|
Mdh mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish strategiyasi- ning ustuvor yo‘nalishlari
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #251869 |
Bog'liq MDH mamlakatlarida MDH mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish strategiyasi- ning ustuvor yo‘nalishlari.
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchilardan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish konsepsiyasini qabul qilgan mamlakat hisoblanadi. Qozog‘iston “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining maqsadi ekologik standartlarni Yevropa Ittifoqida qabul qilingan standartlarga moslashtirishdan iborat. Qozog‘istonning inklyuziv “yashil o‘sish” konsepsiyasi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, tiklanadigan resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy va inson kapitalini rivojlantirish kabi komponentlarga asoslanadi
Dunyo mamlakatlarida energiya sig‘imkorligi va atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarish, 2019 y.
*Energiya sig‘imkorlik ko‘rsatkichi birlamchi energiya iste’molining doimiy narxlarda va valyutaning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan YaIM miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich bir birlik YaIM ishlab chiqarish uchun zarur energiya miqdorini aniqlash imkonini beradi.
**Ulgerod sig‘imkorligi ko‘rsatkichi issiqxona gazlari emissiyasining YaIMga nisbati sifatida aniqlanadi.
Belorussiya Respublikasi
Rossiyaning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish istiqbollarini aksariyat mutaxassislar pessimistik ruhda baholashadi. Ularning fikricha, mamlakatda deyarli tugamaydigan qazilma boyliklar, jumladan, neft va tabiiy gaz zahiralarining mavjudligi ekologik xavfsiz muqobil energiya bilan bog‘liq ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish zarurligi to‘g‘risidagi argumentlarni qadrsiz qilib qo‘yadi. Shunga qaramasdan Rossiyaning “yashil iqtisodiyot” sohasidagi xalqaro kelishuvlarga bog‘liqligi amaldagi iqtisodiy tizimning ekologik vaziyatga ta’sirini baholash bo‘yicha talab etiladigan minimal choralarni amalga oshirishini taqozo etadi.
Belorussiya Respublikasini 2035 yilgacha barqaror rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari.
Belorussiya Respublikasi Markaziy Yevropa mintaqasida boy tabiiy salohiyati va rivojlangan inson resurslari bilan ajralib turadi. Mamlakat rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega. Shu bilan bir qatorda Belorussiya iqlim o‘zgarishi, chiqindilarning paydo bo‘lishi va to‘planib qolishi, ekotizimlarning degradatsiyalashuvi, atmosfera havosi va suv manbalarining ifloslanishi, bioxilma-xillikning qisqarib borishi kabi o‘zaro bog‘liq iqtisodiy va ekologik muammolarga duch kelmoqda.
Belorussiya Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyatini mamlakatda mavjud real ekologik va iqtisodiy muammolar orqali asoslash mumkin:
Belarussiya Respublikasida “yashil iqtisodiyot” budjetdan tashqari moliyalashtirish modeli bo‘yicha rivojlanmoqda. “Yashil loyihalar”ni moliyalashtirish uchun mamlakat budjetidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘lar ajratilmaydi, xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari sohani moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Belarussiyada “yashil iqtisodiyot” iqtisodiy retsessiya holatlarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.
Rossiyada 2050 yilgacha davrda past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan. Strategiya quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- issiqxona gazlari emissiyasini milliy darajada tartibga solish va Parij bitimida nazarda tutilgan mexanizm bilan muvofiqlashtirish;
- issiqxona gazlari emissiyasi miqdorini monitoring qilishning milliy tizimini rivojlantirish va prognozlashtirish;
- iqtisodiyot tarmoqlari, infratuzilma, uy-joy, sanoat binolari va inshootlarining energiya samaradorligini oshirish;
- o‘rmonlar, tuproq va boshqa tabiiy issiqxona gazlarini yutuvchilarni saqlash va ko‘paytirish;
- issiqxona gazlarini chiqarish darajasi past texnologiyalar sohasida tadqiqot ishlarini olib borish.
Belorussiya Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyatini mamlakatda mavjud real ekologik va iqtisodiy muammolar orqali asoslash mumkin:
|
| |