOGIKA, OfferI ru, Samadova Zebuniso Tarbiya fanining dolzarb muammolari slayd, “Qurilish materallari va buyumlari’’ fanidan yakuniy nazorat savollari, bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Юксак.Силлабус 2023-2024, @kompyuterscience 5 9 sinflar uchun yillik taqvimiy ish reja, Kredit-modul-tizimi-Nizomi (1).pdf tojikcha, Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlaritttt, 5G31jGSM0zvSWRIaL68WhTdV40kHSYwRViM8TQMW, Tajriba ishi 8

    Termiz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs 21-02-guruh talabasi Turabova Gulchehraning Boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan taʼlim fanidan tayyorlagan taqdimoti
    Mavzu:
    Maxsus adabiyotlar boʻyicha fan boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash
    DTS va Milliy o‘quv dasturlarida o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv metodik rejalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, o‘quv jarayonida fanlararo bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining o‘zaro bog‘liqligi va fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
    Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi haqida so‘z borganda, uni ilmiy pedagogik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorgarligini tushunish lozim.
    Davriy didaktika o‘quv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume’tirof etilgan mazmuni, shakl, metod va vositalari yaratilgan emas. Ko‘pchilik pedagog olimlar ta’limdagi integratsion jarayonlarni o‘rganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish ko‘radilar.
    Bu holat integratsiyaning dastlab fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga tarqalganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, o‘quv fanlari ilmiy fanlardan farq qiladi. Bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi va bayon qilinish chuqurligida o‘z aksini topadi.
    Integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
    O‘quv fanlari nisbatan mustaqil bo‘lishi kerak, chunki ularning har biri o‘z tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, tadqiqot predmeti va konsepsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi. Shu bilan birga, ularni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish bilan bog‘liq imkoniyatlar ro‘yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat fanlararo yondashuv asosida ta’minlanadi. Uni o‘quv fanlarini integratsiyalash shakli sifatida ham, subyektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin.
    Fanlararo yondashuvni umumta’lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo‘nalish sifatida qaraladi. O‘quv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar o‘zaro bog‘lanmagan holda o‘rgatilganda shakllantirish mumkin bo‘lmagan subyektiv yangi bilimlarning o‘zlashtirilishi - degan kontseptual g‘oyaga tayaniladi.
    Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba’zida u bir qancha o‘n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O‘quv jarayonida o‘qituvchi bir yoki bir necha mashg‘ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida o‘quvchini ilgari turli fanlariga oid o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi subyektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak bo‘ladi. Ya’ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
    Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, u fanlararo aloqalarni o‘rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bilimlarning har qanday olib o‘tilish holati subyektiv yangi bilimlar sinteziga olib kelmaydi. Buning uchun ushbu bilim inversiyaga uchrashi lozim.
    Bilimlarning inversiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: o‘quvchi aqliy faoliyatini faollashtirish maqsadida bilimlarni shakllangan fandan boshqasiga o‘tkazilgandagi tavsifining o‘zgarishi; ilmiy bilimlar mohiyat jihatidan o‘zaro bog‘liqligini o‘quv vazifalariga aylantirish; o‘quvchi ijodkorlik qobiliyatlari ham kasbiy yo‘nalganligining tarkib topishini ta’minlovchi fanlararo bilim va ko‘nikmalarni egallash darajalarini belgilab berishdan iborat.
    O‘quv fanlari rejasini o‘zaro aloqadorlikda mantiqiy tuzish shartlari quyidagilar:
    - turli o‘quv fanlarida ko‘rib chiqiladigan obyektlar o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rnatish;
    - turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlikni tashkil etish;
    - tadqiqot usullari va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari orasidagi aloqadorlikni yuzaga keltirish;
    - pedagogik-psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlikni tashkil etish.
    Umumta’lim, hamda maxsus turkumdagi fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari ularning mazmunida mujassamlashgan, zero, u o‘zida tabiatiga ko‘ra yagona bo‘lgan atrof - olam to‘g‘risidagi bilimlarni ifoda etadi.
    Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda o‘quv fanlarini o‘qitishdagi tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod hamda vositalari tizimini, ularning asosi bo‘lgan o‘qitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    O‘quv fanlarini integratsiyalashgan holda o‘rganishda subyektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli o‘quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini ko‘rsatmoqda.
    Jumladan, integrativ-mavzuiy yondashuvda o‘quv jarayonining mazmuni, metodik va tashkiliy birligi sifatida o‘quv fanining mavzusi olinadi. Har bir mavzuning yetakchi g‘oyalari bir tomondan, kursning yetakchi g‘oyalariga tegishli bo‘ladi; ikkinchi tomondan, bu g‘oyalar mohiyatini ochib beradi.
    Darhaqiqat, mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quv fanining yetakchi g‘oyalari (tushunchalar, qonunlar, hodisalar va nazariyalar) aniqlashtiriladi va o‘rganiladigan materiallarning mohiyatini ifodalaydi, ichki birligi va organik yaxlitligini ta’minlaydi. Bunday yondashuv o‘qitishni sermazmun va metodik birlikdagi uyushgan, samarali tashkil etishga yordam beradi.
    O‘quv fanlarini o‘rganishdan maqsad o‘quvchini fandagi obyektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda subyektiv yangilikka ega bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. Shu sababli, o‘quv fanlari integratsiyasi ilm - fandagi shu jarayonlardan farq qiladi. Bu ma’noda integratsiya - fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o‘quv fanlariga bo‘lib o‘qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi lozim.
    “Integratsiya” tushunchasi ta’lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma’noni anglatadi:
    birinchidan, bu maktab o‘quvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilishga erishish (bunda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi);
    ikkinchidan, fanga doir bilimlarning umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta’lim vositasi sifatida qaraladi).
    Jumladan, fanlarni integratsiyalash muammosi pedagogik jamoada, o‘quvchilarga ta’sir etishning yangi pedagogik vazifalari samarali yechimini faol izlashga qaratilgan yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, o‘qitishni integrativ mazmundagi masalaning pedagogik aspektlari ma’lum darajada o‘rganilgan. Ammo boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishning pedagogik jihatlari atroflicha yo‘lga qo‘yilmaganligi e’tirof etiladi.
    E'tiboringiz uchun rahmat!
    Download 336.59 Kb.




    Download 336.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxsus adabiyotlar boʻyicha fan boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash

    Download 336.59 Kb.