• 3. O‘zgartirish qurilmalari.
  • Mazu: Tok va kuchlanish shakllarining nosimmetriyaligi va nosinusoidalligi




    Download 25,98 Kb.
    bet4/8
    Sana20.12.2023
    Hajmi25,98 Kb.
    #125187
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Reja Tok va kuchlanish shakllari-fayllar.org

    2. Elektr yoritish qurilmalari. Elektr yoritgichlari bir fazali iste’molchi hisoblanib, bittasining quvvati 2 kVt dan oshmaydi. YOritish qurilmalari fazalar bo‘yicha to‘o‘ri taqsimlansa, etarli darajadagi simmetrik yuk hosil qilishi mumkin (nosimmetriyalik darajasi 5-10% dan oshmaydi).
    YUklama xarakteri bir tekis, keskin o‘zgarishsiz bo‘ladi, lekin kun, yil davomida uning miqdori uzgarishi mumkin. Tokning chastotasi 50 Gs. Quvvat koeffitsienti cho‘o‘lanuvchi lampalar uchun 1 ga, razryadli lampalarda esa 0,6. Gaz razryadli lampalar ishlatilganda nol liniyalarda yuqori garmonikali toklar hosil bo‘ladi.
    Sanoat korxonalarining yoritish qurilmalarida 6-220 V kuchlanish ishlatiladi. YOritish qurilmalarining ishlatilishi o‘rniga qarab ular bir yoki ikki mustaqil manbalardan energiya oladilar. Agar korxonalarda yoritish qurilmalarining uchishidan kishilar hayot xavf ostida qoladigan bo‘linsa, bunday favqullotdagi holat uchun maxsus yoritish tizimi ishlatiladi.
    3. O‘zgartirish qurilmalari. Bunday qurilmalar asosida 50Gs uch fazali tokni o‘zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiriladi. Sanoat korxonalarida o‘zgartgichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: yarim o‘tkazgichli; simob qurilmali; yuritgich-generatorli; mexanik to‘o‘irlagichli. Bu qurilmalar elektroliz vannalari, korxona ichidagi elektr transporti, elektr filtrlar, o‘zgarmas tok payvandlari uskunalari, ko‘plab apparat va mashinalarning yuritgichlarini elektr bilan ta’minlashda ishlat-iladi.
    Rangli metallurgiya korxonalarida alyuminiy, mis, ruh va boshqa toza metallarni elektroliz usuli bilan olishda kremniy asosida yaratilgan o‘zgartgichlardan keng foydalaniladi. Bunday qurilmalarda 6-35 kV li, 50 Gs li tokni texnologik jarayon talab qiladigan kuchlanishli (835 V gacha) o‘zgarmas tokga o‘zgartiriladi. Elektroliz qurilmalari 1 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradi, ularning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin. Elektroliz qurilmalarining yuklamalari tekis va simmetrik. Quvvat koeffitsienti 0,85-0,9 oraligida. Elektroliz jarayonida o‘zgarmas tok miqdorini birdek saqlash talab etiladi va shu munosabat bilan o‘zgaruvchan tok tomonidagi kuchlanishni rostlash zarur bo‘ladi.
    Zavod ichkarisidagi elektr transport qurilmalarining quvvatlari 100-3000 kVt oraligida bo‘lib, quvvat koeffitsientlari 07-0,8 ni tashkil etadi. O‘zgaruvchan tok tomonidagi fazalaridagi yuklama simmetrik va keskin o‘zgaruvchan. Korxonalarda transportni to‘xtashi katta qiyinchiliklarga olib keladi. SHuning uchun bu iste’molchilar 1 chi yoki 2 chi toifali hisoblanib, elektr ta’minoti tizimida qisqa muddatli uzulishlarga ruxsat etiladi.
    Gaz tozalovchi elektr filtrlarida ishlatiladigan o‘zgart-gichlarning quvvati 100-200 kVt gacha bo‘ladi. Ular maxsus transformatorlar orqali (birlamchi chulo‘am kuchlanishi 6-10 kV ikkilamchm chulo‘am yuqori kuchlanish 110 kV gacha) ulaniladi. Bu qurilmalarning quvvat koeffitsienti 0,7-0,8 oralio‘ida. O‘zgaruvchan tok qismida yuklama simmetrik va tekis. Elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lishiga ruxsat beriladi. Kimyo zavodlarida elektr filtrlar 1 chi yoki 2 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradi.

    Download 25,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 25,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazu: Tok va kuchlanish shakllarining nosimmetriyaligi va nosinusoidalligi

    Download 25,98 Kb.